«biotexnologik jarayon jihozlari»



Yüklə 0,77 Mb.
səhifə24/36
tarix23.12.2023
ölçüsü0,77 Mb.
#157097
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   36
MUS

qg – changlangan gazning hajmiy sarfi;
xn, xk – mos ravishda chang tutgichning kirish va chiqish qismida changning gazdagi konsentratsiyasi.
2. Chang tutgich xillari orasida eng keng tarqalganlari – siklonlardir.
SN-11, SN-15, SN-24 siklonlar (1-rasm) (Sokolov. 241 b, 7.2) korpusning uzaygan silindrik qismiga hamda mos ravishda 11, 15, 24o gacha teng qopqoq va kirish patrubok orasidagi egilish burchagiga-α egilish burchagining ortishi bilan gaz oqimining aylanishi kamayadi, ya’ni gazning apparat silindrik qismidan o‘tishida o‘ramlar soni kamayadi. Bu uning umumiy qarshiligini pasaytiradi, lekin shu bilan birga siklonning samaradorligini ham pasaytiradi, negaki unda gazning bor bo‘lish vaqti qisqaradi.


28-rasm. SN tipdagi siklon.

29-rasm. SK – SN tipdagi siklon.

SKD-SN-33 va SK-SN-34 siklonlari (2-rasm) apparat umumiy balandligining 79 va 67% ni tashkil qiluvchi uzaygan konussimon qismga ega. Ularning tuzilishidagi o‘ziga xos tomonlari bo‘lib spiralsimon kirish patruboki va chiqish (vixlopnaya) quvurining kichraytirilgan diametri hisoblanadi.


Siklonlarning diametriga bog‘liq holda ularda 10-20 mkm o‘lchamdagi zarrachalar separatsiya qilinishi mumkin. SHuning uchun biotexnologik uskunalarda ular chang tutishning birinchi pog‘onasi sifatida qo‘llaniladi.
CHang tutish samaradorligini oshirish maqsadida gaz tozalashning birinchi pog‘onasi har birida 6 tadan bo‘lgan ikki guruh siklonlardan yig‘iladi.
3. Venturi skrubberlari changlangan gazning yuqori sarfiga ega uskunalarda chang tutishning ikkinchi pog‘onasi sifatida qo‘llaniladi. Skrubber ikkita asosiy element-Venturi quvuri va siklon tomchitutgichdan yig‘iladi.


Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə