Bobur nomidagi andijon davlat universiteti



Yüklə 0,72 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/36
tarix26.10.2023
ölçüsü0,72 Mb.
#131978
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36
Bobur nomidagi andijon davlat universiteti

Nazorat uchun savollar: 
1. Til oilasi deganda nimani tushunasiz? 
2. Turkiy tillar oilasiga qaysi tillar kiradi? 
3.Turkiy xalqlarning miqdori qancha va qaysi xududlarda yashaydi? 
4. Turkiy filologiya qanday fan ? 
5. “Turkiy filologiyaga kirish” kursining maqsad va vazifalari nimadan 
iborat? 
6. “Turkiy filologiyaga kirish” qanday masalalarni o’rganadi? 
 
2-mavzu: Turkiy tillartaraqqiyotiningdavrlari 
R e j a: 
1.
Turkiy tillar taraqqiyotini davrlashtirish masalasi.
 
2.
Turkiy tillar taraqqiyotini oltoy va xunn davrlari. 
3.
Turkiy tillar taraqqiyotining qadimgi turk (V-X) va o‘rta turk davrlari (X-XY). 
4.
Turkiy tillar taraqqiyotining yangi turk davri (XV-XX), bu davrda yaratilgan yozma 
yodgorliklar. 
5.
Turkiy tillar taraqqiyotining eng yangi davri. 
Tayanch so’z va iboralar: 
t
il tarixi, turkiy tillar oilasi, oltoy nazariyasi, Xunn davri, Turk
hoqonligi davri, mofg'ul, tungus-manjur tillari.
Tillarning taraqqiyoti va yanada takomillashuvi xalq ijtimoiy hayotining taraqqiyotiga 
bog'liq. Kishilik jamiyatining eng kichik va qadimiy uyushmasi urugdir. Turli sabablarga ko'ra 
urug'lar bo'linib, qarindosh uruglar paydo btildi. Qarindosh urug'lar uyushmasi qabila deb ataladi. 
Qabilalarning o'z tili, aloqa vositasi bo'lgan. 
Tilning qabila tilidan xalq tiliga, xalq tilidan milliy tilga aylanishi tarixiy jarayonning mahsuli 
hisoblanadi. Har bir turkiy til o'zining umumturkiy xarakterini saqlagani holda cfziga xos 
xususiyatlarga ega boiib 
bordi. 
Umumiy til, negiz til tushunchasi har bir konkret turkiy til uchun, shuningdek, turkiy 
tillarning ma'lum guruhi uchun nisbiy xarakterga ega, chunki har bir turkiy tilning taraqqiyot yo'li 
boshqacha bctladi. Masalan, hozirgi qoraqalpoq tili uchun XIY-XYI asrlardagi qipchoq-ntfgay 
tilining umumiy tili negiz til hisoblanadi. Qipchoq-no'g'ay umumiy tili uchun esa IX-XIII asrlardagi 
umumqipchoq tili negiz til sanaladi. 
Turkiy tillar garchi bir negiz tildan o'sib chiqqan bo'lsa-da, zamon otishi bilan ularning 
ayrimlari bir-biridan uzoqlashib ketganlar. Bunga asosiy sabab, birinchidan, ularning turli 
territoriyalarda bo'lishligi, ikkincludan, boshqa tillar bilan aloqaga kirishishidir. 
Masalan, oltoy tillari mo’g’ul tillari bilan, turkman tili eron tillari bilan, yogut tili mo'g'ul-
manjur tillari bilan, o'zbek tili fors-tojik tillari bilan o'zaro yaqin aloqada bo'lgan. Ana shu aloqa 
natijasida turkiy tillar orasida sezilarli farqlar paydo bo'lgan. 
Turkiy xalqlar va ularning tillari taraqqiyotini bir qator turkolog olimlar turli bosqichlarga bo'lib 
davrlashtirgan. Jumladan, N.A.Baskakov «Vvedenie vizuchenie tyurkskixyazыkov» («Turkiy tillarni 
o'rganishga kirish») asarida turkiy tillar taraqqiyotini quyidagi davrlarga bo'lgan: 
1. Oltoy davri (eramizning III asrigacha). 
2. Xunn davri (eramizning II asrigacha). 
3. Qadimgi turk davri (Y-X asrlar). 
4. O'rta turk davri (X-XY asrlar). 
5. Yangi turk davri (XY-XX asrlar). 
6. Eng yangi davr (Hozirgi turkiy tillar). 



Oltoy davrining qat'iy xronologik chegarasi belgilangan emas. Turkiy tillarning oltoy 
nazariyasiga ko'ra turkiy, mo'gul, tungus-manjur tillari bilan qarindosh hisoblanib, shu tillar 
birgalikda oltoy tillari oilasini tashkil qiladi. Bu nazariyaga ko'ra turkiy va mo'gul tillaridagi 
umumiylik bu tillarda gaplashuvchi xalqlarning IY-YII asrlarda Xitoyda, YII-XII asrlarda Baykal 
tevaragida va XIII-XIY asrlarda Turkistonda o'zaro yaqin munosabatlari natijasida paydo bo'lgan. 
Turkiy va manjur tillaridagi umumiylik bu tillarda gaplashuvchi xalqlarning YIl-X asrlarda Boxay 
davlati hukmronligi davrida o'zaro kontaktlari orqasida yuzaga kelgan. Mo’g'ul-tungus-manjur 
tillaridagi umumiylik X-XIIl asrlarda manjurlarning mo`g`ul yozuvini o'zlashtirishi orqasida yuzaga 
kelgandir. 
Darhaqiqat, Turkiyadan to Yaponiyagacha tarqalgan turkiy tillar tarkibiga hozir 31 til, 
mo`g`ul tillari guruhida 17 til, tungus-manjur tillari guruhida esa 14 til va shevalar mavjud. Oltoy 
tillaridagi umumiy leksik qatlamning ba'zi jihatlariga to`g`ri kelsa-da
y
lekin turkiy, mo`g`ul va 
tungus-manjur tillaridagi ayni bir xil grammatik xususiyatlarga to`g`ri kelmaydi. Bu grammatik 
xususiyatlar mazkur tillarning genetik qarindoshligi bilangina izohlanishi mumkin. Oltoy tillarining 
qarindoshligi B.Ya.Vladimirtsev, Ye.D.Polivanov, N.N.Poppe, GJ.Ramsted, V.I.Gipius, O.P.Sunik 
va boshqalar tomonidan asoslangan, Ular oltoy tillari oilasidagi o'xshashliklar azaldan bo`lganligini 
va u genetik birlik tufayli mavjud ekanligini ko'rsatadilar. 
Oltoy tillaridagi umumiylikni tipologik o'xshashlik sifatida izohlovchi va ularda qarindosh 
deb hisoblovchi olimlar ham bor. Oltoyshunoslikdagi bu yo`nalishda V.L.Kotvich, L.Ligeti, 
J.Klousen, A.M.Shcherbak, G.Dyorfer, G.D.Sanjeev kabilarning tadqiqotlarida o`z ifodasini topdi. 
Shunga ko'ra turkiy tillarning tarixi oltoy tillarining qadimdan bir til bo'lgan-oltoy davridan 
boshlanadi. Oltoy bobo tili dastlab tungus-manjur va turk-mo'g`ul tillariga, turk-mo'g`ul tili esa turk 
va mo'g'ul tillariga ajralgan. 
Yuqqorida aytib o'tdikki, oltoy davri turkiy tillar taraqqiyotining eng qadimgi davr bo'lib, bu 
davrda turkiy tillar mo'g'ul, tungus-manjur tillaridan aytarli ajratilmagan edi. Bu haqda 
B,Ya.Vladimirtsev shunday yozadi: «Mo'g'ul, turk va tungus tillari o'zining umumiy o'tmishdoshiga 
egaki, itni shartli ravislida oltoy tili deb atash mumkin. Hozirgi oltoy tili ma'lum emas, balki oltoy 
tillari, ya'ni mo'g'ul, turk va tungus tillari borki, ular o'sha tilning taraqqiyoti natijasida paydo 
bo`lgandir». 
Yuqorida ta'kidlanganidek, turkiy til oilasi to`g'risida turli flkrlar mavjud. Ba'zi olimlar 
(Ye.D.Polivanov, G.Ramstedt) turkiy tillarni katta oltoy tillar oilasiga kiruvchi guruh deb hisoblab, 
bu oilaga tungus-manchjur, mo'g'ul, koreys va yapon tillarini ham kiritishadi. Boshqa olimlar 
(O.Betling, G.Vinkler) ural-oltoy tillar oilasini ajratib, unga yuqorida qayd etilgan tillardan tashqari 
fin-ugor tillarini ham kiritishadi. Turkiy tillar bilan shug'ullanuvchi olimlarning fikricha turkiy, 
mo'g'ul, tungus-manjur tillar orasidagi genetik qarindoshlik uzil-kesil tasdiqlanmagan. Ularni 
birlashtirishi mumkin bo'lgan narsa-tipologik o`xshashlik bo`lib, bu tillar agglyutinativ tillar 
guruhiga kiradi. Lekin bu qarindosh degan ma'noni anglatmaydi. Shuning uchun ham ko`p 
adabiyotlarda turkiy tillar alohida oila sifatida ajratiladi. Turkiy tillar o'zaro yaqin qarindosh tillar 
bo`lib, bu oilaga kiruvchi birorta tilni o`zlashtirgan kishi shu oilaga kiruvchi boshqa tilni ham 
tushuna olishi mumkin. Yoqut va chuvash tillari bundan istisnodir, chunki ular ko'pchilik turkiy 
tillardan ancha uzoqlashgan. 
Turkiy qabilalar mo'g`ul qabilalaridan ajralib chiqqach, ular o`zlarining Xunnlar imperiyasini 
tuzdi. Bu imperiya eramizdan oldingi III asrdan eramizning Y asrigacha hukmronlik qilgan. Xunnlar 
imperiyasi Markaziy Osiyodan Sharqiy Yevropagacha bo'lgan katta territoriyani egallagan. Uning 
tarkibiga kdplab turk, mo’g’ul, tungus-manjur va boshqa qabilalar kirar edi. O'zaro urushlar 
natijasida Xunn imperiyasi eramizdan oldingi I asr oxirida 2 qismga bo’linadi. G'arbiy Xunn va 
Sharqiy Xunn davlatlariga ajralib ketdi. V.V.Bartolngdning ta'kidlashicha, Xunn imperiyasi 
davrining til xususiyatlarini aks ettiruvchi yozma yodgorliklar yo'q. Shuning uchun ham o`sha davr 
turkiy tillar xarakterini aniq tasvirlash qiyin. Xitoy va sanskrit tillari sharqda yashovchi turkiy 
qabilalar tiliga, qadimgi eron va slavyan tillari g'arbda yashovchi turkiy qabilalar tiliga kuchli ta'sir 
ko'rsatgan. Bu ta'sir turkiy tillar leksikasida sezilarli iz qoldirgan. 
Turkiy, mo`g'ul, tungus-manjur tillari uchun umumiy bo'lgan qadimgi leksik elementlar 
hozirgi kungacha saqlanib keladi. Masalan, oltoy tilida tola (tomon), mo'g'ul tilida tola (vodiy), 
manjur tilida tola (choi, vodiy).



G’arbiy xunn va Sharqiy xunnlarga bo'liugach, 
r-l
tovushli tillarga z-s tovushli tillarga 
ajraldi. r-l tovushli tillarga qadimgi bulgor, xazar va hozirgi chitvashlarning avlodlari so'zlashgan 
bo'lsa, 
z—sh 
tovushli tillarda esa qadimgi o'g'uz, qirg'iz, qipchoq va qarluqlarining ot-bobolari 
gaplashgan. Hatto, bu davrda z-sh tovushli tillarning tfzlari ham bir-biridan uzoqlaslui boshlagan edl. 
Shuning uchun ham Mahmud Koshgariy o'guz va qipchoq tillarini alohida guruhga, uyg'ur tilini 
boshqa guruhga kiritib, ular o'rtasidagi fonetik farqlarni ko'rsatib berdi. Masalan, o'g'uz qipchoq 
tillarida 

Yüklə 0,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə