Bolalar psixologiyasi


I BOB. O’yin faoliyatini ilmiy asarlarda o’rganilishi



Yüklə 96,94 Kb.
səhifə3/10
tarix17.12.2023
ölçüsü96,94 Kb.
#149987
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bolalar psixologiyasi-hozir.org

I BOB. O’yin faoliyatini ilmiy asarlarda o’rganilishi
1.1 Elkonin “O’yin psixologiyasi” asarida o’yin faoliyatining yetakchi faoliyat ekanligi
D.B.Elkoning “O‘yin psixologiyasi” asarida o‘yining yetakchi faoliyat ekanligi. Bu asar VI bobdan iborat bo‘lib asarning V bobi maktabgacha yoshdagi bolalarning o‘yin faoliyatiga qaratilgan. O‘yin faqat tashqi muxitdagi narsa va xodisalarni bilish vositasi bo’libgina qolmay balki, qudratli tarbiya vositasi xamdir. Ijodiy va syujetli o‘yinlarda maktabgacha yoshdagi bolalarni barcha psixologik xususiyatlari shakllanadi. Mana shu nuqtai nazardan o‘yin bogchadagi ta’lim-tarbiya ishlarini yulga kuyishda markaziy o’rinda turadi. O‘yin jarayonida maktabgacha yoshdagi bolaning barcha psixik jarayonlari tarkib topishida imkon bo’ladi. Chunki o‘yin faoliyati bolalarni diqqat va xotirasi, nutqi, xayoli, xissiyoti, mexnatga oid malakalari va qobiliyatlari namoyon bo’ladi. Maktabgacha yoshdagi bolalarning yetakchi faoliyati bu o‘yindir. Bog‘cha yoshidagi bolalarning o‘yin faoliyati masalasi asrlar davomida juda ko‘p olimlarning diqqatini o‘ziga jalb qilib kelmoqda. Bog‘cha yoshidagi bolalar o‘zlarining o‘yin faoliyatlarida ildam qadamlar bilan olg‘a qarab borayotgan sermazmun hayotimizning hamma tomonlarini aks ettirishga intiladilar. Bolalarning o‘yinlari orqali ularda ijtimoiy foydali, ya’ni yuksak insoniy xislatlarni tarbiyalash mumkin. Bundan tashqari, agarda biz bolalarning o‘yini faoliyatlarini tashkaridan kuzatsak, o‘yin jarayonida ularning barcha shaxsiy xislatlari (kimning nimaga ko’prok qiziqishi, qobiliyati, irodasi temperamenti) yakkol namoyon bo’lishini ko’ramiz. Shuning uchun bolalarning o‘yin faoliyatlari ularni individual ravishda o’rganish uchun juda qulay vositadir. Kichik maktabgacha yoshdagi bolalar odatda o’zlari yolg’iz o’ynaydilar. Predmetli va konstruktorli o‘yinlar orqali bu yoshdagi bolalar o’zlarining idrok, xotira, tassavur ,tafakkur xamda xarakat layoqatlarini rivojlantiradilar. Syujetli rolli o‘yinlarda bolalar asosan o’zlari xar kuni ko’rayotgan va kuzatayotgan kattalarning xatti –xarakatlarini aks ettiradilar. O‘yin faoliyati bolalarni insoniyatning ijtimoiy tajribasini egallashning faol shakli bulgan ta’lim faoliyatiga tayyorlaydi. Ko‘pchilik psixologlar hamda pedagoglar o‘yinning psixologik masalalari bilan bevosita shug‘ullanib, o‘yinlarning bolani psixik kamol toptirishdagi ahamiyatiga alohida to‘xtalib o‘tganlar. Ma’lumki, o‘yin bola uchun voqelikni aks ettirishdir. Bu voqelik bolani qurshab turgan voqelikdan ancha qiziqarlidir. o‘yinning qiziqarliligi uni anglab etishning osonligidadir. O‘yin faoliyati bolalarni insoniyatning ijtimoiy tajribasini egallashning faol shakli bo‘lgan tahlim faoliyatiga tayyorlaydi. Odam birdaniga ijtimoiy tajribani o‘zlashtirishga kirisha olmaydi. Ijtimoiy tajribalarni faol egallash uchun odam avvalo yetarli darajada nutqni egallagan bo‘lishi, ma’lum malakalar, o'quvlar va elementar tushunchalarga ega bo‘lishi kerak bo‘ladi. Bularga bola o‘yin faoliyati orqali erishadi. Ma’lumki, bolalarning asosiy vaqti o‘yin bilan o‘tadi. O‘yin maktabgacha yoshdagi bolalarni har tomonlama rivojlanishining muhim vositasi, ularning asosiy faoliyati bo‘lib hisoblanadi. O‘yin jarayonida bola shaxsi faoliyat sub’ekti sifatida shakllana boshlaydi. Yirik psixologlar A.Vallon, J.Piaje, L.S.Vigotskiy, S.L.Rubinshteyn, A.N.Leontev, B.G.Ananev, D.B.Elkonin va boshqalarning fikricha, go‘daklik davrida bolaning predmetli faoliyati negizida rolli o‘yin uchun eng zarur sharoitlar asta-sekin vujudga kela boshlaydi. Mazkur olimlar va ularning shogirdlari to‘plagan ma’lumotlarga asoslanib rolli o‘yinni vujudga keltiruvchi muhim omillar qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin:
1) go‘daklik davridagi predmet bilan uni harakatlantirish orasidagi bog‘liqlik o‘z ahamiyatini yo‘qota boradi, natijada predmet bilan harakat alohida hukm surish imkoniyati tug‘iladi va bola ularni alohida umumlashgan tarzda aks ettira boshlaydi;
2) bola haqiqiy o‘yinchoqlar o‘rniga ularning asl mohiyatini to‘la aks ettirolmaydigan yasama va beo‘xshov nusxalaridan keng foydalanadi (fabrikada tayyorlangan qo‘g‘irchoq yoki avtomabilь o‘rniga uyda yasab berilgan shunday narsalar bilan qanoatlantirish);
3) bolaning o‘z xatti-harakatlari kattalarning ishlaridan farqlanishiga intilishi, unda o‘ziga xos shaxsiy harakat ko‘nikmasining paydo bo‘lishi;
4) bolada o‘z xatti-harakatini kattalar faoliyati bilan qiyoslash, harakatlarining mohiyatini muvofiqlashtirish va aynan tuzilishi jihatidan bir-biriga yaqinlashtirish istagining tug‘ilishi;
5) bola kattalarning hayoti va faoliyatida uchrab turadigan, odatdagi turmush muammolarini o‘zida aks ettiruvchi, ma’naviy va maishiy ko‘rinishga ega bo‘lgan hayot jabhasini o‘z xatti-harakatida izchil ravishda tiklashga (ularning rolini bajarishga) urinishadi o‘yin faoliyatini takomillashtiradigan sharoitlarni tadqiq qilgan N.M.aksarinaning ta’kidlashicha, o‘yin o‘zidan-o‘zi vujudga kelmaydi, buning uchun kamida uchta sharoit mavjud bo‘lishi kerak;
a) bolaning ongida uni qurshab turgan voqelik to‘g‘risidagi xilma-xil taasurotlar tarkib topishi;
b) har xil ko‘rinishdagi o‘yinchoqlar va tarbiyaviy ta’sir vositalarining muxayyoligi;
v) bolaning kattalar bilan tez-tez muomala va muloqotga kirishuvi.
Bunda kattalarning bolaga bevosita ta’sir ko‘rsatish uslubi hal qiluvchi rol o‘ynaydi. Shunday qilib, psixolog adabiyotlar tahliliga tayanib maktabgacha yoshdagi bolalarning o‘ziga xos xususiyatlari qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin:
1) bola odamlarning faoliyati, ularning predmetlarga munosabati va o‘zaro muomalasiga qiziqadi;
2) bolalar rolli o‘yinda atrofdagi voqelikning eng tashqi ifodali, jo‘shqin xis-tuyg‘uli jihatlarini aks ettiradilar;
3) rolli o‘yinda bola kattalar bilan bir xil sharoitda, yagona zaminda yashayotganini his etgan holda o‘z istagini amaliyotga tadbiq qiladi;
4) kattalar hayoti va faoliyatiga kirish bolaning tasavvuri timsollari tariqasida namoyon bo‘lsa ham, umuman uning chinakam shaxsiy hayotida o‘chmas iz qoldiradi.
Maktabgacha yosh davrida o‘yinning takomillashuvi. Psixologiya qabul qilinganidek, rolli o‘yin faoliyati syujet va mazmundan tashkil topadi. Odatda syujet deganda, o‘yin faoliyatida bolalar aks ettiradigan voqelikning doirasi tushuniladi. O‘yin syujeti turli davrga, sinfiy xususiyatga, oilaviy turmush tarziga, geografik va ishlab chiqarish sharoitlariga bog‘liq holda yaratiladi. Bola munosabatga kirishadigan voqelik doirasi qanchalik tor, cheklangan bo‘lsa, o‘yinnnig syujeti shunchalik xira va bir xil ekanligini aks ettiradi. o‘yinlarning syujeti xilma-xilligiga qaramay, ularni maxsus guruhlarga biriktirish imkoniyati mavjuddir. Masalan, yirik psixolog E.A.Arkin o‘yinlarning quyidagi tasnifini tavsiya qiladi:
1) ishlab chiqarishga oid
2) maishiy va ijtimoiy siyosatga ro‘zg‘or
3) harbiy
4) drammalashtirilgan
Biz shu tasnif haqida L.S.Vigotskiy, A.N.Leontьev, D.B.Elkonin singari psixologlarning tanqidiy mulohazalariga to‘la qo‘shilamiz, chunki harbiy va drammalashtirilagn o‘yinlarni ham ijtimoiy-siyosiy guruhga kiritish mumkin. Bizningcha, D.B.Elkoninning tasnifi ma’quldir. U maktabgacha yoshdagi bolalarga xos rolli o‘yinlarning syujetiga ko‘ra uchta guruhga ajratishni tavsiya qiladi:
1) maishiy mavzu syujetiga oid o‘yinlar;
2) ishlab chiqarish syujetiga maaluqli o‘yinlar;
3) ijtimoiy-siyosiy syujetli o‘yinlar.
Muallif ayrim o‘yin turlari maktabgacha yoshdagi bolalarning barcha bo‘g‘inlariga mosligini, syujetlar maishiydan ishlab chiqarishiga qarab va undan ijtimoiy-siyosiy voqealarni aks ettirishga qarab rivojlanishini alohida uqtiradi. Uning fikricha, o‘yin syujetidagi bunday izchillik bolaning bilim saviyasi, turmush tajribasi kengayishi, uning katta yoshdagi odamlar turmushiga chuqurroq kirib borishi bilan bog‘liqdir. Darxaqiqat, o‘yin syujetining o‘sishi turmushning tobora yangi qirralarini aks ettirish bilan cheklanib qolmay, muayyan syujetning o‘ziga xos boshqa ko‘rinishlari bilan boyishi sababli ham amalga oshadi. Katta yoshdagi bolalarda o‘yin faoliyati mutlaqo boshqacha o‘tadi, chunonchi bir harakat ikkinchi harakat bilan uzluksiz bog‘lanib ketadi, ba’zi bir harakatlar esa so‘z yordamida qisqartiriladi (“keling, xush ko‘rdik” harakat bilan emas, balki so‘z orqali ifodalanadi) va umumlashtiriladi. Rolli o‘yin bolalarning hamkorlikdagi faoliyati mahsuli tariqasida vujudga keladi. Bu yoshda rol tanlashda ishtirokchilar o‘rtasidagi nizolar, tortishuvlar kamayadi, rolga o‘zini loyiq deb bilish o‘zidagi mavjud buyumlardan kelib chiqmaydi (masalan, qalam-o‘qituvchi, qaychi-tikuvchi rolini olish uchun asos bo‘la olmaydi), balki o‘yinning mazmunidan, hamkorlikdagi faoliyat nuqtai nazaridan kelib chiqadi. Natijada ular kichik maktabgacha yoshdagilarga o‘xshab rolni almashtirish, bir buyumdan boshqaiga bir obrozdan ikkinchisiga o‘tishdek beqaror harakatlar qilmaydilar. D.B.Elkonin harakatli o‘yinning qoidalari mazmuni o‘zaro bog‘liqligidan kelib chiqib ularni besh guruhga ajratadi:
1) harakatga taqlid qilish;
2) muayyan syujetni drammalashtirilgan o‘yinlar;
3) syujeti oddiy o‘yinlar;
4) syujetsiz qoidali o‘yinlar;
5) aniq maqsadga qaratilgan mashqlardan iborat sport o‘yinlari.
Bolani o‘yinga undamagan omil uning katta yoshdagi odamlarning borliq to‘g‘risidagi va shaxslararo munosabati haqidagi tasavvuri va ularni o‘z shaxsiy faoliyatida sinab ko‘rish istagidir, shuningdek, jamoa bo‘lib o‘ynayotgan tengqurlari bilan bevosita muloqotga kirishish ishtiyoqidir. Bolalar psixologiyasi fanida to‘plangan ma’lumotlar tahliliga asoslanib, mazkur yosh davri bo‘yicha quyidagi xulosani chiqarish mumkin:
1) o‘yin faoliyatida bola turli harakatlarni to‘laligicha namoyish etishga, ularni bajarish usullarini ko‘rsatishga ishtiyoqmand bo‘ladi;
2) keyinchalik esa barcha xatti-harakatlarni umumlashtirib aks ettirishga urinadi.

Yüklə 96,94 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə