Boshlang’ich ta’lim metodikasi” kafedrasi 5111700- boshlang’ich ta’lim yo’nalishi 03 guruh talabasi Shodmonova Maxliyoning


Ayirish amaliga doir masalalar yechish metodikasi



Yüklə 73,98 Kb.
səhifə6/9
tarix29.11.2023
ölçüsü73,98 Kb.
#139636
1   2   3   4   5   6   7   8   9
10 ichida arifmetik amallar bajarish metodlardan foydalanish1

6. Ayirish amaliga doir masalalar yechish metodikasi.
Bolalarni sodda masalalar bilan tanishtirishni dastlabki bosqichida o‘qituvchi oldida bir qancha murakkab muammolar paydo bo‘ladi:
1)bolalar ongiga masala bilan bog‘liq bo‘lgan aniq tushunchalarga (shart, savol, javob) doir ikkilamchi signallar (matematik atamalar va ular uchun notanish bo‘lgan ba’zi so‘zlar) kirishi va mustaxkamlanishi kerak;
2) masalada berilgan sonlarni va izlanayotgan sonni ko‘ra olish malakasini xosil qilish;
3) amallar va ularning komponentlarini ongli tanlashga o‘rgatish.
O‘qituvchi “shart”, “amal”, “masala”, “savol”, “echilishi”, “javobi” tushunchali ta’rifini bermaydi.
Bu tushynchalarni bolalar amaliy ravishda uzaytiradilar. Aytib o‘tilgan tushunchalar (atamalar)ning nomlari bitta darsda emas, balki sekin-asta ishlanib borishi kerak. O‘quvchilar ularni mashg‘ulotlar davomida eslab qoladilar: oldin ular o‘qituvchidan eshitgan tegishli tushunchalarining nomlari o‘rtasidagi bog‘lanishni aniqlaydilar, shundan keyin, ular uchun yangi bo‘lgan atamalarni o‘zlashtiradilar va bu tushunchalarni o‘zlarining lug‘at boyliklariga qo‘shadilar, ya’ni bolalar bu so‘zlarni o‘z nutqlarida ma’nosiga tushungan xolda qo‘llana boshlaydilar7.
Navbatdagi darslarning birida o‘quvchilar berilgan va izlanayotgan son bilan tanishadilar. Darslik rasmlaridan qog‘oz varaqlariga chizib, osib qo‘yilgan rasm yoki oldin tayyorlab qo‘yilgan o‘yinchoqlardan foydalanib, o‘qituvchi masala tuzadi: “5 ta baliq suzib yurgan edi (rasmdan 5 ta baliqni ko‘rsatadi yoki ularni doskaga ilib qo‘yadi). Ulardan 2 tasini qarmoqqa ilindi (ularni ko‘rsatadi yoki 2 ta baliqni ajratib qo‘yadi). Suzib yurgan nechta baliq qoladi?”. Bolalar bilan birgalikda masalani savollar bo‘yicha takrorlashda o‘qituvchi oldin “Biz nimani bilamiz?”, “Bizga nima ma’lum”, “SHartda nima berilgan?” kabi ifodalarni, keyin esa “Nimani topish kerak?”, “Nimani bilish kerak?”, “Nima ma’lum?” iboralarini ishlatadi. Takrorlashni umumlashtirib, o‘qituvchi ushbularni ta’kidlaydi: “Bu masalada 5 ta baliqcha suzib yurgani, ulardan 2 tasini qarmoqqa iilngani ma’lum, ammo nechta baliq qolgani noma’lum – buni bilish kerak, masaladi shu haqida so‘ralmoqda”.
Raqamlar kassasidan o‘quvchilar oldin masala shartida bo‘lgan sonlarni (5 va 2) topadilar. Bundan o‘qituvchi bu sonlar shartdan ma’lum-ular berilgan ekanini yana bir marta ta’kidlaydi. SHundan keyin so‘raydi: “Noma’lumni topish uchun nima qilish kerak, ya’ni nechta baliq qolganini bilish uchun nima qilish kerak?”. Bu savol muxokama qilinganidan keyin bolalar kartochkalardan
5-2=
yozuvni tuzadilar. Rasmlardan foydalanib topadilar:
5-2=3
Keyingi darslarda tegishli topshiriqlarni bajarish va masalalar yechishda o‘quvchilarning qaralayotgan usul bilan dastlabki taxkil qilish malakasi mustaxkamlanadi. SHuningdek ular masala matnini boshqacha ifodalash va uni ma’no qismlarga ajratish malakasini oladilar. SHundan keyin ikkala usulni o‘rgatish bir paytda boriladi, keyinroq masalalar bo‘yicha topshiriqlar bajarishda va yangi xil masalalarni yechishda takomillashtiriladi.
Dastlabki taxlilning navbatdagi usuli bu modellashtirishdir. Model masalani tushunishiga yordam berib qolmay, balki echimni izlash vositasi bo‘lib ham xizmat qilad. Yechishni modelning o‘zida uning elementlari ustida ma’lum amaliy va boshka xarakatlarni bajarish bilan ham amalga oshirish mumkin.
Masala yechishdagi birinchi qadam –masala mazmunini tushunib etishga va asosiy bog‘lanishlarni ajratishga yordam beradigan model tuzishdan iborat.
Modellashtirishning xar xil usullari ma’lum. Bu usullardan eng soddasi masalada tavsiyalangan vaziyatni xar xil predmentlar (cho‘plar, doirachalar, uchburchaklar, kvadratchalar va boshqalar) yordamida yoki grafik ravishda (rasm, chizma) amalda tiklashdir.
Grafik modellar – bu rasmlar va chizmalar. Rasm masalani tushunishga, uning echimini izlashga yordam beradi.
Rasm shunday ham bo‘lishi mumkinki, u bo‘yicha arifmetik amallarni bajarmay, masalada qo‘yilgan savolga oson javob berishi mumkin bo‘ladi. Masalan, “Maktab oldiga 9 tup terak, undan 4 tup kam chinor ekishdi. Necha tup chinor ekishgan?” masalani rasm ko‘rinishida berish mumkin.
O‘quvchilarni masalalarga doir rasmlar bajarish malakasiga o‘rgatishda bu rasmlar qo‘llanishning chegaralanganligini xisobga olish zarur. Masalan, katta sonlarni va boshqa narsalarni o‘z ichiga olgan masalalar uchun bunday rasm tuzish maqsadga muvofiqdir.
Yuqorida ko‘rsatilganidek, ilyustratsiyalar va xar xil shartli sxemalar sodda masalalarni yechishga yordam beradi.
Ilyustratsiyalar masalar masala tuzishga yordam beradi.
O‘qituvchi doskaga ilyustratsiyani osib qo‘yib, bolalardan bu ilyustratsiyani diqqat bilan qarashni so‘raydi va unga doir masala tuzish topshirig‘ini beradi.
SHundan keyin o‘qituvchi so‘raydi:
-8 soni nimani bildiradi? Ikkinchi qutidagi savol belgisi nimani bildiradi?
-Bu qutidagi qalamlarning noma’lum soni.
-Rasmda yana nima yozilgan?
-Birinchi qutidagidan 3 ta qalam kam.
-Bu masalada gap nima xaqda bormoqda?
-Qalamli qutilar haqida.
-Bu qutilar va qalamlar haqida nima ma’lum?
- Birinchi qutida 8 ta, ikkinchi qutida bundan 3 ta kam qalam bor.
-Nimani bilash kerak?
-Ikkinchi qutida nechta qalam borligini
-Endi butun masalani aytish mumkin.
Men boshlayman, sizlar esa davom ettirasiz. “Bir qutida 8 ta qalam bor”... Baxodir sen davom etir!
-Ikkinchi qutida esa bundan 3 ta kam qalam bor.
-Nimani so‘rash mumkin?
-Ikkinchi qutidagi?
-Masalani qisqa yozamiz:
I-8 ta q
II -?, 3 ta kam.
-Masalani qanday amal bilan yechish kerak?
-Ayirish amali bilan
SHundan keyin bolalar mustaqil yozadilar va topadilar: 8-3=5
Masala matnida shartda berilganlarga mos keluvchi ayrim ma’noli qismlarni ajratish masalani qisqacha to‘g‘ri yozish va arifmetik amallarni to‘g‘ri tanlashga yordam beradi. Konkret misolda qaraymiz. Oldindan doskaga yozib qo‘yilgan ushbu “Donxurak 7 ta qushcha bor edi. YAna bir nechta qushcha uchib keldi. Hammasi bo‘lib doxurakka 10 ta qushcha qo‘ndi. Donxurakka nechta qushcha uchib keldi?”. Masalani o‘qib, o‘quvchilar o‘qituvchi boshchiligida birnchi ma’lumot haqida nima aytilgan bo‘lsa, hammasini ajratishadi, ya’ni masalaning birinchi ma’noli qismini aniqlaydilar va uni vertikal yaiziq bilan ajratib qo‘yadilar. SHundan keyin shartning ikkinchi va uchunchi ma’noli qismlarini ajratadilar. Masala ma’noli qismlarga bunday bo‘linganday bo‘ladi: “Donxo‘rakda 7 ta qushcha bor edi6. Yana bir nechta qushcha uchib keldi. Donxo‘rakka hammasi bo‘lib 10 ta qushcha qo‘ndi. Donxo‘rakka nechta qushcha uchib keldi?”
Shundan keyin bolalar ajratilgan xar bir qismda eng muhim so‘zlar va sonlarni ajratadilar. O‘quvchilar ushbularni ta’kidlaydilar:
Sodda masalani yechishda amal tanlashga ongli yaqinlashishni mustaxkamlash uchun bolalarga xar xil amallar bilan echiluvchi bir nechta o‘xshash masalani taklif qilish kerak. Masalan:
1. Vazada 7 ta olma bor edi. Bolalar 3 ta olmani eyishdi. Vazada nechta olma qoldi?
Bolalar masalani takrorlab, unda ma’noli qismlarni ajratishadi. “Bor edi-7”, “eyishdi – 3”, “qancha qoldi?”. Amalni tanlashda ular bunday muloxaza yuritadilar: “3 ta olmani eganlaridan keyin olmalar kam qoldi, shu sababli 7 dan 3 ni ayirish kerak”.
2. Vazada 7 ta olma bor edi. Bolalar undan bir nechta olmani olishdi. SHundan keyin vazada 3 ta olma qoldi. Bolalar nechta olma olishgan?
Eng sodda taxlil o‘quvchilarga echimni aytib beradi: 7- bu 3 va 4. Masala ayirish bilan echiladi, chunki vazada bir nechta olmani olganliklardan keyin olmalar kam qoldi – qoldiqni topish kerak.
Ushbu “Olim bilan Yusuf bodring uzishdi. Olim 4 ta, Yusuf esa 7 ta bodring uzdi. YUsuf Olimga qaraganda nechta oshiq bodring uzdi?” – masalaning sharti bilan taxlil qilib, bolalar 7 soni 4 dan katta ekanini aniqlaydilar. SHundan keyin bolalar bunday ko‘rsatishadi: masalada bir son ikkinchisidan ortiq ekanini bilash talab qilinmoqda, buni bilash uchun esa katta sondan kichik sonni ayirish kerak, ya’ni 7-4=3.
Bu masala echilganidan keyin uning savolini o‘zgartirish va bunday ifodalash kerak. “Olim Yusufdan nechta kam bodring uzdi”. Yangi masalaning sharti va savolini takrorlab, o‘quvchilar kim kam bodring uzganini aytishlari kerak.
-Olim Yusufdan kam bodring uzagani sizga qaerdan ma’lum (SHartda aytilgan.) Olim uzgan bodringlar sonini taqqoslash bilan shunday xulosa chiqarish mumkinmi? (Xa.) Nega? (Chunki turt ettidan kichik.) 4 soni 7 dan qancha kamligini qanday amal bilan bilish mumkin? (Ayirish bilan).
Shundan keyin bolalar o‘qituvchi nazoratida mustaqil yozadilar: 7-4=3 Oxirgi ikki masalaning sharti va savolini taqqoslash foydali, buning natijasida 7>4, 4

Yüklə 73,98 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə