Bolalar sporti asoslari



Yüklə 1,76 Mb.
səhifə39/145
tarix31.12.2021
ölçüsü1,76 Mb.
#81154
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   145
“BOLALAR SPORTI ASOSLARI MAJMUO (8)

Og’irlik hajmi (kg)

Bajarishlar soni

Qayta bajarishlar soni

Yuqoriga sakrash, ikkala oyoq bilan depsingan holda:

a) o’tirgan holatda:

qo’llar yordamida

qo’llar yordamisiz

og’irlik bilan


3 gacha

4-5


4-5

3-4


6-8


6-8

4-6


b) o’tirgan holatda (son va boldir muskullarining oralig’i 900):

og’irliksiz

og’rlik bilan

sherikni yelkaga ko’tarib (tik turib, devor oldida)


4 gacha


5-6


4-5

6-8


4-6

v) o’tirgan holatda (son va boldir muskullarining oralig’i 1200):

og’irliksiz

og’rlik bilan

sherikni yelkaga ko’tarib (tik turib, devor oldida)



5gacha


4-5


4-6


O’tirgan holatda bir oyoqda sakrash:

qo’llar yordamida

qo’llar yordamisiz

og’rlik bilan



2-4 gacha


4-5


4-5

2-3

4-5

3-4


2-3

Ikkila oyoqni birlashtirgan holda yuqoriga sakrash:

bir xil shiddatda

yuqori bo’lmagan shiddatda

yuqori shiddatda, tizzalarni yuqoriga ko’tarib



2-4 gacha


4-5


3-4

2-3

20-25

20-25


10-15

Shug’ullanayotganlar tezkor-kuch sifatlarni tarbiyalashning asosiy vositasi bu mashg’ulotning kompleks uslubidir, uning mohiyati harakatchan va sport o’yinlar, o’yin mashqlarini rivojlantirishga qaratilgan xilma-xil mashqlarni tizimli ravishda qo’llashdan iborat.

Agarda dastlabki sport tayyorgarlik bosqichida tezkor-kuch sifatlarini tarbiyalash vosita va uslublar qo’llanilmasa, shug’ullanayotganlarning tezlik va tezkor-kuch sifatlari qoniqarsiz darajada rivojlanadi. Tezkor-kuch sifarlarini tarbiyalashning samarali vositalarini yuqori hajmda qo’llanilishi shug’ullanayotganlarning tezkor-kuch tayyorgarligining darajasini oshirishga va shu bilan bir paytda, boshqa pedagogik vazifalarni muvaffaqiyatli hal qilishga ko’maklashadi.

Dastlabki tayyorgarlik bosqichida tezkor-kuch sifatlarini tarbiyalash bilan bir qatorda, mushak kuchini rivojlantirishga bolalarning tayanch - harakat apparatini mustahkamlashga etibor qaratish lozim. Bu maqsadda mashg’ulotlar dasturiga akrobatika usullarini, gimnastik jihozlarda mashqlar, xilma-xil sakrash va irg’itishlar, o’yin va turgan joyda mashqlar kiradi.

Kuchni tarbiyalovchi mashqlar zo’riqishni hamda uzoq muddatli zo’riqishni istisno qiluvchi minimal yuklanishlar bilan bajarilishi lozim. Odatda, bolalarda qorin, toz, tana, qo’llarining mushaklari kuchsiz rivojlangan bo’ladi. Qiz bolalar bilan mashg’ulotda yelka qism mushaklarini mustahkamlashga ham e’tibor qaratish lozim. Kichik mushak yuklamalari, zo’riqish, mushaklarni haddan ziyod qotib qolishidan holis bo’lgan va harakatlarni nazorat qilish imkoniyatini berganligi sabab bolalar bilan mashqlarda asosan, kichik vaznda bo’lgan turli og’irliklar bilan mashqlarni bajarish lozim. Bunday mashqlar imkon qadar katta tezlik bilan bajariladi. 8-10 yoshda bolalar o’z vaznining 1/3 qismiga teng bo’lgan og’irlikni, 13-15 yoshida esa o’z tana vaznining yarmiga teng og’irlikni ko’tarib masofalarga olib o’tishlari mumkin. Qiz bolalar bilan mashqlarda kichik og’irlikka ega bo’lgan koptoklar, toshlar, 1 kglik gontellar, shtanga bilan mashqlar, gimnastik devor va sakrog’ich bilan mashqlar, turli sakrash mashqlarni, koptok bilan o’ynash, akrobatikaning eng sodda unsurlari va hamkor bilan mashqlardan foydalanish maqsadga muvofiqdir.

Dastlabki tayyorgarlik bosqichida chaqqonlikni tarbiyalash muhim ahamiyatga ega. Chaqqonlik koordinatsion jihatdan murakkab bo’lgan harakatlarni ko’p yillik tayyorgarligining keyingi bosqichlarida muvaffaqiyatli o’zgartirish uchun asos yaratadi. Bu maqsadda harakatchan vosita o’yinlari, estafeta, koptoklar bilan mashqlar, muvozanatni saqlash mashqlari, sakrogich bilan sakrash, murakkab bo’lmagan to’siqlarni to’siqli yugurishlar hamda gimnastik va akrobatik mashqlar bilan bajariladi.

Chaqqonlikni rivojlantirishga qaratilgan zo’riqishlar asosan, koordinatsion murakkabliklarni asta-sekin oshirish yo’lidan borishi lozim, bunda harakat koordinatsiyasining murakkabroq namoyon bo’lishini rag’batlantiruvchi metodik uslublardan foydalanish lozim, ya’ni bunda g’ayrioddiy dastlabki holatlar, mashqlarni bajarish uslublarini almashtirish kabilarni qo’llash lozim.

Egiluvchanlikni tarbiyalashning eng qulay davri – bu kichik maktab yoshidir. Bunda bolalar organizmi rivojlanishning keyingi davriga nisbatan egiluvchanroqdir. Egiluvchanlikni tarbiyalash uchun cho’zilishga mashqlar eng tipikdir, ular mazkur mashg’ulotda imkoniyatli bo’lgan chegaraga qadar harakatlar amplitudasini asta-sekin oshirish bilan tavsiflanadi. Cho’zilishga mashqlar odatda, asosiy yoki yordamchi gimnastikadan olingan elementar harakatlardir, ular mushaklar va bog’lamlarning u yoki bu guruhilariga qarab tanlab ta’sir qiladi, bunda oyoq, qo’l, bo’yin, tana uchun mashqlar bajariladi.

Egiluvchanlikni tarbiyalash uchun xilma-xil harakatchan va sport o’yinlari, katta amplitudada harakatni talab qilgan mashqlarni (buyum bilan va buyumlarsiz) egiluvchanlikka mashqlar va ularni bo’g’imlarini mustahkamlashga qaratilgan mashqlar bilan biriktirish, bog’lami va mushaklarni mustahkamlashga qaratilgan mashqlarni qo’llash lozim. Egiluvchanlikka mashqlarni bajarish sur’ati shug’ullanayotganlarning tayyorgarlik darajasiga hamda ularning xarakteri va nima maqsadda bajarilayotganiga ko’ra belgilanadi. Egiluvchanlikni mustahkamlashning asosiy uslubi mashqlarni takroriy bajarishdir. Egiluvchanlikni tizimli tarzda rivojlantirish lozim. Egiluvchanlik mashqlarini faqatgina ko’p marotaba takrorlagandan so’ng bo’g’imlardagi harakat amplitudasining oshishiga erishish mumkin.

Mashg’ulotning muhim vazifasi chidamlilikni tarbiyalashdir, chidamlilik bu turli mutaxassislikdagi sportchilarga zarur bo’lgan jismoniy sifatlardir. Bu orada bolalar va o’smirlar ko’p holatlarda chidamlilik darajasini oshirishga qaratilgan mashg’ulot yuklamalarini juda kech boshlaydilar. Bu nafaqat katta sportga zarar etkazadi, balki o’sib kelayotgan avlodning zaruriy bo’lgan hamma tomonlama jismoniy barkamol rivojini ta’minlamaydi, bola va o’spirinlar organizmini katta mashg’ulot yuklamalarga asta-sekin tayyorlash imkoniyatini bermaydi.

Yosh sportchining umumiy chidamliligi haqida bir qator ko’rsatkichlar asosida xulosa qilish mumkin, ularning biri maktab o’quvchisi tomonidan uning mushak apparatining katta qismining faoliyatini kirituvchi mo`’tadil quvvatni talab qilgan uzoq muddatli ishni bajarish hamda shug’ullanayotganlar tomonidan sport o’yini jarayonida ahamiyatli jismoniy yuklamani bajarish qobiliyatini baholashdir.

Maktab yoshidagi bolalarda dinamik xarakterdagi ishni bajarishda umumiy chidamlilikni rivojlanish darajasini aniqlash maqsadida quyidagi pedagogik nazorat sinovlarini qo’llash maqsadga muvofiqdir: oldindan belgilangan 5 soniyaga teng bo’lgan doimiy tezlik bilan yugurganda, bosib o’tgan masofaning o’lchamini belgilash; intensivlikning turli darajasiga ega bo’lgan yugurishda bosib o’tgan masofaning hajmini aniqlash (bunda sinovdan o’tayotganning maksimal tezligidan 90, 70, 60% bo’lishi lozim). 20-jadvalda siklik ishni bajarganda turli yoshdagi maktab o’quvchilarining chidamlilik dinamikasi ko’rsatilgan. Mazkur ma’lumotlarning tahlili sikllik xarakterdagi chidamlilikning rivojlanish darajasi butun maktab yoshi davomida uzluksiz o’sishini ko’rsatadi, bunda bu oshish deyarli tekis, keskin o’zgarishlarsiz kuzatiladi.



20-jadval


Yüklə 1,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   145




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə