Buxoro davlat universiteti



Yüklə 90,74 Kb.
səhifə12/13
tarix22.12.2022
ölçüsü90,74 Kb.
#97571
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
«turizm va mehmonxona xo‘jaligi» kafedrasi «Turizm va mehmondorc

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • Xulosa
Turmahsulot reklamasining murakkabligi shundaki, u bir vaqtning o‘zida qator turli xil jihatlarni aks ettirishi lozim:

  • talabning bozor segmentlari bo‘yicha takliflarning turli-tumanligi (masalan, yosh bolalardan boshlab, o‘rta sinf vakillariga qadar va VIP-turistlar uchun);

  • sayohat va safarlar joylarining farqlari (masalan, an’anaviy yo‘nalishlar - Turkiya, Kipr, Italiya, Ispaniya, Marokko, Bali, Keniya va hokazo kabi yangi yo‘nalishlar);

  • turizmning turli ko‘rinishlari (sport, tarixiy, sog‘lomlashtirish va boshqalar).

Ko‘pincha, bir reklama axborotida mahsulotni harakatlantiruvchi har uchala tashkil qiluvchini ham hisobga olish talab qilinadi (yo‘nalish, safarlar ko‘rinishlari va iste’molchilar kategoriyalari bo‘yicha ajratilgan takliflar).
Bunda reklamaning quyidagi asosiy prinsiplarini hisobga olish zarur:

  • reklama qisqa bo‘lishi lozim, aks holda u oxirigacha qabul qilinmaydi;

  • reklama mijozlarga tushunarli bo‘lishi kerak, chunki ongli qabul qilingan narsalar odatda xotirada ko‘proq saqlanib qoladi;

  • axborotning boshidagi va oxiridagi xabarlar axborotning o‘rtasida keltiriladigan ma’lumotlarga qaraganda yaxshi esda qoladi. Reklama axboroti maketi va matnini tuzishda asosiy ma’lumot bilan boshlab, u bilan tugatish uchun uni oldindan ajratib olish lozim;

  • ma’lumotlar odatiy tushunchalarga, ishonchlar, fikrlarga zid bo‘lmasa, yengil qabul qilinadi va yaxshi eslab qolinadi;

  • jamiyat hayotining asosiy tendensiyalari ruhiyatini ham hisobga olish zarur. Buning uchun aholi ichida ijtimoiy so‘rovlar, ya’ni marketing tadqiqotlarini o‘tkazish kerak. Faqat shu orqali mijozlarga nima yoqishini bilib olish mumkin.

Turistik firmadagi reklama bo‘yicha taktik qarorlar o‘z ichiga 3 blok savollarni oladi:

  • reklama vositalari yoki reklama tashuvchilarni tanlash;

  • reklama e’lonlariga to‘lovlar va harajatlarni nazorat qilish;

  • reklama murojaatnomalarining chiqish grafigi.

Bu holda asosiy vazifa nisbatan samarali va tejamli reklama vositasini tanlash hisoblanadi. Bunda ma’lumot manbaasini izchil o‘rganish zarur, ya’ni iste’molchilar tanlashi mumkin bo‘lgan mamlakat, mintaqa, turistik marka yoki kurort haqidagi ma’lumotlarni qayerdan olish mumkinligini aniqlash kerak.
Reklama vositalari juda ham turli-tuman bo‘lishi mumkin. Turizm reklamasi ko‘pincha quyidagi vositalardan foydalanadi: matbuot, televideniye, radio, videoroliklar, pochta jo‘natmalari, transport, sotish joylaridagi reklama doskasi, tashqi va suvenir reklamalari va hokazo.
Reklama vositalarini o‘rganish va tanlash auditoriya, tiraj, qamrab olish doirasi, takrorlanish darajasi kabi tushunchalar bilan bog‘liq.
Auditoriya - mazkur reklama tashuvchisi reklama axborotini yetkazadigan shaxslar guruhi. Auditoriyani baholash kriteriysi, masalan gazeta uchun - ma’lum vaqt oralig‘ida uni ko‘rishi mumkin bo‘lgan odamlar soni hisoblanadi.
Tiraj - reklama tashuvchilarning (gazeta, jurnal, spravochniklar va hokazo) muntazam chiqariladigan nusxalari miqdori.
Qamrab olish doirasi - ma’lum vaqt oralig‘ida ushbu reklama tashuvchisi bilan munosabatda bo‘lgan alohida odamlar yoki oilalar sonidir. Qamrab olish doirasi ma’lum turistik bozorni tashkil qiluvchi barcha odamlar yoki oilalar soniga nisbatan foizlarda ifodalanadi. Televideniyeni oladigan bo‘lsak, "qamrab olish doirasi" tushunchasi TV bilan 4 hafta mobaynida munosabatda bo‘lgan oilalar sonini bildiradi.
Takrorlanish darajasi - ma’lum vaqt oralig‘ida reklamani joylashtirishning ma’lum grafigi doirasida turli odamlar va oilalarni qamrab olish miqdori. Takrorlanish darajasi qanchalik yuqori bo‘lsa, shunchalik o‘zoq vaqt davomida reklama qilinayotgan turmahsulot xotirada saqlanib qoladi.
Reklama vositalarini tanlash. Har bir alohida holatlarda reklama tashuvchilar samaradorligi va zaruriyati aniqlanadi va yuqorida keltirilgan tushuncha hamda ta’riflar asosida potensial turistlarga u yoki bu ommaviy axborot vositalari orqali reklama murojaatlari chiqarish maqsadga muvofiqligi ko‘rib chiqiladi.
Reklama kompaniyasi uchun to‘lovlarni amalga oshirish uchun turistik firmada quyidagi ko‘rsatkichlarni birlashtirib turadigan harajatlar smetasi tuziladi:

  • reklama assignovaniyalari summasi;

  • reklama tadbirlari hajmi;

  • reklama vositalari yoki reklama tashuvchilarda nashr qilish uchun tarif stavkalari (yoki narxlar).

Reklama nashrlarining narxlari yoki tariflari harakatchan hisoblanadi va buyurtma shartlari ta’sirida sezilarli darajada arzon bo‘lishi mumkin. Bunday sharoitlarda reklama tashuvchilarda reklama nashrlari uchun narxlar va tarif stavkalarini bilish va ulardan mohirona foydalanish turizm reklamasi bilan shug‘ullanadigan xodimlar uchun ahamiyatli talab hisoblanadi.
Gazetalarda reklama qiymatini hisoblash birligi qator (yoki agat) hisoblanadi. Matbuotdagi turli tijorat reklamalari narxlarini solishtirganda, ularni umumiy mahrajga, ya’ni, "bir nusxadagi bir qator uchun" narxiga keltiriladi.
To‘laligicha moliyalashtirilganda bir reklama beruvchi dasturni sotib oladi va foydalanadi. Navbat bilan moliyalashtirishda esa dasturni, harajatlarni navbat bilan ko‘taradigan ikki reklama beruvchi sotib oladi. Hissaviy moliyalashtirishda ikki yoki bir necha reklama beruvchi dasturni sotib olishadi va dasturning alohida qismlaridan foydalanishadi. Televideniya bo‘yicha reklama tariflari ko‘rsatuv vaqti va dastur mazmuniga ko‘ra turlicha bo‘lishi mumkin. TVdan farqli ravishda radiostansiyalar sutkaning qaysi vaqtida reklama berilishidan qat’iy nazar yagona tarif bo‘yicha haq oladilar.
Nashrlar grafigi ommaviy axborot vositalarida reklama e’lonlarining chiqarilish sanalarini va muddatlarini ko‘zda tutadi. Turizmda bu muddatlar turistik sayohatlarning ravshan tasvirlangan mavsumiyligi bilan, shuningdek, turistik firmalarning keyingi yil uchun turistik sayohatlarni bron qilishning ommaviy talabnomalarini qabul qilishda kuzgi-qishki an’ana bilan muvofiqlashadi.
Reklama e’lonlarini joylashtirish chastotasi va muddatlari u yoki bu reklama tashuvchilar xususiyatlariga bog‘liq. Gazeta, radio va televideniyada berilgan reklamalar mijozlar bilan o‘tkinchi reklama uchrashuvini yuzaga keltiradi. Shu sababli bunday uchrashuvlarni nisbatan barqaror qilish uchun takrorlanib turuvchi reklama e’lonlari seriyalarini tayyorlash zarurdir. Bu holatlar marketingning umumiy vazifalariga muvofiq ishlab chiqiladigan nashrlar grafigida hisobga olinishi lozim.
Reklamani joylashtirish samaradorligini qattiq nazorat qilish zarur. Bunga turfirma ofisiga keluvchi mijozlar va tashrif buyuruvchilar orasida, firma va uning turmahsulotlari haqidagi ma’lumotlarni qayerdan olganliklari to‘g‘risidagi so‘rovlar o‘tkazish yo‘li bilan erishish mumkin. Reklamaga qilingan harajatlar reklama tashuvchilari bilan, sotilgan turlar bo‘yicha tushumlar solishtiriladi va shu asosda nisbatan samarali reklama vositalari aniqlanadi.

Xulosa


Mamlakatimiz iqtisodiyotini tarkibiy o‘zgartirish va diversifikatsiya qilishni chuqurlashtirish, bandlikni ta’minlash, odamlarimizning daromadi va hayot sifatini oshirishning muhim omil va yo‘nalishlaridan biri sifatida xizmat ko‘rsatish va servis sohasini jadal rivojlantirish hisoblanadi.
Davlatimiz rahbarining 2017- yil 7- fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha “Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi farmoni bilan tasdiqlangan 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha Harakatlar strategiyasida “xizmat ko‘rsatish sohasini jadal rivojlantirish, yalpi ichki mahsulotni shakllantirishda xizmatlarning o‘rni va ulushini oshirish, ko‘rsatilayotgan xizmatlar tarkibini, eng avvalo, ularning zamonaviy yuqori texnologik turlari hisobiga tubdan o‘zgartirish” muhim yo‘nalishlardan biri sifatida belgilab berildi.
Harakatlar strategiyasida belgilab berilgan ustuvor vazifalarni hal etishda shahar va qishloqlarimizda xizmat ko‘rsatish sohasini izchil rivojlantirishning marketing strategiyalarini ishlab chiqish masalasi o‘ta dolzarb hisoblanadi.iste’molining uzluksizligi muhim xususiyatlaridan biri hisoblanadi. Mijoz paydo bo‘lganda yoki buyurtma kelib tushgandagina xizmat ko‘rsatishni amalga oshirish mumkin. SHu nuqtai nazardan ayrim mutaxassislar, ishlab chiqarish va iste’molning uzluksizligi o‘zida aynan o‘sha omilni, ya’ni ularni mahsulotlarning moddiy shaklidan farq qilishini namoyon etadi, deb hisoblashadi.
Ishlab chiqarish va iste’molning o‘zaro aloqalari uzluksizligi, xizmat ko‘rsatishning ko‘p turlari kim taklif qilishidan qat’iy nazar bir-biridan ajralmas, deb hisoblanadi. Demak, mehmonxonada shaxslarga alohida xizmat ko‘rsatishni mehmonxona xizmatchisidan, restoranda xizmat ko‘rsatishni ofitsiantdan, chipta sotish bo‘yicha xizmat ko‘rsatishni kassirdan ajratib bo‘lmaydi.

Yüklə 90,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə