«biotexnologik jarayon jihozlari»



Yüklə 0,77 Mb.
səhifə17/36
tarix23.12.2023
ölçüsü0,77 Mb.
#157097
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   36
MUS

Erliftli fermentyorlar
Yirik gaz pufaklarining hosil bo‘lishini kichraytirilgan diametrli barbotaj quvurlarga ega fermentatorlarda bartaraf qilish mumkin. Bunday apparatning variantlaridan biri 2-rasmda ko‘rsatilgan.



41-rasm. Aeratorli kojuxoquvurli fermentyor
U qopqoqsiz kojuxoquvurli issiqlik almashgichlardan iborat sakkizta aerator (2) joylashtirilgan idish (1) ko‘rinishida tayyorlangan. Quvurlarning ichki diametri 100 mm ga va balandligi 6000 mm ga teng. Havo fermentatorga quvur (3) orqali kiritiladi va gaz taqsimlagichlar bo‘ylab (4) tarqatiladi. Gaz taqsimlagich past silindrik qutidan iborat bo‘lib, uning yuqorigi qopqog‘ida havoni har bitta barbotaj quvurga uzatish uchun nasadkalar o‘rnatilgan. Aeratorlarning quvur orasidagi bo‘shlig‘i shtutser A ga uzatiladigan suv orqali sovutiladi. Fermentatorning yuqorigi qopqog‘ida mexanik ko‘pikli o‘chirgichlar (5) o‘rnatilgan bo‘lib, ulardan qayta ishlangan havo kollektor (6) ga kiritiladi va undan shtutser B orqali chiqariladi.
3. Gaz pufaklarini intensiv maydalash va ularni suyuqlik hajmida bir me’yorda taqsimlash hisobiga rivojlangan gaz-suyuqlik fazalararo yuzasini xosil qilishning mumkinligi Ushbu jarayonning asosiy yutug‘i bo‘lib hisoblanadi.
Gazni mexanik dispergirlovchi fermentatorlarni ikki guruxga ajratish kerak: erkin hajmda va sirkulyasion konturda aralashtirgichga ega fermentyorlar.



  1. Aralashtirgichli fermentyor


40-rasm. Aralashtirgichli fermentyor
Kimyo sanoatida gaz-suyuqlik reaktorlarini ham, fermentyorlarni ham ekspluatatsiya qilish tajribasi shuni ko‘rsatadiki, gazni suyuqlikda mexanik aralashtiruvchi apparatlarni 100 m3 gacha bo‘lgan hajmda va idish diametri 3,6 m dan katta bo‘lmaganda ishlatish maqsadga muvofiqdir. Bunday apparatlarning gaz bo‘yicha o‘tkazuvchanlik qobiliyati 2000 m3/s dan yuqori bo‘lmaydi. 3-rasmda rubashka (2) ga joylashtirilgan idish (1) (elipssimon yoki yassi qopqog‘i va tubi bo‘lgan) ko‘rinishida tayyorlangan apparat tasvirlangan. Hajmi 6,3 m3 dan kichik bo‘lgan fermentyorlarda rubashka bir tekis bo‘ladi, 6,3 m3 dan kattaroq hajmlarda esa seksiyalarga bo‘lingan holda bo‘ladi. Idish ichida vertikal val ustida aralashtirgichlar (3) maxkamlab ko‘yilgan bo‘lib, ularning soni (1 tadan 4 tagacha) apparat balandligiga bog‘liq bo‘ladi. Pastki aralashtirgich tagida gaz taqsimlagich (birlamchi aeratsiyalovchi tuzilma) (6) joylashtirilgan. Idish hosil qiluvchilar bo‘ylab kengligi bm= 0,1D va balandligi bo‘lgan to‘rtta vertikal to‘siqlar (4) o‘rnatilgan, bunda Ns – apparatdagi suyuqlikning boshlang‘ich qatlami balandligi; - sistemaning gaz tarkibi. Idish sig‘imi 16 m3 dan katta bo‘lganda uning ichiga qo‘shimcha issiqlik almashinuvi elementlari zmeeviklar (5) o‘rnatiladi.
Gazni suyuqlikka dispergirlashda eng effektiv bo‘lib elementlari kattaliklarining quyidagi nisbatlarida olingan to‘g‘ri va qayrilgan lopastlarga ega ochiq turbinali aralashtirgich hisoblanadi:

Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə