Buxoro davlat universiteti iqtisodiyot va turizm fakulteti servis sohasi iqtisodiyoti


-bob Soliqlar va ularning nazariy asoslari



Yüklə 0,51 Mb.
səhifə4/13
tarix03.06.2022
ölçüsü0,51 Mb.
#88583
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Ernazarov.Kurs ishi.277

1-bob Soliqlar va ularning nazariy asoslari

    1. Soliq tushunchasi, uning mohiyati va ahamiyati

Soliq, davlat yoki mahalliy boshqaruv faoliyatini taʼminlash uchun davlat organlari tomonidan tashkilot va jismoniy shaxslardan yigʻib olinadigan toʻlovga aytiladi. Davlat byudjeti daromadlar qismining asosiy manbai soliqlar hisoblanadi. Shuningdek, soliq iqtisodiy turkum sifatida, sof daromadning bir qismini budjetga jalb qilish shakli boʻlib, moliyaviy munosabatlarning tarkibiy qismini tashkil qiladi. Soliqning kelib chiqishi davlatning paydo boʻlishi bilan chambarchas bogʻliq boʻlib, juda qadimiy tarixga ega.Tarixiy manbalarda bundan 3760-yil muqaddam Bobil davlatida Hammurapi qonunlari bilan soliqning joriy etilgani toʻgʻrisida maʼlumotlar uchraydi. Hozirgi davrda ham davlat bajaradigan vazifalarni mablagʻ bilan taʼminlash muammosi soliqning obyektiv zarurligini keltirib chiqaradi. Undirish usuliga koʻra, toʻgʻri va egri Soliqga boʻlinadi. Toʻgʻri Soliq molmulk va daromadga bevosita joriy qilinadi va soliq toʻlovchi tomonidan oraliq vositachilarsiz toʻlanadi. Keng tarqalgan turlari: qoʻshilgan qiymat soligʻi, daromad soligʻi, meros hamda hadya soligʻi, tovar aylanmasi soligʻi, savdo soligʻi, eksportimport soligʻi va boshqa Egri soliq (aksizlar ) tovar (xizmat)lar narxlariga yoki tariflarga kiritish moʻljallangan va keyinchalik tovarlar isteʼmolchilariga yuklanadigan Soliq Davlat tuzumi xususiyatlariga koʻra, Soliq tizimi umumdavlat (markaziy) va mahalliy (maʼmuriy-hududiy birliklar) Soliq va yigʻimlardan tashkil topadi.
Oʻzbekiston Respublikasida Soliq tizimining huquqiy asoslari, uni toʻlovchilarning huquqlari hamda majburiyatlari, soliq ishlarini yuritish tartiboti 1997-yil 24-aprelda qabul qilingan va 1998-yil 1-yanvardandan amalga kiritilgan Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksi bilan belgilanadi. Oʻzbekiston Respublikasida joriy etilgan umumdavlat Soliqi: yuridik shaxslardan olinadigan daromad (foyda) soligi; jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligi; qoʻshilgan qiymat soligʻi; aksiz soligʻi; yer osti boyliklaridan foydalanganlik uchun soliq; ekologiya soligʻi; suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq. Umumdavlat Soliqi har yili qonuniy tartibda belgilanadigan normativlar boʻyicha tegishli byudjetlar oʻrtasida taqsimlanadi. Mahalliy Soliq va yigʻimlar mol-mulk soliq; yer soligʻi; reklama soligʻi, avtotransport vositalarini sotganlik uchun soliq, ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish soligi, savdosotiq huquqi uchun yigʻim; obodonchilik ishlari uchun yigʻim va boshqa Mahalliy soliq va yigʻimlar mahalliy byudjetga oʻtkaziladi. Davlat tomonidan undirilgan Soliq byudjet vositasida qayta taqsimlanib, soliq toʻlovchilarga sogʻliqni saqlash, maorif, ilm-fanni rivojlantirish, mudofaa, xuquqni muhofaza qilish kabi ijtimoiy zarur davlat xizmatlari orkli bilvosita yoʻllar bilan qaytadi. Oʻzbekistonda soliq nazariyasi va amaliyotiga oid materiallar, shu sohaga doir boshqa masalalar "Soliq toʻlovchining jurnali"da (1995-yil dan oʻzbek va rus tillarida chiqadi) yoritiladi.
Soliq yordamida milliy daromadning tegishli qismi taqsimlanadi va qayta taqsimlanadi. Davlat tomonidan olinadigan soliqlar hamda ularning tashkil qilinish shakl va usullari birgalikda soliq tizimini tashkil qiladi. Milliy iqtisodiyotda soliqlar quyidagi uchta muhim vazifani bajaradi:

  • davlat xarajatlarini moliyalashtirish (fiskal vazifasi);

  • ijtimoiy tanglikni yumshatish (ijtimoiy vazifasi);

  • iqtisodiyotni tartibga solish (tartibga solish vazifasi).

Davlat sarflari soliq tushumlari hisobiga amalga oshsada, davlat sarflari miqyosining oʻsishi oʻz navbatida soliqlarning oʻsishini taqozo qiladi va uning darajasini belgilab beradi. Hozirgi davrda umumiy tendensiya boʻlgan davlat sarflarining va shunga mos ravishda soliq hajmining oʻsib borishini quyidagi omillar taqozo qiladi.

  • Aholi sonining oʻsishi.

  • Ijtimoiy soha xizmatlari sifatiga talabning ortishi va urbanizatsiya.

  • Atrof-muhitning ifloslanishi.

  • Daromadlar tengsizligini qisqartirish dasturlarini amalga oshirish.

  • Milliy mudofaa, davlat xavfsizligini taʼminlash xarajatlari hajmining oʻsishi.

Korxonalar faoliyatini soliq yordamida tartibga solish quyidagi umumiy tamoyillari asosida amalga oshiriladi:

  • barcha daromadlardan, ularning manbalariga bogʻliq boʻlmagan holda soliq undirishning majburiyligi;

  • soliq undirishda barcha uchun yagona umumdavlat siyosati;

  • samarali ishlovchi korxonalarda hamda xoʻjalik yuritishning ilgʻor shakllari uchun soliq meʼyorlarining ragʻbatlantiruvchi rolini taʼminlash;

Soliq tushunchasi iqtisodiy kategoriya sifatida davlatning paydo bo’lishi va uning faoliyati davomiyligi bilan bevosita bog’liqdir. Shu o’rinda soliq kategoriyasi davlat iqtisodiy siyosati orqali iqtisodiy voqelik sifatida yuzaga chiqishini ta’kidlash lozim. Soliq tushunchasi tor ma’noda davlat ixtiyoriga soliq to’lovchilardan majburiy tartibda undiriladigan pul tushumlarini ifodalaydi. Soliqlarning amal qilishi bu ob’ektivlikdir, chunki jamiyatni tashkil etuvchi individlarning hammasi ham real sektorda (ishlab chiqarish sohasida) faoliyat ko’rsatmaydi. Jamiyatda boshqalar tomonidan rad etilgan yoki shug’ullanish iqtisodiy samarasiz bo’lgan sohalar ham mavjudki, bular soliqlarni ob’ektiv amal qilishini talab etadi. Aniqroq qilib aytganda jamiyatni norentabel (mudofaa, meditsina, fan, maorif, madaniyat va boshq.) va rentabel sohaga ajralishi hamda norentabel sohani moliyalashtirishning tabiiy zarurati soliqlarni ob’ektiv amal qilishini zarur qilib qo’yadi, norentabel sohaning ijtimoiy xizmatlari asosan davlat tomonidan amalga oshiriladiki, ularni moliyalashtirish usuli sifatida yuzaga chiquvchi soliqlar ham shu tufayli bevosita davlatga tegishli bo’ladi. Soliqlarning ob’ektiv zarurligini bozor iqtisodiyotiga o’tish sharoitida ikki holatda: birinchidan, davlatning qator vazifalarini mablag’ bilan ta’minlash zarurligi, ikkinchidan, bozor iqtisodiyoti qonun-qoidalari bilan ifodalash mumkin. Davlatning bajaradigan funktsiyalari va vazifalari ko’p bo’lib, bozor iqtisodiyoti rivojlana borishi bilan ba’zi ijtimoiy himoyalangan bozor munosabatlariga mos kelmaydigan vazifalar yo’qola borsa, yangi vazifalar paydo bo’la boshlaydi. Bozor iqtisodiyotiga o’tish davrida davlatning yangi vazifalari paydo bo’ladi. Bularga respublikamizda kam ta’minlanganlarga ijtimoiy yordam ko’rsatish, bozor iqtisodiyoti infratuzilmasini (sanoatda, qishloq xo’jaligida, moliya tizimida) tashkil qilish kiradi. Shu erda davlat kuchli ijtimoiy - siyosiy tadbirlarni amalga oshirish uchun pensionerlar, nafaqaxo’rlar, talabalar, ko’p bolali onalar va boshqalarni ko’proq mablag’ bilan ta’minlash zarurligini anglab cheklangan tovarlar bahosidagi farqni byudjet hisobidan qoplaydi va ularga boshqa xarajatlarni davlat hisobidan amalga oshiradi, mahallalarda kam ta’minlanganlarga moddiy yordamlar tashkil etadi. Shu bilan birga, O’zbekiston davlati jamiyat a’zolari osoyishtaligini saqlash maqsadida o’zining mudofaa qobiliyatini saqlab va mustahkamlab turishga, texnika va o’q-dorilarga ham mablag’lar sarflaydi, qolaversa, davlat fuqarolar xavfsizligini saqlash, mamlakatda tartib intizom o’rnatish, uni boshqarish funktsiyalarini bajarish uchun ham ko’plab mablag’ yo’naltirishga majbur. Bunday xarajatlarni amalga oshirishning majburiyligi ular uchun manba bo’lgan soliqlarni ham ob’ektiv zarur qilib qo’yadi.
Qayd etish lozimki, hozirga qadar davlatning funktsiyalarini bajarish uchun lozim bo’lgan moliyaviy mablag’larni shakllantirishning soliqlardan boshqa usuli jahon amaliyotida qo’llanilgan emas. Demak, hukmron kuch sifatida davlat mavjud ekan, moliyalashtirish usuli sifatida soliqlar ham amal qiladi. Ma’lumki, jamiyat iqtisodiy hayoti juda murakkab iqtisodiy hodisalardan iborat. Ana shu murakkablik bevosita soliqlarga ham tegishliki, bu holat soliqlarning iqtisodiy mohiyatini teran anglashni taqozo etadi.Soliqlar majburiy to’lovlarni ifoda etuvchi pul munosabatlarini bildiradi. Bu munosabatlar soliq to’lovchilar (huquqiy va jismoniy shaxslar) bilan ularni o’z mulkiga aylantiruvchi davlat o’rtasida bo’ladi. Korxona va tashkilotlar aholiga xizmat ko’rsatganda, ishlar bajargan yoki bozorlarda oldi-sotdi qilish jarayonida pul munosabatlarini hosil qiladi. Lekin ular soliq bo’la olmaydi, soliq munosabati bo’lishi uchun davlat mamlakatda yaratilgan mahsulot qiymatini taqsimlash yo’li bilan davlat byudjetiga majburiy tartibda to’lanishi yoki undirilishi lozim. Davlat uchun byudjetning asosiy manbai hisoblangan soliqlar katta ahamiyatga ega. Soliqlar, yig’imlar, bojlar va boshqa to’lovlar hisobiga davlat moliyaviy resurslari tashkil topadi. Davlat faoliyatining barcha yo’nalishlarini mablag’ bilan ta’minlashning asosiy manbalaridan biri va davlat ustuvorligini amalga oshirishning iqtisodiy vositasi soliqlardir. Soliq tizimini tartibga solish va mukammallashtirish samarali davlat iqtisodiy siyosatini olib borishga, xususan, moliyaviy tizimni rivojlantirishga yordam beradi. Iqtisodiyotni davlat tomonidan soliqlar orqali tartibga solish, davlat byudjetini shakllantirish, soliq solish vositasida jamiyatdagi u yoki bu jarayonlarning rivojlanishiga ta’sir etuvchi usuli hisoblanadi. Shunday qilib, davlatning mavjudligi soliqlar bilan uzviy bog’liq, chunki soliqdan tushadigan tushumlar davlat iqtisodiy mustaqilligining bosh manbaidir.
Soliqlar qadimgi davrlardan e’tiboran olingan, ammo u vaqtlarda soliqlar ozod va erkin bo’lmagan kishining belgisi bo’lib xizmat qilgan. Adam Smit (shotland faylasufi va iqtisodchisi, 1723-1790) o’zining «Xalqlar boyligining sabablari va tabiatlari» nomli kitobida (1776) ilk bor soliq tamoyillarini asoslab berdi, soliqlarning ahamiyatini yoritib, ularni davlatga to’lash qullik emas, balki erkinlik alomati ekanligini asoslab berdi. N.I. Turgenev o’zining «Soliq nazariyasi tajribasi» nomli kitobida (1818-yil) shuni ta’kidlaydiki, «Bilimli bo’lishning muvaffaqiyatlari ularning xalqlar urf odatlariga foydali ta’siri darajasiga qarab soliqlar tizimining takomillashuviga ham ta’sir etgan», soliqlar bilimga ega bo’lish bilan birga paydo bo’lib, uning belgisi bo’lib qoldi. Soliqlarning tayinlanishi, taqsimlanishi va yig’ilish usuliga qarab xalq orasida tarqalgan ma’lumotlar to’g’risida; yig’iladigan soliqlar miqdoriga qarab uning boyligi haqida fikr yuritish mumkin, bu bilimlilik va ma’rifatni anglatadigan ikki eng asosiy xususiyatdir» bu so’zlardan yana bir bor amin bo’lish mumkinki, soliqlar qadimiy moliyaviy institutlar hisoblanib, davlatning paydo bo’lishi bilan yuzaga kelgan. Soliqlar davlat organlarini ta’minlash va ular oldidagi vazifalarning bajarilishini moddiy ta’minlash manbai sifatida xizmat qilgan. Davlatning rivojlanishi bilan uning vazifa va funktsiyalari yangicha xususiyatlarga ega bo’ldi. Lekin soliqlarning davlatni va uning organlarini moliyalashtirishda manba sifatidagi roli o’zgarmay qoldi. Shu o’rinda soliqlarga turli iqtisodchilar tomonidan berilgan ta’riflarni keltirib o’tish o’rinlidir. «Soliqlar, - deb yozadi D. Rikardo, - hokimiyat ixtiyoriga kelib tushadigan er resursi va mamlakat mehnatining bir qismini tashkil etadi va oxir oqibatda ular kapital hisobidan yoki mamlakat daromadi hisobidan to’lanadi».1 Shuni alohida ta’kidlab o’tish lozimki, D. Rikardo soliqlar mohiyatini yoritib, o’z navbatida A. Smit tomonidan yaratilgan soliqlar nazariyasini ma’lum darajada rivojlanishiga o’zining hissasini qo’shgan. Soliqlar bo’yicha yana bir ta’rif S.G. Pepelyaev tomonidan berilgan: «Soliq - ommaviy hokimiyat sub’ektlarining to’lov qobiliyatini ta’minlash maqsadida jismoniy va yuridik shaxslar mulklarini begonalashtirishning majburiylik, yakka tarzda holisona, qaytarmaslik, davlatning majburlashi bilan ta’minlanganlik asoslarida va jazo yoki kontributsiya xarakteriga ega bo’lmagan qonunda belgilangan yagona shaklidir».
Hozirgi paytda iqtisodiy adabiyotlarda soliqlarning iqtisodiy mohiyatini o’rganishga bag’ishlangan qator ilmiy ishlar chop etilgan. Masalan, «Siyosiy iqtisod» izohli lug’atida soliqlar «…korxona, tashkilot va aholini, mamlakat moliyaviy resurslarini tashkil etishdagi ishtirokini xarakterlovchi majburiy to’lovlar tizimi» deb izohlanadi.Professor D.G.Chernikning fikricha «Soliqlar - davlat tomonidan xo’jalik sub’ektlari va fuqarolardan qonuniy tartibda o’rnatilgan stavkalarda undirib olinadigan majburiy yig’imlarni o’zida aks ettiradi». Professor B.G.Boldo’rev boshchiligida yozilgan «Kapitalizm moliyasi» o’quv qo’llanmasida soliqlarga quyidagicha ta’rif berilgan: «Soliqlar-davlat tomonidan undirib olinadigan, jismoniy va huquqiy shaxslarning majburiy to’lovlari»4 haqiqatan ham yuqorida keltirilgan ta’riflar eng sodda va keng omma uchun qulay va tushunarli bo’lishi mumkin. Lekin bu ta’riflar o’zida soliqlarning tashkiliy-huquqiy tomonlarini to’laligicha aks ettira olmaydi. Bundan tashqari, ushbu to’lovlar nima maqsadda undirib olinishi hamda qachon undirib olinishi to’g’risida etarli ma’lumotlar bera olmaydi. Soliqlar davlat byudjeti daromadlarini tashkil etuvchi asosiy manba va iqtisodiyotni boshqaruvchi muhim qurol hisoblanadi. Biroq bu ta’rif soliqlarning mohiyatini to’laligicha yorita olmaydi hamda soliqlarning tashkiliy-huquqiy tomonlarini o’zida aks ettira olmaydi. Bundan tashqari iqtisodiy munosabat sifatida, bu munosabatlar ob’ekti bo’lib nima hisoblanadi? degan savollarga javob bera olmaydi.
Shuni ta’kidlash kerakki, professor O.Olimjonovning fikriga ko’ra, soliqlar quyidagicha ta’riflansa, soliqlarning mohiyati kengroq yoritiladi va maqsadga muvofiq bo’ladi: «Soliqlar - davlat va jamiyatning pul mablag’lariga bo’lgan ehtiyojini qondirish maqsadida qonun tomonidan belgilab qo’yilgan hajmda va o’rnatilgan muddatda jismoniy va huquqiy shaxslardan davlat ixtiyoriga majburiy ravishda undirib olinadigan to’lovlardir».5 Bizningcha soliqlarga berilgan mana shu ta’rif eng maqbul ta’rif bo’lib, soliqlarning mohiyati, ularning iqtisodiyotdagi o’rni va rolini, soliqlarning xarakat jarayonini nazariy jihatdan chuqurroq yoritib, soliqlar haqida aniqroq tasavvur hosil qilishga yordam beradi. Soliqlarga olimlar tomonidan berilgan bir qancha ta’riflarni o’rganib chiqdik. Shu o’rinda bu ta’riflar ma’lum ma’noda bir-birini takrorlab, to’ldirib va boyitib kelmoqda. Yuqoridagi ta’riflar soliqlarni to’liq va aniq yoritish, ularning barcha jihatlarini batafsil qamrab olmaydi. Shuning uchun soliq toifasini har tomonlama, kengroq va batafsilroq, uning mohiyati va ahamiyatini, iqtisodiyotni rivojlantirishdagi roli va o’rnini, soliqlarni nazariy jihatlarini aniqroq yorita oladigan ta’rifni keltirish muammosi mavjuddir. Tarixan soliqlar, davlatni saqlab turish uchun zarur bo’lgan majburiy to’lovlar sifatida, davlat paydo bo’lishi bilan vujudga kelgan. Soliqlar, davlat faoliyat ko’rsatishining moddiy asosini tashkil etadi, ularning iqtisodiy tabiati xuddi shu erdan kelib chiqadi.Biz soliqlarning iqtisodiy mohiyatini to’liq tushunishimiz uchun, dastavval soliq so’zining tarixan mavjud bo’lgan iqtisodiy ma’nosini to’g’ri tushunib tahlil qilib olishimiz lozim.
Soliq tushunchasi - iqtisodiy munosabatlarda asosiy o’rinni egallaydi. Uning xarakterli tomoni shundaki - u tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanadigan yuridik va jismoniy shaxslardan ularga mulkchilik, xo’jalik yuritish yoki tezkor boshqaruv huquqida tegishli bo’lgan pul mablag’larini davlat va munitsipal tuzilmalarni moliyaviy ta’minlash maqsadida begonalashtirish shaklida undiriladigan majburiy, yakka tartibdagi qaytarib berilmaydigan to’lovlarni aks ettiradi, ya’ni soliq - davlat tomonidan xo’jalik yurituvchi sub’ektlar va fuqarolardan majburiy qonuniy tartibda belgilangan stavkalar bo’yicha, soliq to’lovchining bundan biron bir muayyan manfaat ko’rishi bilan bevosita bog’lanmagan tarzda undiriladigan pul yig’imi. Hozirgi vaqtda soliqlar vositasida davlat daromadlarining asosiy qismi shakllantiriladi. Bozor munosabatlarining shakllanishi davrida soliqlar korxonalarning iqtisodiy faoliyatini tartibga solishning bilvosita quroli hisoblanadi.
Jamiyat rivojlanishi tarixida hali birorta davlat soliqlarsiz mavjud bo’lgan emas. Bozor iqtisodiyotida ham davlat o’zining ichki va tashqi vazifalarini, har xil ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun zarur bo’lgan mablag’larning asosiy qismini soliqlar orqali to’playdi. Jumladan, soliqlar respublika va mahalliy byudjetlar daromadlarini shakllantiradi, davlat ijtimoiy dasturlari uchun moliyaviy negiz yaratadi, soliq to’lovchi shaxslarning tadbirkorlik faoliyatini boshqaradi, ularning tabiiy resurslardan unumli foydalanishga bo’lgan intilishini rag’batlantiradi, narx belgilashga ta’sir ko’rsatadi, aholining turmush darajasini tartibga solib turadi. Imtiyozlar yordamida aholining kam ta’minlangan qatlamlarini ijtimoiy himoya qilishni tashkil etishga yordam beradi va hokazo. Shuning uchun soliqlar orqali shakllangan mablag’larning eng kam miqdori davlat vazifasi bajarilishiga taalluqli eng kam harajat hajmi bilan bog’liq bo’ladi va shu hajm bilan chegaralanadi.
Soliqlar rivojlangan tovar ishlab chiqarishning muhim kategoriyasi bo’lib, albatta yanada kengroq kategoriya - davlat byudjeti bilan chambarchas bog’langan. Chunki soliqlar byudjetning shakllanishida ishtirok etadi. Soliqlar moliyaviy resurslarni davlat ixtiyorida to’planib borishini ta’minlaydi, bu resurslardan iqtisodiy rivojlanishning umumdavlat, mintaqaviy vazifalarni hal qilish, ishning samaradorligi va sifatini rag’batlantirish, ijtimoiy adolat tamoyillaridan kelib chiqib daromadlarni tartibga solish uchun foydalaniladi. Davlat soliqlarni davlat byudjetini shakllantirish uchun amalga kiritadi, soliqlar birorta aniq xarajatlarni qoplash maqsadiga ega emas, bu ayrim turdagi daromadlardan tushadigan tushumlardan amalga oshiriladigan xarajatlar ularga bog’liq bo’lib qolishining oldini olish zarurati bilan asoslangan. Biroq bir qancha hollarda umumiy soliqlar bilan birga maqsadli soliqlar ham belgilanadi, ularning amalga kiritilishi iqtisodiy faoliyatda ijobiy rol o’ynashi mumkin.



    1. Yüklə 0,51 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə