Bolalar psixologiyasi


O‘yinchoq va uning ta’lim-tarbiyadagi ahamiyati



Yüklə 96,94 Kb.
səhifə8/10
tarix17.12.2023
ölçüsü96,94 Kb.
#149987
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bolalar psixologiyasi-hozir.org

2.2. O‘yinchoq va uning ta’lim-tarbiyadagi ahamiyati
O‘yinchoq - bola hayotining dastlabki davrlaridan boshlab ularga yo‘ldosh
quvonch manbayi. O‘yinchoq bolaning o‘ynashi uchun mo‘ljallangan va boshqa maqsadlarda foydalanilmaydigan buyum hisoblanadi. Unda buyumlarning tipik xususiyatlari umumiy tarzda aks etadi. «Qisqacha aytganda, xonadondagi har bir narsa - daraxt va o‘simliklar bo‘ladimi, turli o‘yinchoqlar uy hayvonlari bo‘ladimi - bularning barchasi bolaning ko‘ziga, go‘yoki, olamning beqiyos mo‘jizasi bo‘lib ko‘rinadi va shu tariqa u yorug‘ dunyoni o‘zi uchun kashf qiladi». Xalq pedagogikasida o‘yinchoqlaming butun bir tizimi ishlab chiqilgan bo‘lib,
bular bolaning sensor qobiliyatini rivojlantirishga qaratilgan. O‘yinchoqlar
bolalarning nutqiy faolligini uyg‘otadi, lug‘at boyligini oshiradi, ularda tahlil qilish, yaxlit holatga keltirish, umumlashtirish, taqqoslash, tavsiflash, diqqatni jamlash kabi qobiliyatlarni rivojlantiradi. O‘yinchoqlar bolalarda ma’naviy-axloqiy tuyg‘ulami (mehribonlik, avaylash, e’tiborlilik) shakllantiradi, atrof-muhitga ijobiy munosabatni uyg‘otadi. O‘yinchoqlar tanlashda bolaning yosh va individual xususiyatlari, qiziqishlari, istaklari hisobga olinadi. Maqsadga qaratilgan bunday yondashuv o‘yinchoq tanlashga bo‘lgan talabni yanada oshiradi. Asosan, pedagogik, gigiyenik, badiiy talab orqali o‘yinchoq tanlanadi.
O‘yinchoq bolalami turli rang-barang harakatlarga undaydi va bolaning faol harakatga bo‘lgan ehtiyojini qondiradi. Tezkor javob reaksiyasini, harakatlarning aniqligi va muvofiqlashtirishini rivojlantiradi. Ilk yoshdagi bolalarga mo‘ljallangan ko‘p o‘yinchoqlar (shaqildoqlar, rezina koptokchalar, shaklchalar va boshq.) bolada ko‘rish va eshitish diqqatini rivojlantiradi, ushlash harakatlari va buyumli harakatlami o‘stirishga yordam beradi. O‘yinchoqlami turlari va ko‘rinishlari bo‘yicha quyidagi turkumlarga ajratiladi:
sujetli-obrazli;
texnika o‘yinchoqlari;
qurish-yasash, qurilish materiallari o‘yinchoqlari;
didaktik o‘yinchoqlar;
sport va harakatli o‘yinlar uchun mo‘ljallangan o‘yinchoqlar;
yig‘ma-bo‘linma o‘yinchoqlar;
teatr va dekorativ o ‘yinchoqlar (soya va qo‘g‘irchoq teatrlarining personajlari,
dramalashtirilgan o‘yinlar uchun kiyimlar, archa o‘yinchoqlari);
o‘yinchoq-ermaklar;
ohang chiqaruvchi musiqaviy o‘yinchoqlar;
qo‘lbola o‘yinchoqlar va o‘yin materiallari, turli-tuman o‘yin jihozlari.
Taniqli pedagog A.S.Makarenko o‘yinchoqlaming uch turini ajratib ko‘rsatgan edi: tayyor o‘yinchoqlar, yarim tayyor o‘yinchoqlar va o‘yin materiallari. Birinchi tori bolalami buyumlar va narsalaming rang-barangligi bilan tanishtiradi, tasawurini o‘stiradi. Ikkinchi tori boladan aktiv faoliyatni talab qiladi, mantiqan va aqlan o‘sishga yordam beradi. Uchinchi tori bevosita bolaning ijodiy faoliyatini ta’minlaydi.
Biz bolaning psixik taraqqiyotini o‘yinsiz tasavvur qilishimiz qiyin. Chunki, o‘yin orqali bola faqat jismoniy tomondan emas, balki psixologik tomondan ham rivojlanadi. O‘yin orqali bola olamni, undagi narsa hodisalarni, ularga xos xususiyatlarni o‘rganibgina qolmay, balki nutq so‘zlashga, mustaqil fikrlashga xayol qilishga, ijod qilishga, muomala madaniyatiga o‘rganadi. Ko‘pchilik psixologlar hamda pedagoglar o‘yinning psixologik masalalari bilan bevosita shug‘ullanib, o‘yinlarning bolani psixik kamol toptirishdagi ahamiyatiga alohida to‘xtalib o‘tganlar. Ma’lumki, o‘yin bola uchun voqelikni aks ettirishdir. Bu voqelik bolani qurshab turgan voqelikdan ancha qiziqarlidir. o‘yinning qiziqarliligi uni anglab etishning osonligidadir. Kattalar hayotida faoliyat, xizmat, yumush qanday ahamiyatga ega bo‘lsa, bola hayotida o‘yin ham xuddi shunday ahamiyat kab etishi mumkin. Jahon psixologiyasi fanida to‘plangan boy ma’lumotlarga asoslanib, quyidagicha mulohaza yuritish mumkin. Masalan, eng sodda psixik jarayondan eng murakkab psixik jarayongacha hammasining eng muhim jihatlarini shakllantirishda o‘yinlar katta rol o‘ynaydi. Maktabgacha yoshdagi bolalarda harakatning o‘sishiga o‘yinning ta’siri haqida gap borganda avvalo shuni aytish kerakki, birinchidan, o‘yinni tashkil qilishning o‘ziyoq mazkur yoshdagi bolaning harakatini o‘stirish va takomillashtirish uchun eng qulay shart-sharoit yaratadi. Ikkinchidan, o‘yinning bola harakatiga ta’sir etishining sababi va xususiyati shuki, harakatning murakkab ko‘nikmalarini sub’ekt aynan o‘yin paytida emas, balki bevosita mashg‘ulot orqali o‘zlashtiradi. Uchinchidan, o‘yinning keyinchalik takomillashuvi barcha jarayonlar uchun eng qulay shart-sharoitlarni vujudga keltiradi. Shu boisdan o‘yin faoliyati xatti-harakatni amalga oshirish vositasidan bolaning faolligini ta’minlovchi mutaqil maqsadga aylanadi. Negaki, u (o‘yin) sub’ekt (jonzot) ongining dastlabki ob’ekti darajasiga o‘sib o‘tadi. Maktabgacha yoshdagi bola muayyan xususiyatga ega bo‘lgan rolni tanlaydi, shu bilan birga u yoki bu personajga xos qat’iy yurish-turishni ongli ravishda ijro etishga intiladi. Shunday ekan, o‘yin mazkur bola uchun eng zarur faoliyatga aylana boradi va yangi shakldagi harakatlarni, takomillashtirish, ularni anglagan holda esga tushirish ehtimoli yaqqol voqelikka aylana boshlaydi. Mazkur harakatlarni egallash bolada jismoniy mashqlarni ongli ravishda bajarish imkoniyatini vujudga keltiradi (A.V.Zaporojets). Bolaning o‘yinlar shart-sharoitidan kelib chiquvchi ongili maqsadi harakatlarni bajarish kezida o‘z ifodasini topadi va uning o‘z oldiga qo‘ygan maqsadi esda olib qolish va esga tushirish jarayonlariga aylanadi. Bolaning laboratoriya sharoitiga nisbatan o‘yinlarda ko‘proq so‘zlarni eslab qolish va esga tushirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar, bu esa ixtiyoriy xotira xususiyatini chuqurroq ochishga yordam beradi. Yuqoridagi mulohazalar asosida umuman aytganda, o‘yin va o‘yin faoliyati bolada o‘z xulqini boshqarish ko‘nikmalarini shakllantirish uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Bolaning aqliy o‘sishi to‘g‘risida fikr yuritilganda, oldingi bobda qayd qilinganidek, shuni aytish ham kerakki, narsalarni yangi nom bilan atashda yoki yangicha nomlash holatidan kelib chiqib, sub’ekt o‘yin paytida faol harakat qilishga urinadi. Chunki u moddiy narsalarga asoslangan harakat rejasidan tasavvur qilinayotgan, fikr yuritilayotgan jismlar muhitini aks ettiruvchi harakat rejasiga o‘tadi. Bola jismlarning moddiy shaklidan birdaniga hayoliy ko‘rinishiga o‘tishida unga tayanch nuqtasi bo‘lishi kerak, vaholanki shunday tayanch nuqtasi vazifasini o‘tuvchi narsalarning aksariyatidan o‘yinga bevosita ob’ekt sifatida foydalaniladi. O‘yin faoliyatida mazkur jismlar qandaydir alomatlarni aks ettiruvchi sifatida emas, balki ana shu tayanch narsalar to‘g‘risida fikrlash uchun xizmat qiladi, shuningdek, tayanch nuqtasi harakatning yaqqol narsa bilan bog‘liq jihatini aks ettiradi. Yuqorida aytilganidek, narsa bilan o‘yin harakatlarining takomillashuvi harakat shakli, xususiyati bosqichi kabilarni qisqartirish va umumlashtirish hisobiga amalga oshiriladi. o‘yin harakatlarining qisqarishi va umumlashuvi ularning aqliy ko‘rinishdagi mantiqan izchil, yig‘iq shaklga o‘tishning asosini tashkil qiladi. Psixolog J.Piaje o‘yinda jismlarga yangi nom berish omiliga jiddiy e’tibor bilan qarab, bu ish ramziy ma’noli tafakkur shakllanishining tayanchi, degan xulosaga keladi. Lekin bu xulosa vaziyatni aks ettirishning birdan-bir to‘g‘ri yo‘li ekanligini bildirmaydi. Shuning uchun narsaning nomini o‘zgartirish bilan bolada tafakkur va aql-zakovat o‘sishini kutish ham mantiqqa mutloqa ziddir. Aslida narsalarni qayta nomlash emas, balki o‘yin harakatlarining xususiyatini o‘zgartirish bolaning aqliy o‘sishiga sezilarli ta’sir o‘tkaza oladi. Darhaqiqat, o‘yin faoliyatida bolalarda harakatning yangi ko‘rinshi, ya’ni uning fikriy , aqliy jihati namoyon bo‘ladi va shuning uchun o‘yin harakatlarini shakllantirish jarayonida bolada fikrlash faoliyatining dastlabki ko‘rinishi vujudga keladi. Bolaning aqliy kamol topishida yoki uning umumiy kamolotida o‘yinning muhim ahamiyat kasb etishi xuddi mana shu dalil orqali o‘z ifodasini topadi. Bola o‘yin faoliyatida maktab ta’limiga tayyorlanib boradi, shu boisdan, unda aqliy harakatlarning yaqqol shakllari tarkib topa boshlaydi. Lekin o‘yin faoliyatida bolaning aqliy o‘sishini chuqurroq izohlab berish hali etarli tajriba ma’lumotlari mavjud emas. Rolli o‘yin faqat alohida olingan psixik jarayon uchun ahamiyatli emas, bolada shaxsiy xususiyat va fazilatlarni shakllantirishda sham zarurdir. Binobarin, katta yoshdagi odamlar rolini tanlab, uni bajarish bolaning his-tuyg‘usini qo‘zg‘atuvchilar bilan uzviy bog‘liq holda namoyon bo‘ladi. Chunki o‘yin davomida bolada har xil xohish va istaklar tug‘ila boradi, bular boshqa narsalarning tashqi alomatlari, o‘ziga rom etishi sababli hamda bolaning ixtiyoridan tashqari, tengdoshlarining ta’siri ostida tug‘iladi. Bola jismlarning moddiy shaklidan birdaniga hayoliy ko‘rinishiga o’tishida unga tayanch nuqtasi bo’lishi kerak, vaholanki shunday tayanch nuqtasi vazifasini o‘tovchi narsalarning aksariyatidan o‘yinda bevosita, ob’ekt sifatida foydalaniladi. O‘yin faoliyatida mazkur jismlar qandaydir alomatlarni aks ettiruvchi sifatida emas, balki ana shu tayanch narsalar to‘grisida fikrlash uchun xizmat qiladi, shuningdek, tayanch nuqtasi harakatning yaqqol narsa bilan bog’liq jihatini aks ettiradi. Yuqorida aytilganidek, narsa bilan o‘yin harakatlarining takomillashuvi harakat shakli xususiyati, bosqichi kabilarni qisqartirish va umumlashtirish hisobiga amalga oshiriladi. O‘yin harakatlarining qisqarishi va umumlashuvi ularning aqliy ko‘rinishidagi mantaqan izchil, yig‘iq shaklga o‘tishning asosini tashkil qiladi. Psixolog J.Piaje o‘yinda jismlarga yangi nom berish omiliga jiddiy e’tibor bilan qarab, bu ish ramziy ma’noli tafakkur shakllanishining tayanchi, degan xo‘losaga keladi. Lekin bu xulosa vaziyatni aks ettirishning birdan-bir to‘gri yo‘li ekanligini bildirmaydi. Shuning uchun narsaning nomini o‘zgartirish bilan bolada tafakkur va aql-zakovat o‘sishini kutish ham mantiqqa mutlaqo ziddir, Aslida narsalarni qayta nomlash emas, balki o‘yin harakatlarining xususiyatini o‘zgartirish bolaning aqliy o‘sishiga sezilarli ta’sir o‘tkaza oladi. Darhaqiqat, o‘yin faoliyatida bolalarda harakatning yangi ko’rinishi, ya’ni uning fikriy, aqliy jihati namoyon bo‘ladi va shuning uchun o‘yin harakatlarini shakllantirish jarayonida bolada fikrlash faoliyatining dastlabki ko‘rinishi vujudga keladi. Bolaning aqliy kamol topishida yoki uning umumiy kamolotida o‘yinning muhim ahamiyat kasb etishi xuddi mana shu dalil orqali o’z ifodasini topadi. Bola o‘yin faoliyatida maktab ta’limiga tayyorlanib boradi, shu boisdan, unda aqliy harakatlarning yaqqol shakllari tarkib topa boshlaydi. Rolli o‘yin faqat alohida olingan psixik jarayon uchun ahamiyatli emas, balki bolada shaxs xususiyat va fazilatlarini shakllantirishda ham zarurdir. Binobarin, katta yoshdagi odamlar rolini tanlab, uni bajarish bolaning his-tuygularini qo‘zgatuvchilar bilan uzviy bog’liq holda namoyon bo‘ladi.

Yüklə 96,94 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə