«biotexnologik jarayon jihozlari»



Yüklə 0,77 Mb.
səhifə1/36
tarix23.12.2023
ölçüsü0,77 Mb.
#157097
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36
MUS


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI


URGANCH DAVLAT UNIVERSITETI

TASDIQLAYMAN”


Urganch davlat universiteti rektori
_________________S.Xodjaniyozov
20___-yil ___-_________

«BIOTEXNOLOGIK JARAYON JIHOZLARI »
FANINING


ISHCHI O`QUV DASTURI

Bilim sohasi:

700 000

Muhandislik, ishlov berish va qurilish sohalari

Ta’lim sohasi:

710 000

Muhandislik ishi

Ta’lim yo‘nalishi:



60710200




Biotexnologiya (oziq-ovqat, oziqa, kimyoviy mahsulotlar va qishloq xo‘jaligi)





















S emestr
Mashg’ulotlar

5

Jami










Ma’ruza

30

30










Amaliy

30

30










Mustaqil

180

180










Umumiy o’quv soati

240

240










Kredit miqdori

8

8









Urganch - 2023

Mazkurishchi dasturi Urganch davlat universiteti kengashi tomonidan__.__ 20 ___ yilda №__ bayonnomaga asosan tasdiqlangan.


Tuzuvchi:
Otanazarov D.X. «Biotexnologiya»kafedrasi
o’qituvchisi

Taqrizchilar:


Babadjanova S.X.«Biotexnologiya» kafedrasi dotsenti
Sharipov U. «Tillo domor» MCHJ rahbari

Ishchi dasturi Biotexnologiya kafedrasida __ __ 20__ yilda muxokama qilindi (bayonnomasi №__)


Kafedra mudiri: Babadjanova S.X.


Ishchi dastur Tabiiy va qishloq xo'jaligi fanlari fakulteti kengashida __ __ 20__ yilda tasdiqlandi.




Tabiiy va qishloq xo'jaligi fanlari fakulteti
dekani: dots. J.Sh.Ruzimov
FAN TO‘GʻRISIDA MA’LUMOT



Fan/modul kodi
B54BIPE

O‘quv yili
2023-2024

Semestr
5

ECTS – Kreditlar
8
1-semestr






Fan/modul turi
Majburiy

Ta’lim tili
O‘zbek

Haftadagi dars soatlari

4





1.

Fanning nomi

Auditoriya mashg‘ulotlari (soat)

Mustaqil ta’lim (soat)

Jami yuklama
(soat)

Biotexnologikjarayonjihozlari

60



180



1-semestr 240





FAN O‘QITUVCHILARI XAQIDA MA’LUMOT:

Kafedra:

Biotexnologiya

Dastur muallifi:

. Otanazarov.D.X

Telefon raqami

+998942189229

E-mail:




Tashkilot:

Urganch davlat universiteti. Biotexnologiya kafedrasi.




1.

I. Fanning mazmuni
Fanni o’qitishdan maqsad- biotexnologik jarayon jihozlari, fani biotexnologik jarayonlarni amalga oshirishda qo’llaniladigan mahsus jihozlar tuzilishi,konstruqsiyalari,ishlash prinsiplari tayyor mahsulot va homashyoga,texnologik jarayon operasiyalar, uskinalariga, jarayon samaradorligiga turli omillarning ta’siri to’g’risida ishlab chiqarish hisoblarini amalga oshirish va nazorat qilish, mahsulot ishlab chiqarish texnologik sxemasi va uskunalar va jihozlari haqidagi bilmlarni berishdan iboratdir.
Fanning vazifasi- Biotexnologik jarayon jihozlari faninig vazifalari, hozirga zamonda tutgan o’rni va fan yutuqlari bilan talabalarni yaqindan tanishtirish va ularda malakaviy ko’nikmalarni shakllantirishdan iboratdir.

  1. Ma’ruza mashg’ulotlari



Ma’ruza mavzulari

Soat


1-mavzu Kirish.“Biotexnologik jarayon jihozlari” fani asoslari. Biotexnologik jarayon jihozlari fan sifatida shakllanishigacha bo’lgan davrda oziq-ovqat mahsuloti ishlab chiqarish sanoatida hamda mikroorganizmlarni o’stirish usullari va biotexnologik jarayonning borishida ishlatiladigan uskunalardan foydalanish. Bu uskunalarning jaxon andozasiga mos keladigan va xozirgi kun talabiga javob bera oladigan xillari xaqida hamda bu soxada chet el olimlarining xizmati va O’zbekistonda yetishib chiqqan qator olimlar haqida.

2


2-mavzu Jarayonlarning asosiy turlari va ularning qonuniyatlari.
Texnologiya rivojlanishining hozirgi davrdagi bosqichida biotexnologiyaning roli.Biotexnologik jarayo jihozlar fanining maqsad va vazifalari.Mikrobiologik ishlab chiqarish jarayonlarining asosiy turlari. Biotexnologiyaning rivojlanish istiqbollari.



2


3-mavzu Biotexnologik ishlab chiqarishning texnologik va loyixalash asoslari. Texnologik ishlab chiqarishning asosiy vazifalari, yo’nalishlari va uslublari.Loyihalash bosqichlari.Texno-iqtisodiy asoslash (TIA)ni tuzish. Loyihalash xujjatlari: tarkibi,ishlab chiqarish tartibi,kelishish, tastiqlash.Texnologik jarayonlarni mashtablash prinsiplari.Ishlab chiqarish jarayonlarini loyihalash va modellashtirish.



2


4-mavzu Biotexnologik ishlab chiqarishdagi apparatlar, ularning material va detallari. Apparatlarning siniflanishi va ularga quyiladigan talablar,reaksion,apparatlarning konstruksiyalarining omillari, regeniratsiyalanayotgan moddalarning agregat holatlari,reaksion massaning konsistensiyasi,reaksiya temperaturasi,reaksiyaning issiqlik effekiti, bosimi.



2


5-mavzu Oziqa muhitlarini sterillash, hamda tozalash uchun uskunalar. Oziqa muhitlari. Suyuq oziqa muhitlarini sterillash.Sepiluvchan oziqa muhitlari. Havoni tozalash va steriallash.



2


6-mavzu Sentrifugalar. Suyuqlik separatorlari.Sentrifugalar. Ularning siniflanishi.Sentrifuga turlari. Tuzilishi va ishlash prinsipi. Suyuqlik separatorlari.Suyuqlik separatorlarning tuzilishi va ishlash prinsipi.

2


7-mavzu Bug’latish apparatlari. Bug’latish jarayoni, asosiy tushunchalar. Suyuqlikning tabiiy va majburiy sirkulyasiyasiga asoslangan apparatlar. Markazdan qochma kuch ta’siridagi bug’latgichlar. Bir va ko’p bosqichli bug’latish apparatlari.



2


8-mavzu Quritish uskunalari. Quritgichlar haqida umumiy tushunchalar.Quritish jarayonining moddiy va issiqlik balanislari.Quritish apparatlarning siniflanishi hamda ishlash prinsipi.



2


9-mavzu Ekstraktorlar va ularning ishlash prinsipi. Ekstroktorlarningh tuzilishi. Adsorberlar. Umumiy ma’lumotlar. Adsorberlarning tuzilishi va ishlash prinsipi. Mikrobli sintez mahsulotlarini konsentrlash va tozalash uchun mo’ljallangan membranalari apparatlar.



2


10-mavzu Flotatsion uskunalar. Asosiy tushunchalar.Suspenziyalarning flotatsion konsentrlanish mexanizmi.



2


11-mavzu Chang tutuvchi apparatlar. Changning dispersion tarkibi va chang tutish uskunasining samaradorligi. Siklonlar.Venturi skrubberlari chang tutuvchi uskunalari.



2


12-mavzu Xomashyoni jarayonga tayyorlash hamda uni uzatish uskunalari. Maydalagich mashinalar. Saralash mashinalari. Ko’taruvchi-transport asbob-uskunalari.



2


13-mavzu Gidrolizatorlar va invertorlar. Gidroliz apparatlar va invertorlar. Kislotarni neytllash, oziqa muhitlarining komponentlarini eritish va aralashtirish uchun qurilmalar.



2


14-mavzu Tindirgichlar, filtirlar va gidrosiklonlar. Tindirgichlar, turlari ishlash prinspilari. Filtirlar ishlash prinsplari va ularning turlari.Gidrosiklonlar ularning turlari ishlash prinsplari.



2


15-mavzu Asosiy fermentatsion uskunalar va ularni tanlash. Gaz fazali energiya uzatish fermentyorlari,suyuq fazali energiya uzatish fermentyorlar.Kombinirlangan energiya uzatish fermentyorlari. Xom ashyo va tayyor mahsulotlni saqlash uchun uskunalar va ularni saqlash rejimlari. Saqlash uskunalari, ularning turlari,saqlash rejimlari va ishlash prinsplari.

2


Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə