Boshlang’ich ta’lim metodikasi” kafedrasi 5111700- boshlang’ich ta’lim yo’nalishi 03 guruh talabasi Shodmonova Maxliyoning



Yüklə 73,98 Kb.
səhifə8/9
tarix29.11.2023
ölçüsü73,98 Kb.
#139636
1   2   3   4   5   6   7   8   9
10 ichida arifmetik amallar bajarish metodlardan foydalanish1

8. X U L O S A.
Boshlang‘ich sinflarda masalalar yechish matematika o‘qitishning muhim tarkibiy qismi xisoblanadi. Matematika fani o‘zlashtirishda masalalarni echmasdan turib tasavvur qilib bo‘lmaydi.
Sodda masalalardan arifmetik amallarning mazmunini, amallar orasidagi bog‘lanishlarni, amal kompanentlari bilan natijalari orasidagi bog‘lanishlarni ochib berishda, xar xil miqdorlar orasidagi bog‘lanishlar bilan tanishishda foydalaniladi.
Sodda masalalar o‘quvchilarda murakkab masalalarni yechish uchun zarur bo‘ladigan bilimlar, malakalar va ko‘nikmalarni tarkib toptirish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.
Sodda va murakkab masalalar o‘quvchilarning fikrlash qobiliyatlarini rivojlantiradi.
Psixologiyadan ma’lumki, tafakkurning rivojlanishi shaxsning ijodiy aktivligi orqali aniqlanadi. Masalalarni mustaqil yechishni tashkil qilish o‘qituvchiga o‘quvchilarning mumkin bo‘lgan aqliy qobiliyatlari rezervlaridan foydalanish imkonini beradi. Masalalarning yechishda predmetga bo‘lgan qiziqish rivojlanadi, umuman mustaqillik, erkinlik, talabchanlik, mexnatsevarlik, maqsadga intilishlik rivojlanadi.
Bolalarga ta’lim-tarbiya berishda kam matnli masalalarning roli kattadir. Masalalar o‘quvchilarning fikr doiralarini kengaytirishga yordam beradi.
Qo‘shish va ayirish amallariga doir masalalar yechishda ko‘rgazmalikning ahamiyati katta. Darslarda masalalar yechishda ko‘rgazmalikdan foydalanish o‘quvchilarni faollashtiradi, ularning diqqatini oshiradi va rivojlantiradi, o‘quv materialini mustaxkam o‘zlashtirishni ta’minlaydi va vaqtni tejash imkonini beradi.
Nazariy masalalar mashqlarni yechish davomida amaliy ahamiyat kashf etadi, bu bilan mashqlar nazariya bilan amaliyotni o‘zaro bog‘lovchi xalqa vazifasini bajaradi.
O‘quvchilarga qo‘shish va ayirish amallariga doir masalalarni yechishga o‘rgatishdan oldin ularga qo‘shish va ayirish amallarini, xisoblash usullarini o‘rgatish muhim o‘rin tutadi. O‘quvchilar bu xisoblash usullarini yaxshi o‘zlashtirib olsalar masalalar yechishda qiynalmaydilar.
Qo‘shish va ayirish amallariga doir masalalar yechishda bir nechta xil usullarda yechishni namayon etsa bo‘ladi.
Boshlang‘ich sinfda qo‘shish va ayirish amallarini hamda ular orasidagi bog‘lanishlarni yaxshi o‘zlashtirishlar, yuqori sinflarda masalalar yechishga qiynalmaydilar.



Yüklə 73,98 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə