«biotexnologik jarayon jihozlari»


O‘zlashtirishdagi muhim tayanch so‘z va iboralar



Yüklə 0,77 Mb.
səhifə14/36
tarix23.12.2023
ölçüsü0,77 Mb.
#157097
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   36
MUS

O‘zlashtirishdagi muhim tayanch so‘z va iboralar :
Melassa, konstruksiya, sig‘imli idishlar, suspenziyalar, korpus,gabarit, kultural suyuqlik, sirkulyasion, muhit hajmi, atmosfera, neytral muhit,
sutkali rejim, quvurlar, ishlab chiqarish quvvati, kultural suyuqlik, muhit xossalari.
Mavzuni yoritish savollari :

  1. Rezervuarlarning klassifikatsiyasi haqida gapirib bering.

  2. Melassa saqlash rezervuari xaqida ma’lumot bering.

  3. Xomashyo va yordamchi materiallarning joriy zaxirasi formulasini keltirib chiqaring.

  4. Mikrobiologik sanoat uchun qanday spirtdan foydalaniladi?



BIOTEXNOLOGIK JARAYON VA JIXOZLAR (AMALIY MASHG’ULOT)
1.Xomashyo vatayyormahsulotnisaqlashuchunuskunalarvaularnisaqlashrejimlari.

2 – AMALIY MASHG‘ULOT




ISHLAB CHIQARISH KORXONALARINING QUVVATINI HISOBLASH DAVRIY VA UZVIY ISHLOVCHI USKUNALARNI HISOBLASH


Ishdan maqsad. Ishlab chiqarish korxonalarining quvvatini hisoblash.

Ishlab chiqarish sanoatida korxona quvvati deb, bu korxonaning barcha sexlari vaqt birligida ishlab chiqaradigan mahsulot miqdoriga aytiladi. Korxona quvvati kalendar yilga hisoblanadi. Ishlab chiqarish quvvatini hisoblashda alohida tur mahsulotlari uchun liniyalar texnik quvvati hisobga olinadi, (Masalan, aminokislotalar ishlab chiqarish, zamburug‘lar va h.)


Liniyalar quvvati alohida jihozlar unumdorligi orqali topiladi, bu bug‘latish apparatlari, sentrifuga, separator, bioreaktorlar, fermentyorlar va hokazolar bo‘lishi mumkin.


Yillik quvvat liniyalar soni va unumdorligi hamda mavsum davomiyligi bilan hisoblanadi. Odatda mavsum avjida ishlab chiqarish korxonalari 3 smenada ishlashi mumkin. Mavsum davomiyligi har bir mahsulot uchun umumiy smena soni bilan ham belgilanadi.


Yillik quvvatni topish uchun har bir mahsulot bo‘yicha smena quvvatini yillik ishchi fondga ko‘paytiriladi. Yillik ishchi fond bu yillik smena miqdoridir.


Umumiy holda ishlab chiqarish quvvati (M) quyidagi formula bilan aniqlanadi.





М =

Т

с













t

bunda,

Ts – korxona ish vaqti fondining samaradorligi

t - bir ish hajmidagi mahsulot birligi


Ishlab chiqarish quvvati vaqt mobaynida o‘zgarib turadi.


Ishlab chiqarish quvvatini quyidagi balanslar yordamida aniqlanadi.


Kirish quvvati ( yil boshidagi quvvat) My.b.


Chiqish quvvati (yil oxiridagi quvvat) My.o.


O‘rtacha yillik ishlab chiqarish quvvati Mo‘r.


CHiqish quvvati quyidagi formula bilan ani


My.o.= My.b..+Mkir. - Mchiq.


bunda,

My.o. - chiqish quvvati,

Mkir. –yil davomida kirayotgan quvvat,


Mchiq. – yil davomida chiqayotgan quvvat.


Ishlab chiqarish quvvatini hisoblash uchun quyidagi ma’lumotlarga ega bo‘lishimiz kerak, mashinalar soni, qurilmalarning unumdorligi, ishlab chiqarish dasturining mutanosibligi.


Ishlab chiqarish korxonasining ish vaqti fondining samaradorligi -t/soat,


bir ish hajmidagi mahsulot birligi - t/soat,


Korxonaning ishlab chiqarish quvvatini- t/yil.




Masala.

Ishlab chiqarish korxonasining ish vaqti fondining samaradorligi 2000 kg/smena , bir ish hajmidagi mahsulot birligi 250 kg/soat,. Bir yilda ishchi kunlar soni 210 kun, korxona ikki smenadan iborat, bir smenani 4 soat deb qabul qilamiz. Korxonaning yillik ishlab chiqarish quvvatini topilsin.




М = Тtс

250*8=2000 kg/smena,


210*2000=500000 kg/smena=500 t/soat ( yillik)


Korxonaning yillik ishlab chiqarish quvvatini 500 t/soat.






Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə