Bolalar sporti asoslari


Jismoniy mashqlarni bajarish texnikasiga o’rgatish



Yüklə 1,76 Mb.
səhifə37/145
tarix31.12.2021
ölçüsü1,76 Mb.
#81154
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   145
“BOLALAR SPORTI ASOSLARI MAJMUO (8)

Jismoniy mashqlarni bajarish texnikasiga o’rgatish

Dastlabki tayyorgarlik bosqichida bolalarni harakatlarga o’qitish yuqori darajaga ega bo’ladi. Bir qator tadqiqotlarda yosh o’tgan sari bolalardagi harakat bo’lgan xotira ham son, ham sifat jihatidan o’zgaradi. Bolalarda harakatni eslab, yodlab qolishga bo’lgan qobiliyat 7 yoshdan 12 yoshgacha juda ham jadal rivojlanadi. Keyingi davrda, 13 yoshdan boshlab, mazkur qobiliyatning rivoji biroz sekinlashadi.

Bolalar odatda, bevosita tushuntirish va ko’rsatishdan so’ng harakatlarni o’zlashtiradilar. Bir nechta say’-harakatlardan so’ng yangi harakatlar asosan, shug’ullanuvchilar tomonidan harakatsiz bajariladi. Bu yoshdagi bolalar sport mashqlariga yuqori qiziqishni, o’qish va yutuqlarga yaxshi tayyorgarlikni, idrok etishga muntazam ravishda o’sayotgan qobiliyatlarni namoyon qiladi.

Jismoniy mashqlarga o’qitish ularning jismoniy va ruhiy rivojiga ko’maklashib, tarbiyalovchi xarakterga ega bo’ladi. O’qitish umumiy-uslubiy tamoyillar asosida amalga oshiriladi. Ko’rgazmalilikni ta’minlash uslublari qo’llaniladi, ya’ni mashqni ko’rsatish, ko’rgazmali qo’llanmalarni namoyon qilish, imitatsiya, o’qituvchining yordami nazarda tutiladi, so’zni qo’llash uslublari (tushuntirish, ko’rsatish. suhbat, so’rov)dan foydalanadi, mashq uslublari, o’yin va musobaqa uslublari ham qo’llaniladi.

Yangi harakat vazifalarini tushuntirishda barcha bolalar nima qilish lozimligini va mashqni qanday bajarish lozimligini tushunishlari lozim. Bolalarga mashqni namoyon qilish yoki u haqda gapirib berishni taklif qilish maqsadga muvofiq.

Harakat vazifasi muayyan shaklda qo’yilishi lozim, imkon qadar imkoniyatli ko’rgazma bilan: yugurib borib yetib olmoq, yugurib borib olmoq, tortilmoq kabilar. Bundan tashqari, jismoniy mashqlar texnikasiga o’qitishning yaxlit uslubini imkon qalar ko’proq qo’llash lozim.

O’quvchilarning yoshi naqadar kichik bo’lsa, shu qadar ularning harakat tajribasi kam bo’ladi, ko’rgazmalilikni ta’minlash uslublari shu qadar o’rinni egallashi lozim. Kichik maktab o’quvchilari aksariyat hollarda, kuzatuvchan bo’lib, shu bilan bir qatorda, tafakkurning predmetli, obrazli turiga moyildirlar, ularning xulqi uchun taqlid qilish shakllari xosdir. O’spirinlar tanqidiy tarzda fikrlash va mafxumlashtirishga ega bo’lgan holda, hissiy idrok va tasavvurlarga tayanishni afzal ko’radilar.

Kichik maktab o’quvchilarini sport texnikasiga o’qitishda katta rolni mashqning namunali ko’rsatilishi o’ynaydi, bu esa shug’ullanayotganlarning ko’z bilan idrok etishining keng imkoniyatlari bilan asoslanadi. O’quvchilar yangi harakatlarni tezroq yodlab qolishlari uchun murabbiylar odatda, kinofilm, kinogrammalarni namoyon qiladilar.

Kichik maktab yoshidagi bolalar bilan mashg’ulotlarda katta o’rin o’quv-mashg’ulotlarini bajarishning o’yin shakllariga beriladi. O’yin uslubi mashqlarni erkin bajarish imkoniyatini beradi, bundan tashqari, o’quv mashqlarini takrorlashda bolalarda qiziqishni qo’llab turadi. Maktabgacha bo’lgan va kichik maktab yoshidagi bolalarni jismoniy mashqlar texnikasiga o’qitishning xususiyatlari bir qator maxsus yo’riqnomalarda batafsil tavsiflangan.


Yüklə 1,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   145




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə