«biotexnologik jarayon jihozlari»



Yüklə 0,77 Mb.
səhifə25/36
tarix23.12.2023
ölçüsü0,77 Mb.
#157097
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   36
MUS

30-rasm. Venturi skrubberi.

3-rasmda chang tutgich sxemasi berilgan. Ushbu agregat Venturi quvuri (2) va ikkita parallel ishlaydigan to‘g‘ri oqimli siklon-tomchitutgichlardan (3) iborat. CHanglangan gaz yuqoridan Venturi quvuriga tushadi, quvurning konfuzor qismiga esa changlantiruvchi mexanik forsunka (1) orqali suv kiritiladi. Gaz tezligi 100 m/sek. dan oshishi mumkin bo‘lgan quvur bo‘yin qismi hamda diffuzor qismida suyuqlik tomchilarining maydalanishi sodir bo‘lib, ularning sirtiga chang zarrachalari o‘tirib qoladi. Yirik tomchilar pastki shtutserdan Venturi quvurlariga chiqarib yuboriladi, maydalari esa gaz oqimi bilan siklonga (3) tushadi. Suv bilan chang zarrachalari siklonning pastki shtutseri (5) orqali, tozalangan gaz esa yuqorigi chig‘anoqsimon gazootvod (4) orqali chiqariladi.


Venturi quvuri (2) va siklonlardan (3) chiqadigan ifloslangan suv yig‘uvchi yig‘iladi va undan nasos orqali forsunkaga (1) uzatiladi. Bunday sirkulyasion sistema chang tutilishining maksimal darajasini ta’minlovchi suv sarfini tanlab olishga imkoniyat beradi. Yig‘uvchiga uzluksiz ravishda toza suv uzatilib turadi va xuddi shunday miqdorda ifloslangan suv chiqarib yuboriladi. Suv sarfi asosan chang tutgich ishining issiqlik balansi orqali aniqlanadi va chiqarilayotgan suvning temperaturasi 40-45oS dan oshmaslik sharti bilan hisoblab chiqiladi. Forsunkaning ishonchli ishini kafolatlovchi aylanib chiqqan suvdagi chang miqdori 0,5 kg/m3 dan oshmasligi kerak. CHangning ushbu konsentratsiyasi yig‘uvchiga uzatiladigan toza suvning sarfini belgilaydigan ikkinchi shartdir.
Gidrodinamik ko‘rsatkichlariga ko‘ra Venturi quvurlari yuqori naporli (gidravlik qarshilik 20-30 kPa gacha) va past naporli (∆r < 3 ÷ 5 kPa) larga bo‘linadi. Mikrobiologik ishlab chiqarishning chang tutuvchi sanoat uskunalarida, odatda bo‘yin qismidagi gazning 100 m/sek. gacha bo‘lgan tezligida ishlaydigan past naporli quvurlar ishlatiladi.
Suyuqlikning Venturi quvurida changlantirganda turbulizatsiyalangan gaz-suyuqlik aralashmasi hosil bo‘lib, uning tomchilari asosan 1 mm dan kichik o‘lchamlarga ega bo‘ladi. Quvurlarga kiritiladigan gaz oqimining energiyasi gazning devorlarga ishqalanishini engib o‘tishga hamda tomchilarni ko‘chirishga sarflanadi:
,
bunda,
∆R2 – «quruq» quvurda gaz bosimining yo‘qotishlari;
∆Rj – tomchilarni razgoniga sarflanadigan gaz oqimi bosimining yo‘qotishlari.
«Quruq» quvurdagi bosim yo‘qotishlari mahalliy qarshilikni engib o‘tishdagi kabi ko‘rib chiqiladi, ya’ni
,
bunda,
- qarshilikning yig‘indi koeffitsienti;
- bo‘yin qismdagi gaz tezligi.
Optimal aerodinamikaga ega quvurlar uchun =0,12-0,15.
Ma’lum bir boshlang‘ich tezlik bilan quvurga kiritiladigan suyuqlik forsunkadan oqib o‘tib, diffuzordan chiqishda tezlashadi va oxirgi tezlikka ega bo‘ladi.
Suyuqlikning boshlang‘ich tezligini inobatga olmasdan, uning tezlanishga kinetik energiya sarflanadi deb hisoblansa, unda gaz bosimi yo‘qotishlarining ikkinchi tashkil qiluvchisi quyidagicha bo‘ladi:
,
bunda,
- suyuqlik va gazning massa sarflari.



Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə