Buxoro davlat universiteti



Yüklə 90,74 Kb.
səhifə13/13
tarix22.12.2022
ölçüsü90,74 Kb.
#97571
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
«turizm va mehmonxona xo‘jaligi» kafedrasi «Turizm va mehmondorc

GLOSSARIY
An’anaviy uy egasi – uning asosiy muammosi bo’lib, tez o’zgarayotgan zamon bilan birga boraolmayotganligidir. Eski urf-odatlarga molik va boshqa odamlardan ham shuni kutadi. Har bir ishlatilgan pulidan maksimal daromad olishga harakat qiladi. Hech qachon kreditga harid qilmaydi. Tavakkalchilik bilan bog’liq barcha ishlardan uzoqroq yurishga harakat qiladi. Komediyalarni yaxshi ko’radi. Dunyodagi so’nggi yangiliklar haqida faqat televizor orqali xabardor bo’lishni afzal ko’radi.
Aniq bir maqsad sari intiluvchan faol shaxs-o’zida barcha mahoratini va energiyasini kasbi bo’yicha ko’tarilish uchun ishga soladi va o’z ishiga katta qiziqish bilan qaraydi.
Bozor segmentatsiyasi - iste’molchilarning talablarini birlashtiruvchi xarakterga ega bo’lgan bozor qismlarini tushunamiz.
Individual turizm xizmat bozori-ushbu holatda turistlar yakka tartibda o’z marshrutlarini mustaqil belgilaydilar, zaruriy hollarda transport xizmati va mehmonxonada joylashish uchun buyurtmalar beradilar.
Ijtimoiy mezonlar-bu turistlarning yoshi, jinsi, kasbi-turistlar doimiy yashaydigan aholi punktining kattaligi, oila a’zolarining soni, turistlarga xizmat ko’rsatuvchilar, oilasining tarkibi, millati, diniy aqidalari, oilasining umumiy va har biriga to’g’ri keladigan daromadi, oilada transport vositasining bor yoki yo’qligi.
Ishbilarmonlar davrasi a’zosi – aniq bir maqsad sari intiluvchan faol shaxsdan farqli o’laroq qimmatli ta’til uchun o’zida ko’proq mablag’ga ega. Doimiy turar joyi va o’zining oilasi bo’lganligi uchun uzoq masofaga ketishni xohlamaydi. U ishbilarmonlar jurnali, gazetalar o’qiydi va qisqa sayohat, tabiat va axborotlar to’g’risidagi ko’rsatuvlar muxlisi.
Ko’k yoqaliklar – uncha katta bo’lmagan shaharlarda yoki katta shaharlarning atrofida, chetlarida turadilar, tabiatning kelajagi to’g’risida qayg’uradilar (vatanparvarlik hissi). Oilasi bilan palatkalarda dam olishni ajoyib deb biladi. Baliq ovlashni yaxshi ko’radi.
Mashhur turizm xizmat bozori-bir muncha kamchiliklardan iborat turistlardan tashkil topgan bo’lib, qimmatroq, inklyuziv turlar, ya’ni yuqori darajadagi servis va qimmatbaho mehmonxonalardan iborat, shuningdek sayohat davrida istaklariga qarab qo’shimcha xizmatlar uchun haq to’lanadi.
Ommaviy turizm xizmat bozori-katta guruhlardan iborat sayohat qiluvchi asosiy turistlar massasini o’z ichiga qamrab oladi. Bunday turlarning xaridorlari ilgari kelishilgan dasturlar, xizmat va ko’ngil-ochar tadbirlar, hamda oldindan to’lab qo’yilgan xizmatlarning standart jamlanmasiga rozi bo’lgan kishilardir.
Psixologik o’zini idora qilish segmentatsiyasi (yo’nalish tartibini o’zi belgilaydi) -bunda iste’molchilar yashash tarzi va maqsadli yo’nalishlari, ya’ni ularning bo’sh vaqtini belgilash tartiblari, shaxsiy tavsiflari bo’yicha guruhlarga bo’linadi.
«Turizm xizmatlar bozori» fanining asosiy maqsadi iqtisodiyotni modernizatsiya qilish sharoitida turizm xizmat bozorining iqtisodiy tashkiliy mexanizmini shakllantirish va rivojlantirishning nazariy va amaliy jihatlarini o’rganishdan iborat.
Turistlik xizmatlar deb turistlarning sayohat va doimiy yashash joyidan tashqarida bo’lishlari vaqtida ularga mahsulotlar va xizmatlarni harid qilishda turli qulayliklarni ta’minlovchi barcha faoliyatlarning yig’indisiga ataladi.
Birlashgan millatlar tashkilotida (BMT) qabul qilingan turizmning dastlabki ta’rifi quyidagicha bo’lgan: «Sog’liqni mustahkamlash va insonning jismoniy rivojlanishiga ta’sir o’tkazadigan, doimiy yashash joyini almashtirish bilan bog’liq bo’lgan faol xordiq olish».
Turist – jismoniy shaxsning doimiy istiqomat joyidan sog’lomlashtirish, ma’rifiy, kasbiy-amaliy yoki boshqa maqsadlarda borilgan joyda (mamlakatda) haq to’lanadigan faoliyat bilan shug’ullanmagan holda uzog’i bilan bir yil muddatga jo’nab ketishi (sayohat qilishi) deb belgilangan(O’zbekiston Respublikasining “Turizm to’g’risida”gi qonuni).
Turizm xizmat bozori – xo’jalik yurituvchi sub’ekt (turoperator, turagent) yaratgan mahsulotni harid qilish imkoniyatiga va ehtiyojiga ega bo’lgan iste’molchilar faolligini yuzaga keltiruvchi makondir.
Turizm xizmat bozori – turizm mahsulotlarini sotuvchi va haridorlar uchrashadigan hudud bo’lishdan tashqari, ushbu sub’ektlar maqsadlarini muvofiqlashtiruvchi vosita, turistik mahsulot tarqalishini ta’minlovchi, ushbu mahsulotni yaratuvchi va xarid qiluvchilar iqtisodiy munosabatlari faollashadigan maydondir.
Turoperator – bu turistik marshrutlarni va turlar komplektatsiyasi (bo’tligi)ni ishlab chiqish bilan shug’ullanuvchi turistik tashkilotlar bo’lib, ularni amal qilishini ta’minlaydi, reklamani tashkil etadi amaldagi me’yorlarga mosligini hisoblaydi hamda, belgilangan tartibda mazkur marshrutlar bo’yicha narxlarni tasdiqlaydi, o’z litsenziyalari orqali va realizatsiya qilish uchun turagentlarga turlarni sotadi.
Turagent-turoperator tomonidan ishlab chiqilgan turistik marshrutlar bo’yicha turlarni xarid qiluvchi xo’jalik (yurituvchi) sub’ekti yoki individual (shaxsiy) tadbirkor bo’lib hisoblanib ular bo’yicha putyovka (yo’lanma)lar ishlab chiqardi va bu putyovkalarni bevosita turistlarga realizatsiya qiladi. (sotadi).
Turistik bozor xajmi – bu turistik mahsulotning u yoki bu miqdordagi “to’yintirish” qobiliyatdir ya’ni, amaldagi narx va takliflarda turistik – suvenir maqsadlari uchun tovarlar, turizm xizmatlari, alohida turlarni realizatsiya qilishining mumkin bo’lgan hajmi.
Turistlik talab deganda-to’lash imkoniyatiga ega bo’lgan aholining turmahsulotga bo’lgan talabi tushiniladi.
Turistlik taklif-bu turmahsulot ishlab chiqaruvchining bozorga talab qilinadigan aniq turmahsulotni etkazib berish uchun ideal tayyorgarlik va aniq imkoniyatga ega bo’lishi tushuniladi.
Hayotdan lazzat izlovchi shaxs- bir xil ishni bajaruvchi va toza havoda haqiqiy faoliyat turlaridan qoniqish hosil qilishni istovchi shaxs.
Foydalaniladigan adabiyotlar ro’yxati
Asosiy adabiyotlar
1. O‘zbekiston Respublikasining «Turizm to‘g‘risidagi qonuni». Xalq so‘zi gazetasi 14.09.1999.
2. Энджейчик И. Современный туристкий бизнес. - М.: Финансы и статистика, 2003. –320 с.
3. Жукова М.А. Менеджмент в туристком бизнесе: учебное пособие. - 2-е изд.,стер. - М.: КНОРУС, 2006. – 193 с.
4. Запесоцкий А.С. Стратегический маркетинг в туризме. Теория и практика. -СПб.: СПбГУП, 2003. – 334 с.
5. Kamilova F.K. Xalqaro Turizm bozori. O‘quv qo‘llanma. T.: TDIU 2007. – 192 b.
6. Тухлиев Н., Абдуллаева Т. Формальности системи Туризма Республики Узбекистана. - Т.: Гос.науч.изд-во Ўзбекистон миллий энциклопедияси, 2007. –374 с.
7. Tuxliyev I.S., R.Hayitboyev, B.Sh.Safarov, G.R.Tursunova “Turizm”. Darslik. T.: “Fan va texnologiya”, 2014 y.–389 b
8. Tuxliyev I.S., Qudratov G‘.X., Pardayev M.Q. Turizmni rejalashtirish. Darslik. – T.: “Iqtisod-moliya” nashriyoti. 2010. – 238 b.
Qo‘shimcha adabiyotlar:

  1. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi. 2018 yil 28 dekabr. Toshkent shahri.

  2. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi “O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasi to’g’risida” gi PF-4947-sonli Farmoni. O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to’plami, 2017 y., 6-son, 70-modda

  3. «O‘zbekiston Respublikasining turizm sohasini jadal rivojlantirishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida» 2016 yil 2 dekabrdagi PF-4861-sonli Prizedent farmoni // “Lex.uz”.

  4. «O‘zbekiston Respublikasi turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida» 2016 yil 2 dekabrdagi PQ-2666-sonli Prizedint qarori//“Lex.uz”.

  5. Turizm faoliyatini litsenziyalash tartibi to‘g‘risidagi nizom// “Lex.uz”, Toshkent sh., 2017 yil 6 aprel, 189-sonli qarori

  6. Mirziyoev Sh.M. Tanqidiy tahlil, qatiy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik – har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lishi kerak. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Makamasining 2016 yil yakunlari va 2017 yil istiqbollariga bag‘ishlangan majlisidagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining nutqi. // Xalq so‘zi gazetasi. 2017 yil 16 yanvar, №11

  7. Mirziyoyev Sh.M. Erkin va farovon demokratik O‘zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. Toshkent, “O‘zbekiston” NMIU, 2017. – 29 b.

  8. Mirziyoyev Sh.M. Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi. “O‘zbekiston” NMIU, 2017. – 47 b.

  9. Mirziyoyev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. “O‘zbekiston” NMIU, 2017. – 485 b.

  10. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi to‘g‘risida” gi PF-4947-sonli Farmoni. O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017 y., 6-son, 70-modda

  11. Kotler, Bowen & Makens (2006), Marketing for Hospitality and Tourism 4th ed, Pearson Education, Inc, 2006.

  12. Charles A. Goeldner, J.R. Brent Ritchie. Tourism PRINCIPLES, PRACTICES, PHILOSOPHIES, New Jersey, John Wiley & Sons, 2012. – 514p.

  13. Tuxliyev I.S., Bektemirov A.B., Usmanova Z.I. Turizmda strategik marketing. O‘quv qo‘llanma. - S.: SamISI, 2010. – 144 b.

Internet saytlari:
1. http://lex.uz
2. www.ziyonet.uz
3. http://www.mail.tdiu.uz
4. http://www.el.tfi.uz
5. http://www.sies.uz
6. www.world-tourism.org
7. www.wttc.org


Yüklə 90,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə