Bolalar sporti asoslari


Sport mashg’ulotida charchash va tiklanish



Yüklə 1,76 Mb.
səhifə81/145
tarix31.12.2021
ölçüsü1,76 Mb.
#81154
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   145
“BOLALAR SPORTI ASOSLARI MAJMUO (8)

Sport mashg’ulotida charchash va tiklanish

Charchash jarayoni - bu jismoniy ish bajarish chog’ida turli a’zolar, qismlar va umuman tanada ro`y berayotgan va oxir oqibatda bu ishni davom ettirishga imkoni bermaydigan o`zgarishlar mavjud.

Charchash holati - charchashni shaxsan sezganda ro`y beradigan ish qobiliyatini susayishi bilan belgilanadi.

Charchash holatida sportchi ishning jadalligi yoki sifatini (bajarish texnikasi talab darajasida tura olmaydi yoki uni to`xtatishga majbur bo`ladi.

Charchaganlik oqibatida ish qobiliyatini susayishning asosiy sabablari quyidagilar:

-energiya bilan ta’minlovchi manbalarning xolsizlanishi (ATF, KrF, glikogen),

-ulardan foydalanish qobiliyatini pasayishi

-almashinuv moddalarini (laktat) to`planishi,

-tanada suv miqdorini kamayishi.

Tiklash rejimiga sarflangan energiyani va tananing gidro-elektrolit muvozanatini tiklashga qaratilishi lozim.

Mashq jarayonida dam olish mashqning tarkibiy qismi sifa-tida quyidagi ikki vazifani bajaradi:

-mashq va musobaqa paytidagi og’irlikdan keyin ish qobiliyatni tiklaydi:

-yuklama samarasini optimallashtirishning (eng yaxshi vari-antini tanlash) vositalaridan biri sifatida xizmat qiladi.

Keskin va doimiy, umumiy va cheklangan, yashirin (o`rni to`ladigan) va ochiq (o`rni to`latilmaydigan) charchash farqlanadi.

Keskin charchash qisqa paytdan, ammo sportchining jismoniy tayyorgarligi darajasiga mos kelmaydigan o`ta jadal ishlashdan keyin ro`y beradi.

Doimiy charchash - qator mashqlardan keyin etarli darajada tiklanib olmaslik natijasida ro`y beradi. Doimiy charchash jarayonida yangi harakat ko`nikmalarini egallash qobiliyati pasayadi, ish qobiliyati tushadi, tana qarshiligi susayadi.

Umumiy charchash barcha mushak guruhlari ishga jalb qilingan paytda vujudga keladi. Markaziy asab tizimi doimiy ishini buzilishi, muvofiqlay olmay qolish, harakatlarni bajarishda irodani zaiflashishi xos xususiyat hisoblanadi. Bunday holatda tanadagi kuchning zaiflashuvi tez tez nafas olish, yurak urishini tezlashuvi, ishni davom ettira olmaslik seziladi.


Yüklə 1,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   145




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə