Buxoro davlat universiteti


O‘zbekistonda turistik xizmatlar marketingiga globallashuv jarayonining ta’siri



Yüklə 90,74 Kb.
səhifə10/13
tarix22.12.2022
ölçüsü90,74 Kb.
#97571
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
«turizm va mehmonxona xo‘jaligi» kafedrasi «Turizm va mehmondorc

2.2.O‘zbekistonda turistik xizmatlar marketingiga globallashuv jarayonining ta’siri


O‘zbekiston Respublikasida turizmni tezkor rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida farmon imzolandi.
"O‘zbekiston Respublikasida turizmni tezkor rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi farmon prezident Shavkat Mirziyoev tomonidan imzolandi.
Mazkur farmonga binoan, mamlakatda 1-fevralidan e’tiboran 45 davlat fuqarolari uchun Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kirgan kundan eʼtiboran 30 kunlik muddatga vizasiz rejim belgilanadi.
Shu bilan birga, 76 davlat fuqarolari uchun viza rejimi soddalashtiriladi. Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Tashqi ishlar vazirligi va Davlat xavfsizlik xizmatining 2019 yilning 1 fevralidan elektron kirish vizasi oluvchi mamlakatlar ro‘yxatini kengaytirish, 15 martdan esa 30 kun davomida amal qilinuvchi elektron vizalar turlari (ikki martalik, konsullik yigʻimi 35 AQSH dollari miqdorida; Koʻp martalik, konsullik yigʻimi 50 AQSH dollari miqdorida) tizimini joriy qilish, shuningdek alohida xorijiy fuqarolar guruhlariga qo‘shimcha vizalar toifasini yo‘lga qo‘yishga oid takliflari qabul qilindi.
106 mamlakat fuqarolariga O‘zbekistonda turar-joy sotib olish huquqi taqdim etiladi. Buning uchun ushbu davlatlar fuqarolari O‘zbekiston hududlaridan muayyan summadagi ko‘chmas mulk inshootlarini xarid qilishlari kerak bo‘ladi.
Xorijiy mamlakatlar fuqarolariga Oʻzbekiston Respublikasida yashash guvohnomasini olish huquqi berilishi uchun quyidagi shartlarga amal qilish talab qilinadi.
Toshkent viloyati va Toshkent shahrida – 400000 AQSH dollari ekvivalentidan kam boʻlmagan miqdorda;
Samarqand, Buxoro, Namangan, Andijon, Fargʻona va Xorazm viloyatlarida –
200000 AQSH dollari ekvivalentidan kam boʻlmagan miqdorda;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va respublikaning boshqa viloyatlarida – 100000 AQSH dollari ekvivalentidan kam boʻlmagan miqdorda koʻchmas mulkni sotib olgan taqdirda xorijiy mamlakatlar fuqarolariga Oʻzbekiston Respublikasida yashash guvohnomasini olish huquqi beriladi.
O‘zbekistonning logistik jozibadorligini tubdan yaxshilash hamda mahalliy aeroportlardagi parvozlarga xorijiy aviakompaniyalarni jalb qilishga doir ishlarni muvofiqlashtiruvchi Ishchi guruhi tuziladi.
Uch oy ichida respublika transport tizimi yagona elektron portali yaratiladi, u blokcheyn texnologiyalari asosida reyslar (avtobus, avia- va temir yo‘l) qulayligini inobatga olgan holda chiptalar sotuvini amalga oshiradi. Hujjat ijrosi nazorati O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.Aripov, Prezident ma’muriyati rahbari Z.Nizomiddinov, Prezident huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi V.Mahmudov va Bosh vazir o‘rinbosari A.Abduhakimovlar zimmasiga yuklanadi. O‘zbekistonda turizm iqtisodiyotning strategik sektoriga aylantiriladi. Bu O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2 dekabrdagi «O‘zbekiston Respublikasi sayyohlik sohasini rivojlantirishni tezlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmonida ko‘zda tutilgan. Farmon mamlakat iqtisodiyotining strategik tarmog‘i sifatida turizmni jadal rivojlantirish uchun qulay iqtisodiy va tashkiliy-huquqiy shart-sharoitlar yaratish, hududlarning ulkan turizm salohiyatidan yanada to‘liq va samarali foydalanish, turizm tarmog‘ini boshqarishni tubdan takomillashtirish, milliy turizm mahsulotlarini yaratish va ularni jahon bozorlarida targ‘ibot qilish, turizm sohasida O‘zbekistonning ijobiy qiyofasini shakllantirishga yo‘naltirilgan.
"Turizm sohasida ulkan imkoniyatlar mavjudligiga qaramay, O‘zbekistonning turizm infratuzilmasi, turizm xizmatlari sifati va uning darajasi, shuningdek tarmoqni boshqarish tizimi globallashuv va keskin raqobat sharoitida zamonaviy talablarga mos kelmaydi. Turizmning mamlakat iqtisodiyotiga qo‘shayotgan hissasi, xizmat ko‘rsatish sohasini rivojlantirish va aholini ish bilan ta’minlash jahondagi o‘rtacha ko‘rsatkichlardan orqada qolmoqda", deyilgan farmon sharhida.
Farmonda turizm sohasida davlat siyosatining sifat jihatdan yangi bosqichga o‘tishini belgilab beradigan ushbu tarmoqni tubdan isloh qilish bo‘yicha misli ko‘rilmagan chora-tadbirlar nazarda tutiladi, quyidagi asosiy maqsadli vazifalar va ustuvor yo‘nalishlar belgilanadi:

    • turizm industriyasi subyektlari faoliyati uchun qulay shart-sharoitlarni shakllantirish, turizmni rivojlantirishdagi barcha to‘siq va g‘ovlarga barham berish, viza va ro‘yxatdan o‘tkazish tartib-taomillarini, pasport va bojxona nazoratini soddalashtirish;

    • turizm xizmatlarini tashkil etishda turistlar va ekskursantlarning hayoti

va sog‘lig‘i xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish;

    • turizmning yangi salohiyatli turlari – ziyorat qilish, ekologik, ma’rifiy, etnografik, gastronomik, sport, davolash-sog‘lomlashtirish, qishloq, sanoat, ishbilarmonlik, bolalar, yoshlar va oilaviy turizmni jadal rivojlantirish;

    • turizm sohasida xalqaro va milliy tashkilotlar, yirik xorijiy brendlar va kompaniyalar bilan hamkorlikni kengaytirish, turizm xizmati ko‘rsatishning ilg‘or jahon sifat standartlarini joriy etish;

    • respublika mintaqalarida turizm infratuzilmasining zamonaviy obyektlari, eng avvalo mehmonxonalar, transport-logistika tuzilmalari, muhandislik- kommunikatsiya infratuzilmasini jadal rivojlantirish, ushbu maqsadlar uchun xorijiy investitsiyalarni keng jalb etish;

    • raqobatbardosh turizm mahsulotlarini ishlab chiqish, mintaqalarda yangi turizm yo‘nalishlarini yaratish, ularni jahon turizm bozorlariga olib chiqish;

    • turizm tarmog‘i uchun malakali kadrlarni sifatli tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish.

Davlat siyosatini samarali amalga oshirish, yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan maqsadli vazifalar hamda ustuvor yo‘nalishlarni tashkil qilish va muvofiqlashtirish maqsadida O‘zbekston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tashkil etildi, uning mintaqalarda bo‘limlari va vakolatli vakillari faoliyat olib boradi.
Shuni alohida qayd etib o‘tish kerakki, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining faoliyati eng avvalo nazorat va ma’muriyatchilik vazifalarini amalga oshirishga emas, balki turizm sohasidagi tadbirkorlik faolligini kuchaytirishga butun choralar bilan ko‘maklashishga, turizmni rivojlantirishga to‘sqinlik qilayotgan barcha g‘ovlar va to‘siqlarni bartaraf etishga, turizm xizmatlari bozorida raqobatni rivojlantirishga yo‘naltiriladi.
Farmonda turizm sohasida litsenziya berish, sertifikatlashtirish hamda boshqa ruxsatnomalar berish tartib-taomillarini takomillashtirishga qaratilgan davlat tomonidan boshqariladigan bir qator prinsipial yangi mexanizmlar belgilab qo‘yildi.
Jumladan, 2017 yilning 1 yanvaridan boshlab turizm faoliyatiga litsenziya berish vazifasi Vazirlar Mahkamasidan yangi tashkil qilingan davlat qo‘mitasiga o‘tkaziladi, bunda mehmonxonalar va odamlar yashaydigan boshqa joylarning litsenziya olishlari to‘g‘risidagi talab bekor qilinadi. O‘z navbatida 2018 yildan boshlab xorijiy turistlarga xizmat ko‘rsatishga ixtisoslashgan umumiy ovqatlanish korxonalari va avtotransport korxonalarini xorijiy turistlarning hayoti va sog‘lig‘i xavfsizligini ta’minlash maqsadida majburiy sertifikatlash joriy etiladi.
Taklif etilayotgan turistik marshrutlarga e’tibor beradigan bo‘lsak, chet ellik turistik tashkilotlar tomonidan eng katta qiziqish Toshkent– Samarqand– Buxoro– Urganch – Toshkent ekskursiya-tanishuv marshrutiga bildirilmoqda. Ushbu yo‘nalish O‘zbekistonning eng muhim tarixiy yodgorliklari bilan tanishish, milliy an’analar va udumlarni kuzatish hamda qadimiy shaharlar hayotiga qo‘shilish imkoniyatini beradi. Keyingi yillarda SHahrisabz va Termezga ham keluvchi turistlar soni ham ortib bormoqda. Turoperatorlarning fikrlaricha, Termez tarixiy-arxeologik markaz sifatida shuhrat topgan.
Xalqaro bozorda O‘zbekiston o‘z turistik mahsulotini «Buyuk Ipak Yo‘li» reklamasi orqali ham sotadi. Bu loyiha bo‘yicha eng ko‘p sotiladigan turlar quyidagilar bo‘lishdi:

  • Toshkent – Samarqand – Buxoro – Urganch - Toshkent;

  • Toshkent – Samarqand – SHahrisabz – Buxoro – Urganch -Toshkent.






















Yüklə 90,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə