«biotexnologik jarayon jihozlari»


Foydalanilgan adabiyotlar



Yüklə 0,77 Mb.
səhifə28/36
tarix23.12.2023
ölçüsü0,77 Mb.
#157097
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   36
MUS

Foydalanilgan adabiyotlar :
1. Gaponov K.P. Protsessi i apparati mikrobiologicheskix proizvodstv, M.: Legkaya i pishevaya promishlennost. 1981. -239 s.
2. Sokolov V.N.. Domanskiy I.V. Gazojidkostnie reaktori. L.: Mashino-stroenie, 1976. 216 s.
12-AMALIY MASHG’ULOT
MAVZU: FERMENTLARNI HISOBLASH
Ishdan maqsad So‘nggi yillarda biotexnologik sanoatda qo‘llaniladigan ko‘pgina fermentyorlar paydo bo‘lib, ular biomassani aerob o‘stirish va uning metabolitlarini olishga mo‘ljallangandir. Aerob jarayonlarning effektivligini ko‘rsatuvchi asosiy parametr bo‘lib, gazning suyuqlik bilan kontaktda bo‘luvchi yuzasi hisoblanadi.
Ushbu yuzaning hosil bo‘lish usuliga qarab gaz-suyuqlik fermentyorlarini uchta asosiy guruhga ajratish mumkin, ular,
- erliftli,
- gazni mexanik dispergirlovchi,
- oqimli.
Erliftli fermentyorlarda fazalarning kontakt yuzasi gazni gaz taqsimlovchi tuzilmalar orqali sirkulyasiyadagi suyuqlik qatlamiga kiritganda hosil bo‘ladi. Apparatning katta ishchi hajmi kerak bo‘lganda, hamda gaz fazasi sifatida tarkibida massa almashinuvida zarur sharoitlarni ta’minlash va kultural muhitni pnevmoaralashtirish uchun etarli kinetik energiyani o‘zida tutuvchi 80% azot bo‘lgan havo ishlatilganda bu fermentyorlarni qo‘llash maqsadga muvofiq bo‘ladi. Bu fermentyorlar yuqori ekspluatatsion ishonchlikka ega, chunki konstruksiyaning ichki harakatlanuvchi elementlariga ega emas. Ularda suyuqlik sirkulyasiyasi shartlarini buzmagan holda, etarlicha katta yuza maydoniga ega issiqlik almashinuvi tuzilmalarini joylashtirish qulay.
Gazni mexanik dispergirlovchi fermentyorlarda apparatga kiritiladigan gaz suyuqlik bilan mahsus tuzilmalar yordamida aralashtiriladi. Ularni apparatning V ≤ 100 m3 hajmida qo‘llash maqsadga muvofiqdir. Ular toza gazda ishla ganda effektiv hisoblanadi. Bunda moddaning gazdan o‘tkazilishining etarlicha yuqori intensivligiga rivojlangan fazalararo yuza hisobiga erishiladi. Kichik hajmli apparatlar yuqori bosimda ishlashi mumkin.
Oqimli fermentyorlarda gaz nasadkalar sistemasi orqali apparat kesimi bo‘ylab taqsimlanadigan suyuqlik oqimlari bilan ejektirlanadi.
Mikrobiologik sanoatda, asosan, o‘zaro konstruksiyasi va ishlash sharoitlari bilan farqlanadigan uch turdagi erliftli fermentyorlar qo‘llaniladi.
Achitqili ishlab chiqarishda eng keng tarqalgan va ko‘pincha aeratorlar yoki kyuvetalar deb ataladigan kyuvetali aeratorlarga ega fermentyorlar (1-rasm).



Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə