«biotexnologik jarayon jihozlari»



Yüklə 0,77 Mb.
səhifə27/36
tarix23.12.2023
ölçüsü0,77 Mb.
#157097
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   36
MUS

Talaba uchun topshiriq

Berilgan ma’lumotlarga asoslanib, bug‘latilgan namlik miqdori aniqlansin.





Variant

Gb, kg/s

Wb

Wox

1

2500

30

12

2

3600

30

10

3

2300

40

15

4

5000

45

12

5

1000

40

14

6

1500

55

20

7

3000

50

25

8

4500

55

15

9

1200

45

12

10

1300

60

20

Nazorat uchun savollar

  1. Quritish jarayonini tushintirib bering.

  2. Qattiq, nam materialga issiqlik ta’sir etish usuliga qarab quritish necha turga bo‘linadi ?

  3. Bug‘latilgan namlik miqdori qanday tenglama yordamida aniqlanadi ?

11-AMALIY MASHG’ULOT
MAVZU: OZUQA MUHITLARNI KONSENTRLASH UCHUN BUG’LATISH USKUNASI HISOBLASH
Ishdan maqsad: Oziqa muhitlarining tayyorlanishi mikrobiologik sintez ishlab chiqarishida muhim bosqichlardan biri bo‘lib hisoblanadi. Oziqa muhitlari komponentlarining fizik-kimyoviy xossalariga qarab ular suvda belgilangan harorat va pH da ma’lum nisbatlarda eritiladi yoki suspenziyalanadi.
Texnologiya talablariga qarab oziqa muhitlarini tayyorlash jarayonida ular boyitiladi, bu neytrallash, tindirish, filtrlash, sovutish, mikroorganizmlar hayot faoliyatini ingibirlovchi komponentlarni olib tashlash, muhitlarni biologik aktiv moddalar bilan boyitish va boshqa bosqichlarni o‘z ichiga olishi mumkin.
Oziqa muhitlarini va havoni tayyorlab olish uchun turli xil uskunalar ishlatiladi: gidrolizapparatlar, neytralizatorlar, aralashtirgichlarga ega qurilmalar, sterilizatorlar, tindirgichlar, filtrlar, issisqlik almashtirgichlar va boshqalar.
Gidrolizapparatlar va invertorlar.
Em achitqilari va etil spirtini ishlab chiqarishda uglevodlar manbai bo‘lib yog‘och chiqindilari, kungaboqar po‘stlog‘i, g‘o‘za po‘sti, makkajo‘xori so‘tasi, torf va boshqalar hisoblanadi. Boshlang‘ich xomashyoda uglevodlar achitqilarning oziqlanishi uchun yaroqsiz bo‘lgan birikmalar, ya’ni polisaxaridlar ko‘rinishda bo‘ladi. Sanoatda polisaxaridlarning monosaxaridlargacha gidrolizi asosan suyultirilgan sulfat kislota bilan 190oS bo‘lgan haroratda gidrolizapparatlarda amalga oshiriladi.
Gidroliz jarayonida monosaxaridlar bilan bir qatorda dekstrinlar-polisaxaridlarning qisman gidroliz mahsulotlari hosil bo‘ladi. Dekstrinlarning monosaxaridlargacha gidrolizi (inversiyasi) invertorlarda 140 oC haroratda amalga oshiriladi.
Oziqa muhitlarida metionin, trionin va boshqa ayrim aminokislotalar bor bo‘lganida auksitotrof mutantlar tomonidan lizin aminokislotasining biosintezi amalga oshiriladi. Ushbu aminokislotalarni olishning sanoat usullaridan biri bo‘lib em achitqilari va boshqa oqsil konsentratlarining kislotali yoki fermentativ gidrolizi hisoblanadi. Kislotali gidroliz gidrolizapparatlarda 120oC gacha bo‘lgan haroratda sulfat yoki xlorid kislotalari kabi katalizatorlar ishtirokida amalga oshiriladi. Oqsillarning fermentativ gidrolizi 40 oC gacha bo‘lgan haroratda pH = 5 ÷ 7 da o‘tadi. Katalizatorlar sifatida proteolitik fermentlar ishlatiladi.
Gidrolizli ishlab chiqarishda 18, 30, 37, 50 va 80 m3 sig‘imga ega gidrolizapparatlar qo‘llaniladi. Konstruktiv jihatdan gidrolizapparatlar qo‘llaniladi. Konstruktiv jihatdan gidrolizapparatlar asosan geometrik o‘lchami, kislotani gidrolizga uzatish usullari hamda gidrolizatni tanlab olish bilan o‘zaro farqlanadi. Korroziyaning oldini olish maqsadida apparatning ichki yuzasi beton qavati (70-90 mm) bilan futerlanadi, keyin esa termokislotaga chidamli materiallar – keramik, ko‘mir yoki grafit plitkalar, yong‘inga bardoshli shamot g‘isht bilan ishlov beriladi. Po‘lat korpusning yuqorigi va pastki bo‘yin qismlari korroziyadan bronza, yuqori po‘lat qopqoq bronza, mis yoki latun vkladishlar bilan himoya qilinadi. Apparatning agressiv muhit bilan aloqada bo‘ladigan barcha shtutserlari bronzadan quyiladi va futerovka ishlaridan oldin o‘rnatiladi.
Kislota, suvni uzatish va gidrolizatni tanlab olish uchun quvurlarning gidrolizapparat ichidagi joylashuvi suyuqlik oqimlari orqali belgilanadi. Kislotani uzatish va gidrolizatni tanlab olish uchun quvurlar ma’lum tarzda joylashtirib, gorizontal, vertikal yoki aralash suyuqlik oqimlari hosil qilinadi. SHu tariqa, gidrolizapparatlarning turli hajmlarida gidroliz jarayoni kechishining eng yaxshi sharoitlariga erishiladi.



Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə