«biotexnologik jarayon jihozlari»


O‘zlashtirishdagi muhim tayanch so‘z va iboralar



Yüklə 0,77 Mb.
səhifə26/36
tarix23.12.2023
ölçüsü0,77 Mb.
#157097
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   36
MUS

O‘zlashtirishdagi muhim tayanch so‘z va iboralar :
Qarshilik , boshlang‘ich tezlik, chang tutgich, «quruq» quvur, diffuzor, koeffitsent, Venturi quvuri, gidrodinamik ko‘rsatkich, diametr, optimal aerodinamika, siklon tomchitutgich, tezlik, konfuzor,zarracha, o‘lcham, gaz oqimi, quvur, turboizolyasiya, Venturi skrubberlar, SN tipdagi siklon.







Mavzuni yoritish savollari :

  1. Siklon nima?

  2. CHang tutuvchi qurilma ishlash prinsipini tushintirib bering.

  3. Gidrodinamik ko‘rsatkichlariga ko‘ra Venturi quvurlari qanday guruhlarga bo‘linadi?

  4. Venturi skrubberlarining vazifasi nimalardan iborat?



Foydalanilgan adabiyotlar :
1. Aerov M.E., Toles O.M., Narinskiy D.A. Apparati so statsionarnim zernistim sloem. L.: Ximiya, 1979. -176 s.
2. Navashin S.M., Sazikin Yu.O. Perspektivi sovremennoy biotexnologii v oblasti antibiotikov.


10 – AMALIY MASHG‘ULOT
MAVZU: QURITISH JARAYONINI O‘RGANISH


Ishdan maqsad: Quritish qurilmasini hisoblash
Qattiq va pastasimon materiallar tarkibidagi namlikni bug‘latish va hosil bo‘layotgan bug‘larni chetga olish chiqishga quritish jarayoni deyiladi.
Nam materiallarni issiqlik yordamida quritish- sanoatida eng keng tarqalgan usul. Ushbu usul kimyoviy, oziq – ovqat va bir qator boshqa texnologiyalarda ishlatiladi. Material tarkibidagi namlik dastavval arzon, mexanik (masalan filtrlash) usulda, yakuniy, to‘la suvsizlantirish esa – quritish usulida olib boriladi. Suvsizlantirishning bunday kombinatsiyalashgan usuli iqtisodiy jihatdan samaralidir.
Sanoatda nam materiallarni quritish uchun sun’iy (maxsus quritish qurilmalarida) va tabiiy (ochiq havoda quritish – juda davomiy jarayon) usullar qo‘llaniladi.
Ma’lumki, quritish jarayoni bu issiqlik va modda (namlik) ning material ichida harakati va material yuzasidan atrof muhitga uzatilishidir. SHunday qilib, quritish bu issiqlik va massa almashinish jarayonlarining bir –biri bilan uzviy bog‘langan jarayonlar majmuasidir.
Qattiq, nam materialga issiqlik ta’sir etish usuliga qarab quritish quyidagi turlarga bo‘linadi:
Konvektiv quritish – bunda nam material bilan qurituvchi eltkich bevosita o‘zaro ta’sirda bo‘ladi. Odatda, qurituvchi eltkich sifatida qizdirilgan havo yoki tutun gazlari ishlatiladi;
Kontaktli quritish – issiqlik tashuvchi eltkich va nam material orasida ajratuvchi devor bo‘ladi. Materialga issiqlik shu devor orqali uzatiladi;
Radiatsion quritish – nam materialga issiqlik infraqizil nurlar orqali uzatiladi;
Dielektrik quritish – nam material yuqori chastotali tok maydonida uzatiladi;
Sublimatsion quritish – nam material muzlagan holatda, yuqori vakuum ostida quritiladi.
Quritish qurilmasining hisobi.


Quritishga uzatilayotgan nam materialning massaviy sarfini Gb(kg/soat), quritilgan material massaviy sarfi Gox(kg/soat), materialning boshlang‘ich va oxirgi namliklari W1 va W2(bug‘langan namlik miqdori ) W ( kg/soat) deb belgilab olamiz.


Unda jarayonning moddiy balansini quyidagicha yozish mumkin.

Gb= Gox + W yoki W= Gb - Gox


Quruq moddalar bo‘yicha moddiy balans quyidagicha yozish mumkin.
Gb=(100- W1) = Gox=(100- W2) yoki

Bug‘latilgan namlik miqdori ushbu tengshlama yordamida aniqlanadi.

bunda,
w1- materialning boshlang‘ich namligi,
w2- materialning oxirgi namligi.
Masala.
Berilgan .
Gb=2000kg/s = 0,55 kg/sek
Wb=30% t1 =1250 C
Wox=15% t2 =580 C

Nam material buyicha moddiy balans:


Gb =Gox +W
bunda,
W- nam materialdagi namlik mikdori, kg/sek
G1, G2 –nam va kuruk material massasi, kg/sek

Bug‘latilgan namlik mikdori:




Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə