Blackcurse



Yüklə 0,73 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/73
tarix23.06.2022
ölçüsü0,73 Mb.
#89966
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   73
13. Tarixiy atama maruza

Xshatra
» — «
viloyat
» so`zidan kelib chiqqan. Har bir satraplik 
belgilangan miqdorda soliq to`lashga majbur bo`lgan. 
Satrap
— viloyat boshlig’i bo`lib, u cheklanmagan vakolatlarga ega edi. Mil. av.gi IV 
asrning oxirlarida O`rta Osiyoga Aleksandr Makedonskiyning yurishi boshlanadi. Bu davrda 
O`rta Osiyo xalqlarining harbiy san`ati yuqori darajada bo`lgan. Xanjar «
akg’ainak
» atalgan, 
jangovor bolta «
sagiris
» deb nomlangan. 
Spitamen
—O`rta Osiyoning yirik qo`mondoni va Makedonskiyga qarshi mil. av.gi 329—
327 yillarda Marokandda ko`tarilgan qo`zg’olon rahbari. 
Maroqanda
— Samarqandning yunoncha nomi. Mil. av.gi VII — VI asrlarda Maroqanda 
o`rnida mudofaa devorlar bilan o`ralgan qishloq bo`lgan. YUnon tarixchilari Arrian, Kvint 
Kurtsiy Ruf, Strabonning ma`lumotlariga ko`ra mil. av.gi 329 yilida A.Makedonskiy 
So`g’diyona poytaxti Maroqandni zabt etib, vayron qilgan, so`ngra o`zining harbiy garnizoni 
uchun qal`ani qayta tiklagan. So`g’diylar Spitamen boshchiligida bu bosqinchilarga qarshi 
kurashgan, qo`zg’olon bostirilgach, Makedonskiy Marokandni yana vayron qilishni buyurgan. 
Maroqand keyinchalik Semizkent, Samarqand nomini olgan. 
Iskandar vafotidan so`ng O`rta Osiyo Salavkiylar davlati tarkibiga kirdi. Salavka ham bu 
erdagi erlarni satrapliklarga bo`ldi. Satraplikdagi davlat mudofaasi va qo`shinlarini tashkil etish 
ishlari bilan
 strateg
shug’ullangan. 
YUnon va Makedon istilolaridan boshlab O`rta Osiyo viloyatlari madaniyati tarixida antik 
(yunoncha «
qadimgi
») davr boshlandi. Bu hol SHarq va G’arb o`rtasida madaniy 
munosabatlarning rivojlanishiga olib keldi. Ayniqsa, Baqtriya madaniyatida yunon 
madaniyatining ta`siri sezila boshladi. 
Ellinlashtirish
— SHarqda yunon madaniyatining yoyilish jarayoni, aralash 
madaniyatining — yunon va mahalliy SHarq madaniyatining tashkil topish jarayoni. 
YUechji
— ulkan ko`chmanchi qabila bo`lib, eramizdan avvalgi II asr o`rtalarida 
Tyan’shan tog’lari g’arbidan Dun’xuandan sharqqa tomon Labnor ko`ligacha bo`lgan hududda, 
hozirgi Xitoyning Gan’su provintsiyasi hududlariga to`g’ri keladi. YUechjilar xaqida 



ma`lumotlar. Qadimgi Xitoy yozma manbalari (Ban Gu, Sima TSzyan’)da uchraydi. YUechjilar 
Kushon podsholigi tizimida katta rol’ uynagan. etnik tarkibi haligacha o`rganilmagan (SHarqiy 
eronliklar, xindoYevropaliklar, turklar). 
Yuechjilar tili Baqtriya shaharlaridan va qabilalarining nomlaridan bo`lak saqlanib 
qolmagan. etnik qiyofalari Holchayondagi skul’pturalarda, tangalarda va boshqa yodgorliklarda 
saqlanib qolgan. 
Mil. av.gi II asr o`rtalarida YUechjilar Xunnlar siquvi ostida Ili daryosi vodiysiga 
qochishga majbur bo`lganlar keyinroq mil. av.gi II asr o`rtalarida Xunnlar tazyiqi kuchaygach, 
janubga SHimoliy Baqtriya hududlariga ko`chganlar. G’arb ko`chgan YUechjilar «

Yüklə 0,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə