«biotexnologik jarayon jihozlari»



Yüklə 0,77 Mb.
səhifə23/36
tarix23.12.2023
ölçüsü0,77 Mb.
#157097
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   36
MUS

Talaba uchun topshiriq

Berilgan ma’lumotlarga asosan sentrifuganing unumdorligi hisoblansin.





variant



g

n

R

1

200

30

800

10

2

230

35

1000

20

3

300

25

830

20

4

250

30

800

25

5

150

25

1300

25

6

130

40

1000

10

7

125

35

800

20

8

260

35

800

20

9

235

25

850

20

10

180

20

800

25



Nazorat uchun savollar

  1. Sentrifugalash deganda nimani tushinasiz?

  2. Sentrifuganing unumdorligi qanday tenglama orqali hisoblanadi ?

  3. Bo‘linish faktori nima ?



9-AMALIY MASHG’ULOT
MAVZU: CHANG TUTUVCHI APPARATLAR
Mikrobiologik ishlab chiqarishda chang-gaz oqimlarining hosil bo‘lishi asosan biologik suspenziyalarning changlatuvchi quritilishidan keyin sodir bo‘ladi. Chang va gazni tutish uchun mos bo‘lgan usul va apparaturaning tanlanilishi tutiladigan zarrachalar kattaligiga bog‘liq.
Deyarli har qanday texnologik jarayonida hosil bo‘ladigan chang polidispers materialdan iborat. Undagi zarrachalar kattaligining taqsimlanishi chang tortilmasini teshiklari har xil kattalikda bo‘lgan elaklardan o‘tkazilishi natijasida olinadigan donali ko‘rsatkich orqali baolanadi. Zarrachalarining o‘lchamlari dmin va dmax chegarada bo‘lgan donador material teshiklarining o‘lchami d (dmin < d < dmax) bo‘lgan elakdan o‘tkazilganda, butun tortilma ikki qismga ajraladi: elakdagi qoldiq va o‘tib ketgan qismi.
Qoldiq massasining tortilma umumiy massasiga bo‘lgan nisbati butun qoldiq Rd deb ataladi, elakdan o‘tgan qism massasining tortilma massasiga nisbati esa o‘tish Dd deyiladi:



Tortilmaning elaklardan o‘tishi natijasida olinadigan zarrachalar massasining taqsimlanish funksiyasi butun qoldiqlarning donali ko‘rsatkichi deb ataladi. Matematik shaklda u ko‘pincha Rozin-Rammler bog‘liqligi orqali ifodalanadi: , undagi b va n koeffitsientlarini tanlab olib, egri chizig‘ining deyarli har qanday ko‘rinishini tavsiflash mumkin.
Berilgan dr o‘lchamdagi donador materialning massa ulushini ko‘rsatuvchi materialning fraksion xarakteristikasi sifatida zarrachalar massasining o‘lchamlariga ko‘ra taqsimlanish zichligi funksiyasidan foydalaniladi:
.
Har qanday chang tutuvchi qurilma ishlash prinsipi bo‘yicha separatordan iborat bo‘lib, unga kelib tushayotgan changni ikki sinfga ajratadi: tutib qolinuvchi (zarrachalarining o‘lchami biror dr dan katta) va undan o‘tuvchi (zarrachalarining o‘lchami dr dan kichik). Bu holda tutib qolingan va kelib tushgan chang massalarining nisbati bilan baolanadigan chang tutgich samaradorligini quyidagicha ifodalash mumkin:
.

Haqiqatda esa dr o‘lchamdagi zarrachalar tutib qolingan changda ham, separatordan o‘tib ketgan changda ham bo‘lishi mumkin. Sru sababli uning ishi tajriba asosida aniqlanadigan kattalik bilan baholanadi:


,

bunda: qmT, qmH qmk – mos ravishda chang tutgichda tutib qolingan, unga kelib tushgan va chiqib ketgan changning massa sarfi,


; ,
bunda,

Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə