Bog‘cha yoshidagi guruhda sasiometrik tadqiqotning ahamiyati



Yüklə 78,13 Kb.
səhifə10/11
tarix25.04.2023
ölçüsü78,13 Kb.
#106875
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog‘cha yoshidagi guruhda sasiometrik tadqiqotning ahamiyati

Psixik hodisalarni o`rganishda suhbat metodidan unumli foydalanish uchun tadqiqotchi quyidagi
shartlarga amal qilingani lozim:





  1. Suhbat jarayoniga puxta tayyorlanish;

  2. Suhbatning mavzusi va mazmuni o`rganilayotgan ob’ektning, shaxsning yoshiga va individual xususiyatlariga mos bo`lishi;

  3. Suhbat jarayonida beriladigan savollarning mazmunli va puxta bo`lishi;

  4. Tadqiqotchi tomonidan beriladigan savollarga o`rganiluvchining to`g`ri va to`liq javob qaytarishiga erishish;

  5. Suhbat jarayonini aniq muddatga mo`ljallash, uni haddan tashqari cho`zib yubormaslik.






Eksperiment metodi. Yangi psixologik faktlarga ega bo`lishning ob’ektiv usullaridan biri - eksperiment metodidir. U murakkab xarakterdagi psixik xodisalarni o`rganish uchun qo`llaniladi. Bu metodning afzalligi shundaki, tadqiqotchi bu metod yordamida o`rganayotgan psixik xodisani o`zi istagan vaqtda vujudga keltiradi va uni maxsus asboblar yordamida alohida xonada o`rganadi. Kuzatishdan farqi, eksperiment o`tkazuvchi sinalayotgan faoliyatga faol aralashuvi, sun’iy vaziyat paydo qilinishi mumkin. Bu metod inson psixikasini chuqur, aniq tadqiq qilinganda eng muhimi hisoblanadi. Eksperiment metodi yordamida sun’iy tushunchalarning shakllanishi, favqulodda holatdan chiqish, muammoli vaziyatni hal qilingan jarayonlari, shaxsning his-tuyg`ulari, xarakteri va tipologik xususiyatlari o`rganiladi. Inson psixikasining nozik ichki bog`lanishlari, munosabatlari, qonuniyatlari, qonunlari, xossalari, murakkab mexanizmlari tekshiriladi.
Eksperiment metodining ikkita asosiy turi farqlanadi: tabiiy eksperiment va laboratoriya eksperimenti. Tabiiy eksperiment pedagogik-psixologik masalalarni hal qilinganda qo`llaniladi. (Sinfda sun’iy, odatdagidan boshqacha vaziyat va muhit yaratib kuzatish). Bu metodning ilmiy asoslarini 1910 yilda Aleksey Fedorovich Lazurskiy (1874-1917) ishlab chiqqan. Tabiiy sharoitda inson psixikasini o`rganishda sinaluvchilarning o`zlari bexabar bo`lishi, kundalik mehnat tarzi doirasida amalga oshirilishi, mumkin.






Intervyu
Test. inglizcha sinash, demakdir.


Test- so`z bo`lib, tekshirish Shaxsning


Anketa so’rovi







Roli o’yinlar metodi yordamida maxsus tayyorgarlik


Maxsus tayyorgarlik




Mosini tanlaydi




Respondentdan fikrini erkin bayon etishni talab etadi




Savollarga javoblar oldindan beriladi


aqliy o`sishini, qobiliyatini,
irodaviy sifatlari va boshqa psixik xususiyatlarini tekshirishda qo`llanadigan qisqa standart masala-topshiriq, misol, masala, jumboqlar, boshqotirmalar ham test deb atalishi
mumkin. Test ayniqsa odamning qanday kasbni egallashi mumkinligini, kasbga yaroqliligi yoki yaroqsizligini, iste’dodli yoki iste’dodli emasligini - aqli zaifligini aniqlashda, kishilarni saralashda keng qo`llaniladi.
Hozirgi vaqtda bolalarni maktabga olishda, kasb-hunarga yaroqliligini aniqlashda, ishga qabul qilinganda va boshqalarda test sinovlari keng qo`llanilmoqda.
Hozirgi davrda nodir testlar qatoriga psixologlar Rorshax, Rozensveyg, Kettel. Vartegg, Veksler, Meyli, Ayzenk, Agastazi, Raven va boshqalar ijodining namunalarini kiritish mumkin.
Eng ko`p tarqalgan testlar qatoriga yutuqqa erishish harakatlari, intellekt testlari, shaxs testlari (psixodiagnostika), shaxs «loyihasi» (proyektiv) testlari kiradi.



Sotsiometriya metodi. Bu metod kichik guruh a’zolari o`rtasidagi bevosita emotsional munosabatlarni o`rganish va ularning darajasini o`lchashda qo`llaniladi. Unga amerikalik sotsiolog Djon Moreno asos solgan. Mazkur metod yordamida muayyan guruhdagi har bir a’zoning o`zaro munosabatini aniqlash uchun uning

qaysi faoliyatlarda kim bilan birga qatnashishi so`raladi. Olingan ma’lumotlar matritsa, grafik, sxema, jadval shaklida ifodalanadi.Odatda sinaluvchilardan quyidagicha savollarga javob berish talab qilinadi: «Sen sayohatga kim bilan birga borishni xohlaysan?», «Imtihonga kim bilan birga tayyorlanishni istaysan?, «Kim bilan qo`shni bo`lib yashashni yoqtirasan?», «Partada kim bilan yonma-yon o`tirishni istar eding?» va hokazo. Har bir savol sotsiometrik mezon (o`lchov) vazifasini bajaradi va turmush voqeligidan olingan. Sinaluvchi har bir savolning uchta javobidan bittasini «eng maqbul» deb tanlashi lozim.
Sotsiometrik usul bilan shaxslararo munosabatning darajasi va ko`lami aniqlanadi Ko`rsatkichlarga qarab guruhdagi munosabatlar ularning o`ziga xosligi psixologik mexanizmlari haqida xulosa chiqariladi. Shu bilan birga nazariy ahamiyatga molik g`oyalar olg`a suriladi, amaliy ko`rsatmalar beriladi, tavsiyalar bildiriladi.


Aniq tizim oki ko’rinishga ega bo’lmagan noaniq narsalar tavsiya etiladi. Sharxlash so’raladi.

Aniq ko’rinishga ega bo’lmagan buyumlar



Yüklə 78,13 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə