Buxoro davlat pedagogika instituti jismoniy madaniyat fakulteti jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi kafedrasi



Yüklə 1,71 Mb.
səhifə45/85
tarix22.03.2024
ölçüsü1,71 Mb.
#182930
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   85
BOLALAR JISMONIY TARBIYASI YANGI MAJMUA

Mashgʻulot turi: seminar
Mavzu rejasi:

  1. Arg’amchida uchish

  2. Velosipedda uchish

  3. Suzishga o’rgatish

12- Mavzu: Bolalar jismoniy tarbiyasini tashkil etish bo’yicha ish shakillari.
1.

II-semestr: Ma’ruza
1- Mavzu : Maktabgacha yoshdagi bolalarni harakatlarga o’rgatish metodikasi
Mavzu rejasi:
1.Muvozanat saqlash mashqlari
2. Tirmashish va emaklash mashqlarini o‘tkazish metodlari
Muvozanat saqlash mashqlari. Ma’lumki muvozanat (uni saqlab turish va tutib turishga intilish) har qanday harakatlar uchun doimiy va zarur komponet bo’lib hisoblanadi. Katta maktabgacha yoshda muvozanat saqlashni turli tuman mashqlar vositasida takomillashtirib borish davom ettiriladi.Muvozanat saqlash funktsiyasining kechikishi yoki etarli rivojlanmasligi harakat aniqligiga, sur’atiga, me’yoriga ta’sir ko’rsatadi. Ular natijalarining yaxshilanishi 5-6 yoshli bolalarda mushak tonusi muvofiqligining etarli darajada yaxshi rivojlanishi bilan bog’liq bo’ladi.Katta guruhda muvozanat mashqlarini tayanchni toraytirilgan va kengaytirilgan holatda bajarish taklif etiladi. Bunda topshiriqlar turli narsalar bilan bajariladi. Muvozanat saqlashni rivojlantirish mashqlarining barchasi bolalardan diqqatni bir joyga to’plashni, dikkate’tiborni, irodaviy zo’r berishni talab qiladi; shuning uchun mashqlarni o’rtacha va sekin sur’atda tarbiyachining kuzatuvi ostida o’tkazish va zarur hollarda ayrim bolalarga yordam berish hamda ularni asrab-avaylash lozim
Muvozanat saqlash hissi har qanday harakat va har qanday holatni saqlab turishning zarur doimiy komponentidir. Muvozanat saqlash hissining rivojlanishi kishi bosh miya po‘stlog‘i funksiyasining takomillashuvi bilan aloqadorlikda, qo‘zg‘alish va tormozlanish jarayonlarining muvozanatlashuvida, vestibulyar apparatning holati va o‘rin almashinuvidagi barcha o‘zgarishlarni baholashga yordam beruvchi muskul hissi bilan bog‘liqlikda asta- sekin kechadi. Maktabgacha yosh davomida muvozanatni saqlash funksiyalarini rivojlantirish gavdaning ma’lum holatini (o‘tirgan, tik tur- gan, emaklash, keyinchalik yurishda ham) saqlashdan boshlab har qanday harakat va holatlarda gavdani barqaror tuta olishga- cha bo‘lgan yo‘lni bosib o‘tadi. Muvozanat saqlash funksiyalarini rivojlantirishda mashq qilish, jumladan jismoniy tarbiyaning xilma-xil vositalaridan foydalanish katta ahamiyat kasb etadi. 4 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan bolalardagi statik va dinamik muvozanat yuzasidan olib borilgan tadqiqotlar (T.I. Osokina) yosh o‘sgan sari muvozanat saqlash funksiyalarini ifodalovchi barcha ko‘rsatkichlarning yaxshilanib borishini ko‘rsatdi. Bu o‘rinda eng faol rivojlanish yoshda kechishi qayd etilgan. Muvozanat saqlash gavdaning barqaror holatini saqlash vosi tasi sifatida diqqatning to‘g‘ri rejalanganligini, harakatlar koordinatsiyasini, muayyan sharoitlarda mo‘ljal olishni, ularga tez, to‘g‘ri javob qila olishni, botirli va o‘z-o‘zini tuta bilishni talab qiladi. Shuning uchun muvozanat saqlash mashqlari tez juda harakatchanlik bilan bajariladigan yugurish, sakrash va hokazo harakatlardan oldin o‘tkaziladi. Muvozanat saqlash hissi kichraytirilgan tayanch maydonidagi mashqlar jarayonida hosil qilinadi va tekshiriladi. Bunda galdagi yiqilishdan saqlash, nojo‘ya harakatdan masalan, ensiz taxtacha, reyka ustidan yurish, oyoq uchida yurish, bir oyoqda turish, yugurishdan so‘ng to‘xtash va hokazolarda o‘zini tiyish talab etiladi.
Tirmashib chiqish mashqlari. Tirmashib chiqish mashqlari bajarilayotganda turli guruh muskullari ishga solinadi. Qatta guruhda topshiriqlar murakkablashtiriladi, ularni bajarish texnikasiga yuqoriroq talablar qo’yila boshlaydi. Ilgari o’rganib olingan mashqlar bilan birqatorda, gimnastika devoriga sur’atni o’zgartirgan holda chikish, yonma-yon turgan devorchaning biridan ikkinchisiga oshib o’tish hamda zinapoyalar orasidan o’tish taklif qilinadi va boshqalar. Maktabgacha yoshdagi bolalarni jismoniy tarbiyalash tizimda asosiygimnastika: bolalarga mo’ljallangan asosiy gimnastika tarkibini asosiy harakatlar, umumrivojlantiruvchi va saflanish mashqlari tashkil etadi.
Tirmashish ko‘p martalab takrorlashlar jarayonida hosil qilinadigan murakkab shartli refleksdir. U muskullarning katta qismini ishga jalb qiladi va shu asnoda bolaning butun organizmi funksional faoliyatini kuchaytirishda, shuningdek, to‘g‘ri qaddiqomatning shakllanishiga yordam beradi. Tirmashib chiqish muskullarning navbatma-navbat qisqarishi va bo‘shashishi bilan xarakterlanadi. Bu harakat davomida sarflangan quvvatni tiklashga va jismoniy kuchni uzoqroq muddat namoyon qilishga imkon beradi. Tirmashish mashqlari harakatlar koordinatsiyasini yaxshilaydi, nafas olish va qon aylanish funksiyasini takomillashtiradi, modda almashinuvini oshiradi. Tirmashish siklli harakatlar tipiga mansubdir. Tirmashib chiqish va tushish yugurishdagiga o‘xshash harakat elementlarining qisqa muddatli takroriga egadir: narvon zinapoyasiga har bir oyoqda tayanish va unda ikkala oyoqqa tayanib turishda qo‘l va oyoq navbatma-navbat harakatlantiriladi. Tirmashishda sikllarning to‘xtovsiz takrorlanib turishi gimnastika devorining balandligi bilan belgilanadi: 1–1,5–2 metr. Maktabgacha yoshdagi bolalar tirmashib chiqishning quyidagi turlarini egallaydilar: emaklab o‘tish, oshib o‘tish, oradan suqilib o‘tish, gorizontal va qiya tekislikda (polda, gimnastika skameykasida) to‘rt oyoqlab emaklash, tik devor (gimnastika devori), narvon, arqonli narvoncha, kanat va langarcho‘pga tirmashib chiqish. Bola 8–9 oyligida egallaydigan to‘rt oyoqlab emaklashda tirmashishda bo‘lgani kabi orqa, qorin devori, oyoq va qo‘llar 95 muskullari mustahkamlanadi. Bundan tashqari emaklashda oyoq, qo‘lga tayanish tufayli umurtqaga tushadigan og‘irlik kamayadi, bu bolaning o‘sish davri uchun juda muhimdir. Bunday mashqlar to‘g‘ri qaddi-qomatning shakllanishiga yordam beradi. Bolalar dastlab qorin bilan, so‘ng to‘rt oyoqlab, kaft va tizzalariga tayanib emaklaydilar. Tarbiyachi mashqlarni tobora murakkablashtirib boradi – gorizontal va qiya holatdagi taxtada, so‘ng skameykada, xodada emaklashni taklif etadi. Bundan tashqari darvozachalardan o‘tish, shnur, darvoza tagidan o‘tish, xoda, skameykadan oshib o‘tishni mashq qiladilar. Bu mashqlardan so‘ng umurtqani to‘g‘rilash (rostlash) maqsadida bolalarga to‘pni otish va ilib olish, bayroqchani baland ko‘tarish va hokazolar taklif etiladi. Bola mustaqil harakat qila oladigan bo‘la olganda unga zich va tik holatdagi balandligi 1 metrli narvonga tirmashib chiqish topshiriladi. Tirmashish bola hayotining ikkinchi yilida shakllanadi. Tirmashish harakatlari tobora sikllilik kasb etadi, qo‘l va oyoq harakatlarining amplitudasi va harakati aniqlanadi. Dastlab bu ko‘rish anaS izatori, keyinchalik kinestetik analizatorlar bilan idora qilinadi. Yonma-yon qadam qo‘yish avval aralash, so‘ng esa navbatma-navbat tashlanadigan qadam bilan almashinadi. Hatto qiya narvonga tirmashishga o‘rgatishda almashinadigan qadamni ikki yoshli bolalarning faqat 20 %ida, 3 yoshlilarning 40 %ida shakllantirishga erishilgan, xolos. (M.Yu. Kistyakova va Z.S. Uvarova). Maktabgacha yoshdagi kichik va katta bolalar uchun emaklash va tirmashishni mashq qilish, bolalarda harakatlar koordinatsiyasini tarbiyalaydi. Emaklash mashqlari qo‘llar kuchini, yelkani va gavdani rivojlantirishda ancha qulaydir. Bolalar bajonudil emaklaydilar va polda, skameykada, narvonda va boshqa jihozlarda bajariladigan harakatlarni o‘zlashtirib oladilar. Emaklash va emaklab o‘tish mashqlari ko‘pincha boshqa harakatlar bilan birgalikda bajariladi. Masalan, bolalarga parallel holda qo‘yilgan skameykadan emaklab o‘tish, tik turish, aylanish va skameykalardan hatlab o‘tish, orqaga qaytish yoki ikki yog‘och tortib qo‘yilgan arqon tagidan emaklab o‘tish, tik turish, yugurib kelib xuddi shu arqon ustidan sakrab o‘tish taklif qilinadi. Gimnastika skameykasi bo‘ylab emaklaganda bolalar skameyka chetini ushlab harakat qiladilar. Qiya qilib qo‘yilgan taxta ustidan harakat qilganda bolalar unga faqat emaklab chiqish bilan kifoyalanib qolmasdan, undan yana emaklab qaytib tushishlari ham kerak.


Yüklə 1,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   85




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə