Boshlang’ich ta’lim metodikasi” kafedrasi 5111700- boshlang’ich ta’lim yo’nalishi 03 guruh talabasi Shodmonova Maxliyoning


-ichida qo‘shish va ayirish amallarini orasidagi bog‘lanishga doir masalalar yechish metodikasi



Yüklə 73,98 Kb.
səhifə7/9
tarix29.11.2023
ölçüsü73,98 Kb.
#139636
1   2   3   4   5   6   7   8   9
10 ichida arifmetik amallar bajarish metodlardan foydalanish1

7. 10-ichida qo‘shish va ayirish amallarini orasidagi bog‘lanishga doir masalalar yechish metodikasi.
Murakkab masalalrni yechishga tayyorlash sodda masalalarni yechishdayoq boshlanadi, bunda murakkab masala bilan tanishtirish funksiyasini bajarib qolmay, balki ularning rivojlanishiga ijobiy ta’sir ham ko‘rsatiladi.
Eng oldin berilgan masala shartiga savol qo‘shish bilan bog‘liq bo‘lgan topshiriqni aytish kerak. Berilgan ma’lumotlardan foydalanib, qanday savolga javob berish mumkinligini to‘g‘ri aniqlash malakasi murakkab masala ustida bundan keyin ishlashda muhimdir. Bu malaka hamma o‘quvchidv bir xil va tez shakillanmasligini xisobga olib, bu yo‘nalishdagi ishni o‘quvchilarning kuchlari etadigan materialdan foydalanib, ya’ni sodda masalalardan foydalanib ilgariroq o‘tkazish kerak.
Murakkab masala bilan tanishtirishda xar xil metodik usullardan foydalanish maqsadga muvofiq.
1.Masalani, masalan, birdaniga yechishga kirishish mumkin. Misol tariqasida ushbu masalani keltirish mumkin: “Birinchi qutida 6 ta qalam, ikkinchi qutida 2 ta kam qalam bor. Qutilardagi hamma qalam nechta?”
O‘qituvchi masala shartini gapirib berar ekan, birinchi qutida nechta qalam borligini (6 ta) ko‘rsatadi: berk qutini ko‘rsatadi va undagi qalamlar 2 ta kamligini aytadi. Savolni ifodalab, o‘qituvchi bir qutini ikkinchisiga yaqinlashtiradi. SHundan keyin bolalar masalani o‘qituvchining savollari bo‘yicha takrorlashadi, o‘qituvchi esa ishning borishida doskada sxematik rasm bajaradi: “Birinchi quti haqida nima ma’lum?” (Birnchi quti rasmida 6 ta q yozuvi paydo bo‘ladi).
Ikkinchi qutida qancha qalam borligi ma’lum? (ikkinchi qutiga savol belgisi qo‘yiladi). Ikkinchi qutidagi qalamlar haqida nima ma’lum? (Rasm ostidagi yozuv 2 ta q kam.) Masalada nima haqida so‘ralmoqda? (Ikkala quti katta qavs bilan birlashtiriladi va uning ostiga savol belgisi qo‘yiladi) Rasm tayyor bo‘lganidan keyin bolalar u bo‘yicha masalani takrorlashadi, bunda xar bir son nimani bildirishini va masalaning savoli nimaligini tushuntirishadi.
Shundan keyin muxokama qilinib, bolalar masalaning echilishiga keltiriladi: “Birinchi qutida nechta qalam borligini biz bilamizmi?” Ikkinchi qutida –chi? Ikkala qutidagi qalamlar nechtaligini birdaniga (bir amal bilan) bila olamiz? Nega bila olmaymiz? (Ikkinchi qutida nechta qalam borligi noma’lumligi sababli bila olmaymiz) Ikkinchi qutida nechta qalam borligini birdaniga bila olamizmi? (Bila olamiz) Buning uchun nima qilish kerak? Nega? 2ni ayirish bilan nimani bilib olamiz? (Ikkinchi qutida qancha qalam borligini bilib olamiz) Ikkala qutida birgalikda qancha qalam borligini bilish uchun bundan keyin nima qilish kerak? (Birinchi qutidagi qalamlar soni bilan ikkinchi qutidagi qalamlar sonini qo‘shish kerak.) Shunda biz masalaning asosiy savoliga javob bera olamizmi? (Xa) Masalaning echilishini doskaga va daftarlarga yozishadi. O‘qituvchi tushuntidari va yozuvni qanday bajarishni ko‘rsatadi: oldin biz nimani bilib olishimiz kerak? Qaysi amal bilan? (Satrning o‘rtasiga birinchi amalni yozamiz, buning uchun 1 raqamini qo‘yamiz, bu raqamdan o‘ngroqqa nuqta qo‘yamiz, nuqtadan bir katak surilib, birinchi amalning yechishini yozamiz: 6-2=4 (q) SHundan keyin biz nima bilib olamiz? Qanday amal bilan? (Topilgan natijaga yana 6 ni uutdik.) Ikkinchi amalni yozamiz. Buning uchun birinchi amalning ostiga (1 raqami ostiga) 2 raqamini yozamiz, undan keyin nuqta quyamiz, undan bir katak surilib, ikkinchi amalning echilishini yozamiz: 4+6=10 (q) O‘quvchilar masalaning javobini aytadilar.
Yechimning yozilishi bo‘yicha bolalar birinchi amal bilan nimani bilganliklarini, ikkinchi amal bilan nimani bilganliklarini va masalaning savoliga qanday javob berish mumkinligini yana bir marta tushuntirishlari mumkin.
Masalaning echilish bunday ko‘rinishga ega bo‘ladi:
1.6-2=4 (q)
2. 4+6=10 (q)
Javob: 10 ta qalam.
2.“Murakkab masala” tushunchasini tushuntirish uchun boshqa usuldan ham foydalanish mumkin.
O‘qituvchi masala matnini beradi, uni qisqa yozuv bilan ta’minlaydi: “Munira, Vasila, Sirojiddin va Karim boqqa borishdi. Munira 4 ta yong‘oq, Vasila undan 2 ta ortiq, Sirojiddin esa Vasilaga qaraganda 1 ta kam, Karim esa Sirojiddin 3 ta ortiq topdi. Karim nechta yong‘oq topgan?”
M-4 ta yong‘oq
V-M dan 2 ta ortiq yong‘oq
S-V dan 1 ta kam yong‘oq
K - ? S dan 3 ta ortiq yong‘oq
Suxbat o‘tkaziladi.
-Qarang, - deydi o‘qituvchi, - masalada bittagina savol bor: Karim nechta yong‘oq topgan?
O‘qituvchi bu savolni qisqa qizil rang bilan ajratadi.
-Karim topgan yong‘oqlar haqida nima deyilgan? Karim Sirojiddindan 3 ta ortiq yong‘oq topgan. (Ammo Sirojiddin nechta yong‘oq topganini ham bilmaymiz. Keling savol belgisini qo‘yamiz)7.
Qisqa yozuvda tegishli savol belgisi qo‘yiladi.
-Sirojiddin haqida nima deyilgan? (Sirojiddin Vasiladan 1 ta kam yong‘oq topgan) Ammo biz vasila nechta yong‘oq topganini ham bilmaymiz. Vasila haqida nima deyilgan? (Vasila Muniradan 2 ta ortiq yong‘oq topgan) Demak, uchinchi savol paydo bo‘ladi. Bu savollardan qaysinisiga biz javob bera olamiz?. Oxirgi qo‘ygan savolimizga javob bera olarmiz?


Yüklə 73,98 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə