Bolalar psixologiyasi


Kirish. Mavzuning dolzarbligi



Yüklə 96,94 Kb.
səhifə2/10
tarix17.12.2023
ölçüsü96,94 Kb.
#149987
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bolalar psixologiyasi-hozir.org

Kirish.
Mavzuning dolzarbligi. Maktabgacha yoshdagi bolalarning yetakchi faoliyati bu o‘yindir. Bog‘cha yoshidagi bolalarning o‘yin faoliyati masalasi asrlar davomida juda ko‘p olimlarning diqqatini o‘ziga jalb qilib kelmoqda. Bog‘cha yoshidagi bolalar o‘zlarining o‘yin faoliyatlarida ildam qadamlar bilan olg‘a qarab borayotgan sermazmun hayotimizning hamma tomonlarini aks ettirishga intiladilar. Bolalarning o‘yinlari orqali ularda ijtimoiy foydali, ya’ni yuksak insoniy xislatlarni tarbiyalash mumkin. Bundan tashqari, agarda biz bolalarning o‘yini faoliyatlarini tashqaridan kuzatsak, o‘yin jarayonida ularning barcha shaxsiy xislatlari (kimning nimaga kuprok qiziqishi, qobiliyati, irodasi temperamenti) yaqqol namoyon bo’lishini kuramiz. Shuning uchun bolalarning o‘yin faoliyatlari ularni individual ravishda o’rganish uchun juda qulay vositadir. Kichik maktabgacha yoshdagi bolalar odatda o’zlari yolg’iz o’ynaydilar. Predmetli va konstruktorli o‘yinlar orqali bu yoshdagi bolalar o’zlarining idrok, xotira, tassavur, tafakkur hamda xarakat layoqatlarini rivojlantiradilar. Syujetli rolli o‘yinlarda bolalar asosan o’zlari xar kuni ko’rayotgan va kuzatayotgan kattalarning xatti –xarakatlarini aks ettiradilar. O‘yin faoliyati bolalarni insoniyatning ijtimoiy tajribasini egallashning faol shakli bulgan ta’lim faoliyatiga tayyorlaydi. Ko‘pchilik psixologlar hamda pedagoglar o‘yinning psixologik masalalari bilan bevosita shug‘ullanib, o‘yinlarning bolani psixik kamol toptirishdagi ahamiyatiga alohida to‘xtalib o‘tganlar. Ma’lumki, o‘yin bola uchun voqelikni aks ettirishdir. Bu voqelik bolani qurshab turgan voqelikdan ancha qiziqarlidir, o‘yinning qiziqarliligi uni anglab etishning osonligidadir. O‘yin faoliyati bolalarni insoniyatning ijtimoiy tajribasini egallashning faol shakli bo‘lgan tahlim faoliyatiga tayyorlaydi. Odam birdaniga ijtimoiy tajribani o‘zlashtirishga kirisha olmaydi. Ijtimoiy tajribalarni faol egallash uchun odam avvalo etarli darajada nutqni egallagan bo‘lishi, ma’lum malakalar, uquvlar va elementar tushunchalarga ega bo‘lishi kerak bo‘ladi. Bularga bola o‘yin faoliyati orqali erishadi. Ma’lumki, bolalarning asosiy vaqti o‘yin bilan o‘tadi. O‘yin maktabgacha yoshdagi bolalarni har tomonlama rivojlanishining muhim vositasi, ularning asosiy faoliyati bo‘lib hisoblanadi. O‘yin jarayonida bola shaxsi faoliyat sub’ekti sifatida shakllana boshlaydi. O‘yin uzoq davrlardan beri mashhur olimlar, pedagog psixologlar, faylasuflar, sotsiologlar, etnograflar va madaniyat arboblari diqqatini o‘ziga qaratib kelingan dolzarb mavzudagi muamolardan biridir.

Yüklə 96,94 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə