Boshlang’ich ta’lim metodikasi” kafedrasi 5111700- boshlang’ich ta’lim yo’nalishi 03 guruh talabasi Shodmonova Maxliyoning


Bitiruv malakaviy ishning dolzarbligi



Yüklə 73,98 Kb.
səhifə2/9
tarix29.11.2023
ölçüsü73,98 Kb.
#139636
1   2   3   4   5   6   7   8   9
10 ichida arifmetik amallar bajarish metodlardan foydalanish1

Bitiruv malakaviy ishning dolzarbligi:
Boshlang‘ich matematika kursi maqsadiga muvofiq ravishda tanlangan masalalar sistemasi asosida quriladi. Bu sistemada matnli masalalar katta o‘rinni egallaydi. Arifmetik amallar orasidagi mavjud mazmunini ochishda tegishli oddiy matnli masalalardan foydalaniladi. Matnli masalalar bolalarni shuncha katta (kichik), “shuncha marta katta (kichik)” so‘zlari bilan ifodalanuvchi matematik munosabatlar bilan tanishtiruvchi muhim vosita ham hisoblanadi. O‘quvchilarni, masalan, baho, miqdor va qiymat, vaqt, tezlik va masofa orasidagi mavjud bog‘lanishlar bilan tanishtirishda matnli, masalalarning ahamiyati juda katta. Masalalar boshlang‘ich matematika kursida boshqa muhim vazifani ham bajaradi: ular bolalarda mantiqiy fikrlashni, analiz va sintez qilish, umumlashtirishga, qaratilayotgan hodisalar orasidagi mavjud bog‘lanishlarni ochib berish malakasini o‘stiruvchi foydali vosita ham bo‘ladi. Bolalarni matnli masalalarni yechishga o‘rgatishning ahamiyati ular ustida ish olib borish metodikasiga bog‘liq.
Bitiruv malakaviy ishning maqsadi.
Matnli masalalarning asosiy xususiyati shundan iboratki, ularda izlanayotgan sonni topish uchun berilgan sonlar ustida qanday amalni bajarish kerakligi to‘g‘risidan to‘g‘ri ko‘rsatilmaydi. Shu sababli masala matnida berilgan sonlar bilan izlanayotgan son orasidagi bog‘lanishni ko‘rsatuvchi biror bir vosita ko‘rsatmalar bo‘lishi va bu bog‘lanish kerakli arifmetik amallarni tanlash va ular tartibini aniqlash kerak.
Masalaning to‘la echimi shartning analizidan (tahlildan): amallarning bajarish tartibini ko‘rsatuvchi plandan; kattalikning u yoki bu qiymati qanday amal bilan topilishi va nega shu amal bilan topilishini tushuntirishdan; arifmetik amallarni bajarish va javobdan iborat bo‘ladi. Shuningdek, masala echilishiga tekshirish va olingan javobning yaroqli va yaroqsiz ekanini aniqlash ham kiritiladi.
2.10 ichida arifmetik amallar bajarishga o’rgatish metodikasi.
Masalalar yechish matematika o‘qitishning muhim tarkibiy qismidir. Masalalar yechmasdan matematikani o‘zlashtirishining tasavvur ham qilib bo‘lmaydi.
Matematikada masalalar echimini nazariyani amaliyotga tadbiq qilishning mutlaqo tabiiy yo‘lidir1.
Arifmetik amallarining mazmunini, amallar orasidagi bog‘lanishlarni, amal komponentlari bilan natijalari orasidagi bog‘lanishlarni ochib berishida, xar xil miqdorlar orasidagi bog‘lanishlar bilan tanishishda mos sodda masalalardan foydalaniladi (yechilishi uchun bitta amal bajarish talab qilinadigan masalalar sodda masalalar jumlasida kiradi). Sodda masalalar o‘quvchilarni matematik munosabatlar bilan tanishtirishning muhim vositalaridan biri bo‘lib xizmat qiladi. Sodda masalalardan ulushlar, qator geometrik tushunchalar va algebra elementlarini o‘rganishda ham foydalaniladi2.
Sodda masalalar o‘quvchilarda murakkab masalalarni yechish uchun zarur bo‘ladigan bilimlar, malakalar va ko‘nikmalarni tarkib toptirish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. Yechilishi uchun bir nechta o‘zaro bog‘liq amallarni bajarish talab qilinadigan masalalar deyiladi. Sodda masalalar kabi murakkab masalalar ham bilimlarni o‘zlashtirishga, olingan bilimlarni mustaxkamlash va mukammallashtirishga xizmat qiladi.
Sodda va murakkab masalalar bolalarning fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirishning foydali vositasi bo‘lib, odatda, o‘z ichiga “yashirin ma’lumotni” oladi. Bu ma’lumotni qidirish masala echuvidan analiz va sintezga mustaqil murojaat qilish faktlarini taqqoslash, umumlashtirish va xakazolarni talab qiladi. Bilimning bu usullarini o‘rgatish matematika o‘qitishning muhim maqsadlaridan biri xisoblanadi.
Psixologiya kursidan ma’lumki, tafakkurning rivojlanishi shaxsning ijodiy aktivligi orqali aniqlanadi. Chunki, masalalarni mustaqil yechishni tashkil qilish o‘qituvchiga o‘quvchilarning mumkin bo‘lgan aqliy qobiliyatlari rezervlaridan foydalanish imkonini beradi. Bundan masalalarning yana bitta, sodda muhim funksiyasi kelib chiqadi. Masalalarni yechimida predmentga bo‘lgan qiziqishi rivojlanadi, umuman mustaqillik, erkinlik, talabchanlik, mexnatsevarlik, maqsadga intilishlik rivojlanadi.
Bolalarga tarbiya berishda ham matnli masalalarning roli katta. Masalalar o‘quvchilarning fikr doiralarini kengaytirishga yordam beradi, ularni o‘z shahrining, qishlog‘ining xayoti bilan, kishilarning ishlab chiqarish va qishloq xo‘jaligidagi mexnatlari bilan tanishtiradi. Yangi texnikani joriy qilish hisobiga yoki mexnatni yaxshi tashkil qilish hisobiga mexnat unumdorligini ortirish, kishilarining farovonligini oshirish, xukumatimizning bolalar haqida, ularning o‘qishlari va dam olishlari borasidagi g‘amxo‘rligi kabi muhim masalalarni ularning kuchlari etadigan materiallarda tushuntiradi.
Masalalar ustida ishlanar ekan, sistemali ravishda va rejali asosida o‘quvchilarning xususiy malakalarini takomillashtirishni ham o‘ylab ko‘rish kerak, chunki bunday xususiy malakalardan masala yechishning umumiy murakkab malakasi tarkib topadi.

Yüklə 73,98 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə