Buxoro davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti kimyo kafedrasi



Yüklə 1,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/30
tarix29.09.2023
ölçüsü1,55 Mb.
#124941
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   30
77e4bdd36bbc099a9e608bda1f9f1862 Табиий ва синтетик полимерлар асосида биологик парчаланадиган композитсион материаллар яратиш.

Olinishi.
Metallar birikmalaridan ajratib olish bilan metallurgiya 
shug’ullanadi. Metallurgiyaning asosiy vazifalari metallarni birikmalaridan 
qaytarish va metallarni boshqa moddalardan ajratishdan iborat. Metallarni 
birikmalardan olish uchun turli usullar qo’llaniladi. Sanoatda metallarni olish 
usulining barchasi oksidlanish-qaytarilish reaksiyalariga asoslangan bo’lib, hozirgi 
kunda quyidagi usullardan foydalaniladi: 
-Pirometallurgiya usullar 
-Gidrometallurgik usullar 
-Elektrotermik usullar 
Pirometallurgiya usullarda metallarni olish yuqori haroratlarda metall 
birikmalarini bevosita termik ishlovdan o’tkazishga (passiv metallarni olish) yoki 
uglerod, uglerod (II) oksid, Al, Si yoki vodorod yordamida metall oksidlarini 
qaytarishga asoslangan. 
ZnO + C → Zn + CO 
Cr
2
O

+ 2Al → Al
2
O

+ Cr 
Fe
3
O

+4CO → 3Fe + CO

3BaO + Si → BaSiO
3
+ 2Ba 
WO
3
+ 3H
2
→ W + 3H
2

2HgO → 2Hg + O

Bu usullar yordamida polat va cho’yan olinadi. 
Gidrometallurgik usullarda metallar olish ularning birikmalarini eritmaga 
o’tkazib,yuqori haroartlarsiz, elektroliz yordamida yoki boshqa metallar ta’sir 
ettirib qaytarishga asoslangan: 
2.2. 1-rasm


30 
CuO + H
2
SO

→ CuSO
4
+ H
2

CuSO
4
+ Fe → FeSO
4
+ Cu 
Bu usullar yordamida oltin, kumush, rux, uran va boshqa metallar olinadi.
 
Ishlatilishi. 
Metallar xalq xo’jaligining barcha sohalarida ishlatiladi. Inson hayotiy 
faoliyati uchun foydalanish darajasi bo’yicha metallar oldingi o’rinlarda turadi. 8-
rasmda oddiy yoritish lampochkasida ishlatiladigan metallar ko’rsatilgan. 
Metallar kimyoviy reaksiyalarga elektronlar donorlari sifatida kirishadi, 
birikmalarda yoki eritmalarda musbat 
zaryadli 
ionlar hosil qiladi. Metalllarning 
elektromanfiyligi 
metallmaslarning 
elektromanfiyligidan 
pastroq boʻladi. 
Koʻpchilik metallar vodorod, galogenlar, xalkogenlar bilan faol reaksiyaga 
kirishadi. Ishqoriy va ishqoriy yer metallar suv bilan oddiy temperaturalarda, rux 
va temir kabi metallar esa suv bugʻi bilan yuqori temperaturalarda reaksiyaga 
kirishadi. Azot bilan qator metallar, litiy xona temperaturasida, magniy, sirkoniy, 
gafniy, titan esa qizdirilganda reaksiyaga kirishadi. Metall oʻziga qaraganda aslroq 
metallni oʻsha metall tuzi eritmasidan siqib chiqaradi. Bir metallni boshqa metallar 
ularning birikmalaridan siqib chiqarish qobiliyatini rus olimi N.N.Beketov batvsil 
o’rgangan. Bu xossalarga asoslanib, barcha metallar quyidagicha joylashadi. 
Hozirgi vaqtda bu qator metallarning elektrokimyoviy kuchlanish qatori yoki 
metallarning standart elektrod potensiallari qatori deb ataladi.[14] 

Yüklə 1,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə