Buxoro davlat universiteti



Yüklə 90,74 Kb.
səhifə5/13
tarix22.12.2022
ölçüsü90,74 Kb.
#97571
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
«turizm va mehmonxona xo‘jaligi» kafedrasi «Turizm va mehmondorc

Turpaketnarxi. Turpaketning muvaffaqqiyatiga ta’sir etuvchi eng muhim omil bu – narxdir. Narxlashtirishda boshqalarnikiga o‘xshamagan, alohida xususiyatli turpaketga ega bo‘lgan turoperatorlar ko‘proq erkinlikka egadir. Ular narxni asosan xizmatlarni sotib olish va boshqa harajatlar, shuningdek daromadning ma’lum foizini kiritishga asoslanib belgilaydilar. Ommaviy bozor turoperatorlari asosan raqiblar narxiga asoslanib narx belgilashadi, ayniqsa turpaketlarga talab pasayganda (o‘lik mavsumda). Turpaket narxini aniqlashda turoperatorlar bozor yetakchilari narxlariga amal qilishadi. Yirik turoperatorlar harajatlarni kamaytirishadi va shu bilan raqiblari-ning narxlashtirishda omadga erishishlariga yo‘l qo‘yilmaydi. Eng ko‘p qo‘lla-niladigan narxlashtirish usullaridan biri bu harajatlarga asoslangan narxlardir, ya’ni mahsulot tannarxi hisoblanadi va daromadning ma’lum foizi qo‘shiladi. Turpaket narxiga kiruvchi daromad foizi qo‘shimcha harajatlarni qoplash, fondlarga ajratmalar, maosh va sof daromadni hisoblash orqali aniqlanadi va 15 % dan 30% gacha bo‘ladi. Turizmda narxlarni hisoblashning o‘ziga xos xususiyatlarini unutmaslik lozim. Masalan, agar mavsumiy dasturda uzoq-vaqtli charter reyslarining (seriyasining) ketma-ketiligi, joylashtirishning «bakk to bakk» tamoyili qo‘llanilayotgan bo‘lsa, harajatlar mavsum boshi va oxiridagi bitta bo‘sh reys+ma’lum samalyotdagi № jo‘natishlar soni va № ta o‘rinlar sonini hisoblash orqali aniqlandi. Bu mavsumiy charter dasturiga kiritiladigan to‘la harajatlar. Ular kirishlar soniga bo‘linadi va bu turpaket narxiga kirituvchi bitta uchishning narxidir. Ammo turoperatorlar narxlarni hisoblashning harajatlar usulini qo‘llashda marketing ma’lumotlarini qo‘llash bilan birga o‘rta bozor narxlarini ham inobatga olishadi.
Turizmda narxlar harajatlar va daromadlar notekis taqsimlangan vaqtda bozordagi talabning tebranishini ifodalaydi. «o‘lik mavsum»da narxlar pasayadi va mavsumda ular qayta tiklanadi (daromad evaziga). Narxlashtirish strategiyasi rivojlanish bosqichida turpaketlar uchun xosdir. Turpaketlar narxi nafaqat turistlik bozorning holati, raqobatchilarning narxiga balki boshqa turlar narxiga ham bog‘liq bo‘ladi.



Yüklə 90,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə