Bolalar psixologiyasi


II BOB. O‘yin turlari va ularning psixologik xususiyatlari



Yüklə 96,94 Kb.
səhifə5/10
tarix17.12.2023
ölçüsü96,94 Kb.
#149987
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bolalar psixologiyasi-hozir.org

II BOB. O‘yin turlari va ularning psixologik xususiyatlari.
2.1. O’yin turlari va ularning bolaning aqliy rivojlanishiga ta’siri
Maktabgacha yoshdagi bolalarni o‘yini xilma-xildir. Ularni o‘yin turlarini asosan quyidagi klassifikatsiya qilish mumkin.
Ijodiy o‘yinlarga syujetli - rolli o‘yinlar, sahnalashtirilgan o‘yinlar, qurishyasashga doir o‘yinlar kiradi. Ijodiy o‘yinlarda bolalarning tevarak-atrofdan olgan taassurotlari aks ettiriladi. Ijodiy o‘yin bolalarning mustaqil o‘yini bo‘lib, uning mazmunini bolalar o‘zlari o‘ylab topadilar. Bu o‘yinda bolalarning erkinligi, mustaqilligi, tashkilotchiligi va ijodkorlik qobiliyatlari to‘laligicha namoyon bo‘ladi.
1) Syujetli va rollarga bo’lib o’ynaladigan o‘yinlar;
2) Didaktik o‘yinlar;
3) Harakatli yoki koidali o‘yinlar;
4) Aralashtirilgan o‘yinlar;
5) Qurish va yasash o‘yinlari.
Syujetli va rollarga bo'lib o'ynaladigan bog’cha yoshi bolalarni eng asosiy o‘yin formasidir. Maktabgacha yoshdagi bolalar ko’prok «bog’cha-bog’cha», «poezd-poezd» kabi qiziqarli bulgan o‘yinlar o’ynaydi. Lekin turli yoshdagi bolalarning o‘yinlari bir xil bo’lsa xam syujeti xar xil bo’ladi. Masalan: kichik guruh bolalari «bog’cha-bog’cha» o‘yinini o’ynar ekan ular peshinga ovqat pishiradilar, nonni kesadilar, idishni yuvadilar. Ammo kesilgan non qo’g’irchoqlarga berilmaydi, pishirilgan ovqat tarelkaga suzilmaydi. Syujetli-rolli o‘yin o‘z xususiyatiga ko‘ra aks ettiruvchi faoliyatdir. Tevarak-atrofdagi kattalar va tengdoshlarining hayoti va faoliyati bu o‘yin mazmuni uchun manba bo‘lib xizmat qiladi. O‘yinning syujeti - o‘z harakati, munosabatlari bilan bog‘langan voqea, hodisalar va ularning harakatlari xursandchilik hissini paydo qiladi, shuning uchun bolani qiziqgirib, unda yaxshi kayfiyat uyg‘otadi, bola organizmdagi faoliyatni yaxshilaydi. O‘yin bolaning aqliy rivojlanishida ham muhim ahamiyat kasb etadi. Bolalar o‘ynashlari uchun ma’lum vositalar ham kerak. Masalan: bolalarning o‘z harakatlari, o‘yinchoq va boshqa materiallar. Bolalarning ko‘p harakatlari qurish - yasash bilan bog‘liq bo‘ladi. Ular soatlab parovoz, paroxod, elektravoz quradilar, ularni asliga o‘xshatishga urinadilar. Tarbiya vositalariga o‘yinchoq ham kiradi. O‘yinchoq bola harakatini to‘ldiradi, o‘ylagan obrazi va fikrini amalga oshirishga yordam beradi. Masalan: qo‘liga qo‘g‘irchoqni ko‘tarib olgan qizaloq o‘zini onadek sezadi va haqiqiy onalar bajaradigan ishni bajaradi, uni ovqatlantiradi, kiyintiradi, uxlatadi va h.k. Bolalar o‘yin jarayonida ba’zi bir narsalarni xohlagan narsalarining nomi bilan atab, xuddi o‘sha narsalarini faraz qilib juda yaxshi o‘ynaydilar. Masalan, qumni, «shakar», o‘rindiqni «mashina» deb atashi mumkin. Shunday qilib, o‘yin ijtimoiy faoliyat sifatida jamiyatda muayyan vazifalarni bajaradi. Bola shaxsini rivojlanishiga katta hissa qo‘shadi. Sahnalashtirilgan o‘yinlarning o‘ziga xosligi shundaki, bolalar biror bir ertak yoki hikoya syujeti asosida ma’lum bir rolni bajaradilar. Sahnalashtirilgan o‘yin bolalarning eshitgan asarlar yoki ertakdan olgan tasavvurlarini mustaqil ifodalash yoki mashq qilish imkonini beradi. Bu o‘yinlar bolalarda iroda, intizom, o‘z harakatlarini boshqalarning harakatiga muvofiq amalga oshirish kabi sifatlarni tarbiyalashda samarali vosita hisoblanadi. Sahnalashtirish bolalarni qayta so‘zlashga o‘rgatish usullaridan biridir. Ayrim bolalarda qayta so‘zlab berishga xohish ham qiziqish ham bo‘lmaydi, lekin unga o‘yin usuli kiritilishi bilan bola asardagi rolga kirib, o‘sha asar mazmunini juda yaxshi aytib berishga harakat qiladi. Bunday o‘yinda bola o‘zini o‘sha asardagi qahramon o‘rnida his etib, uning sezgi kechinmalari dunyosiga chuqurroq kirib boradi. Badiiy asarlarni qahramonlar tilida so‘zlab berish bolalardagi xayolni rivojlantirishga yordam beradi va asar qahramonida mavjud bo‘lgan jasurlik, o‘z-o‘ziga ishonch, mustaqillik kabi xarakter kabi sifatlarini egallashga intiladi. Sahnalashtirilgan o‘yinlarda tarbiyachi rahbarlik qiladi. Ertak yoki hikoyadagi mazmun bolalarga yaqin, ularning yoshi va qiziqishiga mos, tushunarli bo‘lib bola unga kirishib keta olsagina, asardagi obraz va harakatlar to‘g‘ri aks ettiriladi. Sahnalashtirilgan o‘yinga tayyorlanish uchun ma’lum vaqt ajratiladi va har bir mashg‘ulotda aniq bir masalalar hal etib boriladi.

Yüklə 96,94 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə