Boshlang’ich ta’lim metodikasi” kafedrasi 5111700- boshlang’ich ta’lim yo’nalishi 03 guruh talabasi Shodmonova Maxliyoning


O‘quvchilarga ayrish amalini o‘rgatish metodikasi



Yüklə 73,98 Kb.
səhifə5/9
tarix29.11.2023
ölçüsü73,98 Kb.
#139636
1   2   3   4   5   6   7   8   9
10 ichida arifmetik amallar bajarish metodlardan foydalanish1

5. O‘quvchilarga ayrish amalini o‘rgatish metodikasi.
O‘quvchilarga ayrish amalini o‘rgatish quyidagi bosqichlarda o‘rgatiladi:
1)10 ichida ayrish;
2) 100 ichida ayrish;
3) 1000 ichida ayrish
4) Ko‘p xonali sonlar ichida ayrish.
10 ichida ayrish amalini o‘rgatish.
Ushbu mavzu ustida ishlashda o‘qituvchi oldida turgan asosiy maqsadlar quyidagilardan iborat.
1)o‘quvchilarni ayrish amali bilan tanishtirish:
2) xisoblash usullaridan o‘quvchilarning ongli foydalanishlarini ta’minlash:
a) sonni qismlari bo‘yicha ayirish usuli,
b) sonlarni ayrishda (masalan, 8-5) qo‘shishning tegishli xolini (8=5+3) bilishdan yoki yig‘indi va qo‘ishiluvchini topish malakasidan foydalaniladigan xolda yig‘indi bilan qo‘shiluvchilar orasidagi bog‘lanisharni bilishga asoslangan ayrish usuli.
3) 10 ichida ayirish ko‘nikma malakalarini shakllantirish, 10 ichida ayirishni o‘rgatishda bir nechta bosqichga bo‘lish mumkin:

I-bosqich. Tayyorlik bosqichi:


Ayirish amalining aniq mazmunini ochish;
a-1 ko‘rinishdagi ayirish xoli.
10 ichida ayrishni o‘rganishga bag‘ishlangan darsda bolalar olgan bilimlarini umumlashtirish kerak, umumlashtirish asosida a-1 ko‘rinishdagi xol uchun jadval tuziladi va bu jadvalni bolalar tushunib olishlari va xotiradi saqlashlari kerak6.
Birinchi darsdanoq 1-1=0 ko‘rinishidagi ayirish xoli qaraladi.
II-bosqich. a-2, a-3, a-4 ko‘rinishdagi xollar uchun xisoblash usullari bilan tanishish.
Xisoblash usullarini mustaxkamlash uchun 2ni ayirish bilan bog‘liq bo‘lgan misollar va masalalar og‘zaki va yozma usuli echiladi, 2 talab ayirishga doir mashqlar bajariladi.
Zarur ko‘nikmalarni xosil maqsadida darslarga og‘zaki mashqlar, xar xil o‘yinlarni (tim, narvonga, doiraviy masalalar, o‘yinlar) ijodiy xarakatdagi mashqlarni kiritish maqsadga muvofiqdir.
III-bosqich. a-5, a-6, a-7 va a-8 ko‘rinishdagi xollar uchun xisoblash usuli bilan tanishtirish.
Bu xollarda xisoblash usullarii yig‘indini qo‘shiluvchilar orasidagi bog‘lanishlarni bilishga asoslangan yig‘indi bilan qo‘shiluvchilar orasidagi bog‘lanishni mustaxkamlash uchun bunday mashqlar bajariladi:
Berilgan qo‘shishga oid misoldan ayirishga oid 2 ta misolni tuzamiz: (masalan, 5+3=8, 8-3=5, 8-5=3).
Berilgan 3 ta masaladan qo‘shishga doir 2 ta, ayirishga doir 2 ta misol tuzing: (masalan, berilgan 9, 6 va 3 sonlaridan turtta bunday misol tuzish mumkin: 6+3=9, 3+6=9, 9-6=3, 9-3=6).
5, 6, 7, 8, 9 sonlarini ayirishni o‘rgatishga tayyorgarlik sifatida bolalar bilan birinchi o‘nlik sonlarini tarkibini va noma’lum qo‘shiluvchini topish qoidasini takrorlash kerak.
IV-bosqich. 5, 6, 7, 8, 9ni ayirish xollari uchun natijani topishda qo‘shish va ayirishning bog‘lanishiga asoslangan ayrish usullari o‘rganiladi. Masalan, 10-8 misolni yechish uchun 10 sonini 8 va 2 sonlarining yig‘indisi bilan almashtirish va undan qo‘shiluvchilardan biri bo‘lgan 8ni ayirish kerak, ikkinchi qo‘shiluvchi 2 ni xosil qilamiz. Bu usuldan foydalanish uchun sonlarning qo‘shiluvchilardan iborat tarkibini, shuningdek, yig‘indi va qo‘shiluvchilar o‘zaro qanday bog‘langanligini bilish kerak. Quyidagi xulosani chiqaradilar: agar yig‘indidan birnchi qo‘shiluvchini ayirsak ikkinchi qo‘shiluvchi xosil bo‘ladi, agar yig‘indidan ikkinchi qo‘shiluvchini ayirsak birnchi qo‘shiluvchi xosil bo‘ladi.
Yig‘indi va qo‘shiluvchilarga doir bilimlarni mustaxkamlash uchun o‘quvchilar quyidagicha mashqlarni bajaradilar: qo‘shishga doir berilgan misol bo‘yicha, ayirishga doir 2 ta misol tuziladi va ular echiladi (2+4=6, 6-4= , 6-2= ), berilgan 3 ta son yordamida 4 ta misol (4+5, 5+4, 9-4, 9-5) tuziladi va echiladi. x+2=5, 4+x=10 ko‘rinishdagi tenglamalarni echib noma’lum sonni topadi.
Shunga o‘xshash x-4=3, 8-x=5 kabi ayrishdagi noma’lum komponentlarni topishga doir ham etarli misollarni echtirish mumkin5.

Yüklə 73,98 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə