Bog‘cha yoshidagi guruhda sasiometrik tadqiqotning ahamiyati



Yüklə 78,13 Kb.
səhifə8/11
tarix25.04.2023
ölçüsü78,13 Kb.
#106875
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog‘cha yoshidagi guruhda sasiometrik tadqiqotning ahamiyati

Sotsiometriya metodi. Sotsiometriya metodi birinchi bo’lib amerikalik psixolog Dj. Moreno tomonidan taklif etilgan. Bu metodning mohiyati shundan iboratki, inson u yoki bu ko’rsatkich bo’yicha guruh a’zolarini tanlaydi. Qilingan tanlashlar asosida kishining guruhdagi shaxslararo munosabatlar tizimida tutgan o’rni haqida xulosa qilinadi.
Demak, sotsiometriya metodi yordamida guruh a’zolari o’rtasidagi simpatiya yoki antipatiyani aniqlash mumkin. Sotsiometriya metodini operativ tarzda o’tkazish, uning natijalarini esa matematik qayta ishlash va grafik ravishda ifodalash mumkin.
Sotsiometriyani tadqiqot metodi sifatida tan olish bilan bir qatorda uning ba’zi kamchiliklarini ham ko’rsatib o’tish zarur. Asosiy kamchilik shundan iboratki, sotsiometriya metodi mavjud munosabatlar strukturasining sabablarini aniqlash imkonini bermaydi. SHuning uchun ham sotsiometriyadan olingan ma’lumotlar kuzatish, suhbat, psixologik- pedagogik eksperiment natijalari bilan to’ldirilishi lozim.
Sotsiometriya metodidan guruh, jamoa a’zolari o’zaro bir-birlarini yaxshi bilgan holatlardagina foydalanish mumkin. Bu metod yordamida shaxsning xizmat yuzasidan bo’ladigan va shaxsiy munosabatlardagi haqiqiy o’rnini aniqlash, birlamchi guruhlar mavjud yoki mavjud emasligini topish, birlamchi guruhlarning paydo bo’lishi va tarqab ketishi sabablarini aniqlash mumkin.
Sotsiometriya metodining mohiyati shundan iboratki, tekshiriluvchiga birga qilinadigan ishlari yoki guruh a’zolarining ishlarini birgalikda bajarishga xohishlari to’g’risida savollar beriladi. Beriladigan savollar tanlash ko’rsatkichlari deyiladi. Kuchli va kuchsiz ko’rsatkichlar farqlanadi. Kuchlilar chuqur va barqaror munosabatlarni, kuchsizlari yuzaki va beqaror munosabatlarni aniqlash imkonini yaratadi. Masalan, “xizmatdoshlaringizdan qaysi biri bilan bitta brigadada ishlashni xohlardingiz?” degan savol bo’yicha aniqlangan ko’rsatkich kuchli ko’rsatkich hisoblanadi, chunki u uzoq vaqt davom etadigan, muhim munosabatlarga tegishli. “Kimni birga ekskursiyaga borishga taklif qilardingiz?” – kuchsiz ko’rsatkich, chunki u chuqur bo’lmagan va vaqtinchalik munosabatlarni belgilaydi. Kuchli va kuchsiz ko’rsatkichlar mazmuni jihatidan turlicha bo’lishi mumkin, lekin ulardagi umumiy narsa – natijalar, ya’ni sherik tanlash.
Tanlashlar soni cheksiz bo’lishi mumkin, biroq amaliyotning ko’rsatishicha, kishining guruhdagi holati va o’zaro munosabatlarini aniqlash uchun 3 ta kishi tanlash yetarli. Bunda sinaluvchidan, birinchi navbatda kimni tanlashi, agar 1 shaxs bilan imkon bo’lmasa 2 – navbatda kimni tanlashi hamda ikkinchisini tanlash imkoni bo’lmasa, 3 – navbatda kimni tanlashi haqida so’raladi.
SHerikni tanlash o’zaro va bir tomonlama bo’lishi mumkin. 1 – holda A – B ni, B – A ni tanlaydi. Bu o’zaro bir-birini tanlash hisoblanadi. Tanlash bir tomonlama bo’lganda A – B ni, B esa V ni yoki G ni tanlaydi.


Tanlash bir tomonlama bo’lganda A – B ni, B esa V ni yoki G ni tanlaydi.









Guruh, jamoadagi o’zaro munosabatlar grafik ravishda zanjir, uchburchak yoki yulduzcha shaklida ifodalanishi mumkin.


Bunday ifodalash a’zosi unchalik ko’p bo’lmagan guruhlarda bo’lishi mumkin. Agar guruh ko’p sonli bo’lsa, aylana shaklidagi sxemadan foydalanish lozim. Buning uchun 4 ta aylana chiziladi. Birinchi yoki markaziy aylanaga eng ko’p tanlangan guruh a’zosining shartli belgisi qo’yiladi. Markazdan keyingi, ya’ni ikkinchi aylanaga 3 marta tanlangan o’quvchilarning nomeri yoziladi, uchinchi aylana ichiga 1 – 2 ta tanlash olgan o’quvchi, to’rtinchi aylanaga tanlanmagan o’quvchilarning shartli belgisi hamda aylanadan tashqariga rad etilgan o’quvchilar nomeri yoziladi.
Bunda aylana 2 qismga ajratiladi va chap tomonga qizlar, o’ng tomonga o’g’il bolalarning shartli belgilari joylashtirib chiqiladi. Qizlar doira, o’g’il bolalar esa uchburchak bilan ifodalanadi. Doira va uchburchaklar kim kimni tanlashiga qarab, strelkali chiziqlar bilan birlashtiriladi. Bu sxema sotsiogramma deb ataladi.
Agar guruhda 20 dan ortiq a’zo bo’lsa, bunday sxema tuzish qiyinroq bo’ladi. SHuning uchun bunday hollarda matritsadan foydalanish maqsadga muvofiq bo’ladi.
Matritsa quyidagicha tuziladi. To’rtburchak yoki kvadrat chizilib, guruh a’zolarining soniga qarab katakchalarga bo’linadi. CHap tarafdan yuqoridan pastga va yuqoridan o’ng tarafga guruh a’zolarining shartli belgilari qo’yib chiqiladi. Guruh a’zolarining shartli belgilari o’quvchilar familiyasi yoki familiya bosh harfi, tekshiruvchilarning tartib nomerlari ham bo’lishi mumkin. Gorizontal chiziq bo’yicha qatorlarga tanlanayotgan o’quvchi, vertikaliga esa katakcha ichiga kimni tanlayotgani haqidagi ma’lumotlar yoziladi. Ijobiy tanlash “+” belgisi bilan, o’zaro bir-birini tanlash esa “+” belgisi bilan ifodalanadi.
Ma’lumki, kichik guruh yoki jamoalarda birlamchi guruhlar mavjud bo’lishi mumkin. Bu birlamchi guruhlar esa boshqa matritsada belgilanadi. Buning uchun yuqorida ko’rsatilganidek, to’rtburchak yoki kvadrat chizilib, matritsaning chap burchagidan pastdagi o’ng burchagiga qaratib diagonal chizig’i o’tkaziladi. Bu
chiziq kvadratning shu diagonal chizig’iga to’g’ri kelgan kataklari ustidan o’tadi. 1
– matritsadan o’zaro tanlanishga ega bo’lgan istagan bir o’quvchini tanlab olinadi. Uning tartib nomerini va familiyasini matritsaning 1 – qatoriga o’tkaziladi. Xuddi ana shu nomerni yuqoridagi 1 – katakka qo’yiladi. So’ngra 1 – matritsadan 1 – qatorga yozilgan shaxs bilan o’zaro tanlanishda bo’lgan shaxslarni tanlab olinadi. Uning tartib nomeri va familiyasi 2 – qatorga yoziladi. Xuddi na shu nomerni yuqoridan 2 – ustunga yoziladi. Matritsaning shunga muvofiq keladigan kataklariga “+” belgisi yozib qo’yiladi. Matritsaning 1 – qatoridagi o’quvchi bilan o’zaro tanlanishda bo’lgan guruhning navbatdagi a’zosini uning 1 – matritsadagi nomerini saqlagan holda 3 – qatorga yoziladi. SHu nomerni 3 – ustunning yuqori qismiga ham qo’yiladi. Tegishli katakka “+” belgisi qo’yiladi. SHu tariqa 1 – matritsadan tanlab olinadigan familiyalarni navbatdagi qatorga yoziladigan o’zaro tanlanishda bo’lgan birorta ham kishi qolmaguncha davom ettirish kerak. Boshqacha qilib aytganda, o’zaro tanlanishda bo’lgan kishilar doirasi yakunlanishi lozim. O’zaro bir-birini tanlamagan o’quvchilar matritsaning oxiriga yoziladi. Mikroguruh, ya’ni birlamchi guruh 2 -5 kishidan iborat bo’lishi mumkin.
SHunday qilib, sotsiometriya metodi ob’ektiv va aniq ma’lumotlar, ya’ni shaxsning guruh yoki jamoadagi real holatini aks ettiruvchi ma’lumotlar olishga imkon beradi hamda amaliy maqsadlarda foydalanilishi mumkin.

Yüklə 78,13 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə