Bolalar psixologiyasi



Yüklə 96,94 Kb.
səhifə9/10
tarix17.12.2023
ölçüsü96,94 Kb.
#149987
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bolalar psixologiyasi-hozir.org

XULOSA
O‘yin bolalar faoliyatining asosiy turi ekanligi. O‘yinning ijtimoiy
xarakteri. O‘yin bolalar hayotini tashkil etish vositasi ekanligi
O‘yin bog‘cha yoshidagi bolalarning asosiy faoliyati bo‘lib, u orqali bola shaxs sifatida shakllanadi. O‘yin bolaning kelajakdagi o‘quv, mehnat faoliyati, kishilarga munosabatining qay darajada shakllanib borishini belgilaydi. O‘yin qadim zamonlardan beri pedagog, psixolog, faylasuf, etnograf, san’atshunos olimlar diqqatini o‘ziga tortib kelgan. O‘yin ibtidoiy jamoa tuzumi davridayoq yuzaga kelgan bo‘lib, jamiyat hayotida mehnatdan keyin turadi va uning mazmunini belgilaydi. Ibtidoiy jamoa vakillari o‘z o‘yinlarida ovchilik urush, dehqonchilik ishlarini aks ettirganlar. Ba’zi hollarda o‘yin mehnat qilish istagi orqali yuzaga keladi. Bola o‘z o‘yinida oldin kattalar mehnatiga taqlid qiladi. Keyinchalik ularning mehnatida qatnashadi. O‘yin yosh avlodni mehnatga tayyorlaydi. Bolalar o‘yinini bunday tushunish birinchi marta K.D.Ushinskiy tomonidan ta’riflab berilgan edi. U o‘z asarlarida bolalar o‘yinining mazmuni ularning hayotdan olgan taassurotlari bilan belgilanib, ular shaxsi shakllanishiga ta’sir etadi, deb yozadi. Bu fikrni P.F.Leyegaft ham tasdiqlab, bolalar o‘z o‘yinlarida tevarak-atrofdan olgan taassurotlarini aks etgiradilar, deydi. Bunday faoliyat bolaning rivojlanishida katta ahamiyatga egadir. O‘yin kattalar hayotida muayyan o‘rin tutar ekan, u bolalar uchun alohida ahamiyatga ega ekanini olim va pedagoglar o‘zlarining kuzatish va ilmiy tadqiqotlari orqali isbotlab berdilar. Tarbiyachilar bolalar o‘yiniga rahbarlik qilishda quyidagilarga rioya qilishlari lozim:
1. O‘yin bilan mehnat o‘rtasida to‘g‘ri munosabat o‘rnatish.
2. O‘yinda bolalarning bo‘lajak mehnat ahliga xos bo‘lgan j ismoniy va ruhiy
sifatlarini tarbiyalash.
O‘yin bolalarni jismoniy tomondan tarbiyalash sistemasida, bog‘chaning ta’lim-tarbiya ishida axloqiy, mehnat va estetik tomondan tarbiyalashda katta o‘rin tutadi. O‘yinda yosh organizmga xos bo‘lgan talab va ehtiyojlar qoniqtiriladi. Hayotiy faollik yaratiladi. Birdamlik, tetiklik, quvnoqlik tarbiyalanadi. O‘yin ta’lim va mashg‘ulotlar bilan kundalik hayotdagi kuzatishlar bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, juda katta ta’limiy-tarbiyaviy ahamiyatga ega. O‘yinda aks ettirilgan narsani bilib olishga qiziqish uyg‘onadi, ko‘pincha o‘yin bolalarga yangi bilim berish va ularning fikrlarini, bilim doirasini kengaytirish uchun xizmat qiladi. Bolalar o‘yinlari o‘zining rang-barangligi bilan ajralib turadi. Ular o‘z mazmuni va tashkil etilishiga ko‘ra, qo‘llaniladigan buyumlarning turlari kelib chiqishiga ko‘ra turlichadir. Bularning barchasi bolalar o‘yinlarini turkumlashtirishni favqulodda noziklashtiradi, biroq o‘yinlarga rahbarlik qilish uchun ularni, albatta, guruhyaash zarur. Pedagogikada o‘yinlarni ikki katta guruhga bo‘lish juda keng tarqalgan ijodiy va qoidali o‘yinlar. Ijodiy o‘yinlarning mazmunini bolalarning o‘zlari o‘ylab topadilar va ularda o‘z taassurotlarini, borliq haqidagi tushunchalarini hamda unga munosabatlarini aks etgiradilar. Qoidali o‘yinlar esa kattalar tomonidan yaratiladi va bola hayotiga olib kiritiladi. Mazmuni qoidalarning murakkabligiga qarab, ular turli yoshdagi bolalarga mo‘ljallangan bo‘ladi. Tayyor qoidali o‘yinlarning katta guruhini xalq o‘yinlaritashkil etadi, ularning ko‘plari avloddan-avlodga o‘tib, bizga yetib kelgan. O‘yinlarning har ikkala guruhi ham o‘zining xilmaxil ko‘rinishlariga ega. Ijodiy o‘yinlar guruhini syujetli rolli o‘yinlar tashkil etadi. O‘yinlar o‘z mazmuni va qoidalari, tarbiyaviy xarakteriga ko‘ra shartli ravishda didaktik o‘yinlar va musiqiy o‘yinlarga bo‘linadi. Didaktik o‘yinlarda avvalo, bolalarning aqliy faoliyati rivojlanadi, ularning bilimlari chuqurlashadi va kengayadi, harakatli o‘yinlarda bolalarning turli harakatlari takomillashadi, musiqali o‘yinlarda esa musiqiy qobiliyatlar rivojlanadi va hokazo. Demak, har bir o‘yinning o‘ziga xos sifatlari mavjud, biroq ular qator umumiy xususiyatlarga ham ega.
O‘yin - bu bola faoliyatining turi. Shunday ekan, bir faoliyatda bo‘lgani kabi
unga ham xos xislatlar: maqsadning mavjudligi, rejali harakatlar, natijaning
mavjudi kabilar xosdir. N.K.Krupskaya bolalar rivojlanishiga qarab, uning
o‘yinda o‘z oldiga qo‘yadigan maqsadining tabiati ham o‘zgarishini bolalar
taqlidi harakatlardan asta-sekin o‘ylangan asosli maqsadlarga o‘tishlarini
ko‘rsatib o‘tgan edi. Bola o‘yindagi maqsadiga erishishi uchun o‘ziga sheriklar tanlaydi, zarur o‘yinchoqlarni topadi, o‘yin davomida muayyan harakat va qiliqlar qiladi. Boshqa faoliyat turlarida bo‘lgani singari o‘yin jarayoniga bolaning butun shaxsiyati, uning psixik bilish jarayonlari, iro dasi, hissiyoti va ta’sirchanligi, ehtiyoj va qiziqishlari jalb etiladi, o‘yinda bola faol harakat qiladi, gapiradi, o‘z bilimlarini qo‘llaydi. O‘yin o‘ziga xos xususiyatga ega. O‘yin bolaning shaxsiy tashabbusiga ko‘ra vujudga keladigan, o‘zining faol ijodiy yo‘sindagi, yuksak ta’sirchanlik ruhi bilan ajralib turadigan erkin va mustaqil faoliyatdir. O‘yin ertalab nonushtagacha (15-20 daqiqa) boshlanadi va nonushtadan keyin, mashg‘ulotlar o‘rtasida, ochiq havoda, uyqudan keyin o‘tkaziladi. Ertalab rolli o‘yinlar, qurish-yasash, harakatli o‘yinlarni tashkil qilish tavsiya etiladi. Mashg‘ulot o‘rtasida harakatli, qoidali o‘yinlar ham o‘tkazib turiladi. Ochiq havodagi o‘yinlarga esa yugurish, otish, sirpanish bilan bog‘liq bo‘lgan o‘yinlar, qoidali o‘yinlar (oq terakmi ko‘k terak, ona bo‘ri kabilar) kiradi. Kunduzgi uyqudan keyingi o‘yinlarga qurilish o‘yinlari, ertak bo‘yicha sahnalashtiriladigan, rolli o‘yinlar, didaktik o‘yinlar va h.k. kiradi.


Yüklə 96,94 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə