«biotexnologik jarayon jihozlari»



Yüklə 0,77 Mb.
səhifə13/36
tarix23.12.2023
ölçüsü0,77 Mb.
#157097
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   36
MUS

Zj = at,
bunda,
a – xomashyo va yordamchi materiallarning o‘rtacha sutkalik rejali iste’moli, t/sut,
t – navbatdagi jo‘natishlar yoki etkazilishlar orasidagi interval (masofa), sut.
Transport kechikishlari, rejadan tashqaridagi ta’mirlash ishlari, sisternalar yo‘qligi va boshqa holatlarida zarur bo‘ladigan xomashyo, yordamchi materiallar va tovar mahsulotining sug‘urta zahirasi quyidagi formula bilan aniqlanadi:
Zs = a (tyuk + ttr + tq + tm),
bunda,
tyuk – xomashyo va yordamchi materiallarni yuklash davomiyligi, sut,
ttr - transportirovka davomiyligi, sut,
tq – iste’molchi tomonidan qabul qilish davomiyligi, sut,
tmishlab chiqarish iste’moliga xomashyo va yordamchi materiallarni tayyorlashning davomiyligi, sut.
Transportirovka davomiyligi:
,
bunda,
L – temir yo‘li bo‘ylab jo‘natish bekatidan belgilangan bekatgacha bo‘lgan masofa, km,
330 – poezdning yuk tezligi, km/sut.
Maksimal omborxona zahirasi:



Xomashyo, yordamchi materiallar yoki tayyor mahsulot turlaridan birini saqlashga mo‘ljallangan rezervuarlarning umumiy hajmi:

bunda,
ρ - xomashyo, yordamchi material zachligi, kg/m3;
kT = 0,9 rezervuar hajmining to‘liq koeffitsienti.
Muhit xossalari va mos bo‘lgan me’yorlarni inobatga olib, rezervuarlarning umumiy hajmidan kelib chiqqan holda rezervuarlarning turi, hajmi va soni topiladi.
Hozirgi paytda mikrobli sintez mahsulotlarini olishda ishlatiladigan asosiy suyuq xomashyo turlariga suyuq parafinlar, lavlagi melassasi, dizel yoqilg‘i, metanol, etanol va sirka koslotasi kiradi. Mikrobli sintezning suyuq tovar mahsulotlari bo‘lib texnik va ozi
Suyuq parafinlar, dizel yoqilg‘i va lavlagi melassasini neft mahsulotlarini saqlashga mo‘ljallangan po‘latdan qilingan vertikal saqlash rezervuarlarida saqlanadi.



43-rasm. Melassa saqlash rezervuari
gomogenizatsion sistema; 2 – tubi; 3-korpus; 4 - tomi; 5 – markaziy ustun; 6 – vozdushnik; 7 – sathning ko‘rsatkichi uchun shtutser; 8 – lyuk; 9 – narvon; 10 – melassani oqizib yuborish uchun shtutser; 11 – isitgich.

Korpusning silindrik qismi bir-biriga biriktirilgan 8 ta kamardan iborat taxtali konstruksiya ko‘rinishiga ega. Rezervuar markazida ustun-yuqori va pastki chiziqlari bo‘lgan po‘lat truba joylashgan. Truba qum bilan to‘ldiriladi. Yuqori chiziqqa tom suyanadi, pastki chiziq esa tubiga suyanadi. Qalqonli tom markazdan rezervuarning chekka tomoniga qarab


α= 0,02 ga teng og‘ishga ega. Melassaning chiqish qismida melassani 40oC gacha mahalliy isitishga mo‘ljallangan naysimon isitgich joylashgan. Rezervuarda melassani bir jinsli massa ko‘rinishida ushlab turish uchun har xil balandlikda o‘rnatilgan 5 ta oqizma quvurlardan iborat gomogenizatsiya sistemasi mavjud. Sirkulyasion nasos yordamida melassa pastki shtutserdan saralab olinadi.

45-rasm. Etil spirtini saqlash rezervuari
1 – ko‘pik kamerasi; 2 – xlopushkani boshqarish; 3 – sug‘oruvchi moslama; 4 – gidravlik himoya qilish klapani; 5 – olovdan chegaralovchi; 6 – sathni o‘lchash uchun asbob; 7 – tushirish shtutseri; 8 – gidravlik yopgich; 9 – suv yig‘uvchi quvur.

Rezervuar atmosfera bosimida va tashqi havoning 40 oC gacha bo‘lgan haroratida zichligi 1445 kg/m3 gacha bo‘lgan (neytral muhitli) melassani


saqlashga mo‘ljallangan.
Mikrobiologik sanoat uchun yog‘och chiqindilaridan, oziq-ovqat uchun esa oziqa chiqindilaridan olinadigan texnik etil spirti ishlatiladi.
2-rasmda etil spirtini saqlashga mo‘ljallangan rezervuar ko‘rsatilgan.
U konussimon qopqoq va yassi tub qismiga ega po‘latdan yasalgan vertikal germetik idish konstruksiyasidan iborat. Etil spirti +9oC ga teng tutash haroratiga ega va oson uchuvchan hamda oson alanga oladigan suyuqliklar qatoriga kiradi. Spirtning havodagi miqdori 10-12 g/m3 dan yuqori bo‘lmasligi kerak. Rezervuarlar 100, 250, 500, 2000 va 3000 m3 spirtga mo‘ljallanagan bo‘ladi.
Sexlardagi sig‘imli idishlar umumiy zavod omborxonasining rezervuarlaridan etkaziladigan xomashyo, yordamchi materiallarni, hamda tovar mahsulotni rezervuar-saqlagichlarga uzatishdan oldin qisqa vaqt davomida saqlash uchun mo‘ljallangan. SHu bilan birga idishlar oziqa tuzlari va muhitlari, mikroorganizmlar suspenziyalari, kultural suyuqliklar hamda ishlab chiqarishning turli bosqichlarida hosil bo‘ladigan boshqa suyuq muhitlarni saqlash uchun xizmat qiladi. Idishlarning hajmi joylashish vaqti va muhit hajmiga, ishlab chiqarish quvvati va boshqa omillarga bog‘liq. Idishlar konstruksiyasining tanlanishi, shuningdek, muhit xossalariga vam os bo‘lgan, normativ hujjatlarda berilgan talablarga bog‘liq.



Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə