Buxoro davlat universiteti


Xizmat ko‘rsatish klasslari



Yüklə 90,74 Kb.
səhifə4/13
tarix22.12.2022
ölçüsü90,74 Kb.
#97571
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
«turizm va mehmonxona xo‘jaligi» kafedrasi «Turizm va mehmondorc

1.2. Xizmat ko‘rsatish klasslari


Xizmat ko‘rsatish klasslari taqdim etilayotgan xizmatlar sifatini belgilash uchun ishlatiladi. Turistlik mahsulot turli tuman xizmatlar yig‘indisidan iborat bo‘lganligi uchun ularni turistga sotishda darajasini belgilash bilan bog‘liq muammolar kelib chiqadi. Turlar va xizmatlarning darajasini belgilash bo‘yicha bizning mamlakatimiz bozorlarida ham xalqaro bozorda ham normativ standartlar mavjud emas. Shuning uchun turoperator va turagentlar turni siljitish va sotishda shartli ravishda tur bo‘yicha xizmatlarni lyuks, birinchi klass, turistlik klass, ekonom (iqtisod) klass qilib belgilanadi.
«Lyuks klass». Ushbu klass bo‘yicha turlarni tashkil qilishda odatda eng yuqori darajali xizmatlar jalb qilinadi: 5 yulduzli xashamatli mehmonxonalar, birinchi klass va biznes aviatsiya samalyotlarida uchish, xashamatli restoranlarda ovqatlanish, alohida transport lyuks klass mashinalarida, alohida gid xizmatlari va h.k. Bunday turlar VIP-xizmat ko‘rsatish turkumi (razryadi) bo‘yicha taqdim etiladi.
Birinchi klass – bu ham nisbatan yuqori darajali xizmat ko‘rsatish bo‘lib, 4-5 yulduzli mehmonxonalarga joylashtirish, biznes klass darajadagi samalyotlarda uchishni, obro‘yli restoranlarda ovqatlanishni, individual transfertni, gid xizmatlarini nazarda tutadi.
Turistlik klass 2-3 yulduzli mehmonxonalarda joylashtirishni doimo aviareyslarning iqtisod klasslarida uchishni, shved stoli bo‘yicha ovqatlanishni, guruhli transfertni nazarda tutuvchi eng ommalashgan xizmat ko‘rsatish turidir.
Iqtisod klassi. Eng arzon xizmat ko‘rsatish turidir. Odatda iqtisod klassidan talabalar va kam ta’minlanganlar foydalanadi. Ushbu klass dasturlari yuqori darajada bo‘lmagan xizmatlarni kam miqdorda taqdim etishni ko‘zda tutadi: 1-2 yulduzli mehmonxonada joylashtirish, yotoqxona va xostellarda joylashtirish, o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish tamoyili bo‘yicha faoliyat yurituvchi kichik va kooperativ mehmonxonalarda joylashtirish, charter aviareyslarida uchish, kutib olish va kuzatish jamoat transportida amalga oshirilishi mumkin. Bir so‘z bilan aytganda hammasi tejamli va arzon.
Ammo shuni unutmaslik lozimki, ushbu belgilashlarning barchasi shartlidir va ko‘pincha ular milliy variantlar va farqlarga ega. Nima bo‘lganda ham turni sotib olishda har bir xizmat darajasini va uning tarkibini aniqlashtirish lozim.


Xizmatlar paketi (to‘plami).


Kompleks xizmat ko‘rsatish o‘z ichiga turistlik xizmatlar to‘plami turpaketni oladi. Turizmda xizmatlar turli tumandir: joylashtirish, ovqatlantirish, tanishish, ekskursion, dam olish-ko‘ngilochar va maishiy xizmatlar, sport va kurort dasturlari, turistlik safarlar va h.k.
Turistlik amaliyotda asosiy va qo‘shimcha xizmatlar tushunchalari amal qiladi. Ular o‘rtasida qanday farq bor? Iste’molchilik xususiyatlari nuqtai nazaridan ular o‘rtasida hech qanday farq mavjud emas. Ekskursiyalar agar ular turning narxiga va kompleks xizmat ko‘rsatishiga kiritilgan bo‘lsa ular asosiy xizmatlar hisoblanadi, ammo agar turist o‘z xohishiga binoan to‘langan turga qo‘shimcha ravishda yana biror ekskursiyani harid qilsa, bu qo‘shimcha xizmatga aylanadi. Shunday qilib, asosiy va qo‘shimcha xizmatlar o‘rtasidagi farq ularning turist tomonidan dastlabki sotib olingan turga aloqadorligiga bog‘liq.
Amaliyotda asosiy turistlik mahsulot bu xizmat ko‘rsatish kompleksidir, ya’ni turistlarga yagona paketda sotiluvchi xizmatlarning standart to‘plami. Xizmatlar paketi (to‘plami)-turoperator tomonidan yaratilgan bo‘lib, ma’lum xizmatlar to‘plamidan: tashish, joylashtirish, ovqatlanish, ekskursiyalar va h.k. iborat turistlik mahsulotdir. Turdagi xizmatlar paketi turist tomonidan tanlangan turistlik dam olish turi bo‘yicha ularning ehtiyojlari va sayohat maqsadidan kelib chiqqan holda shakllantiriladi. Tur va uning paketini shakllantirishda turistlar bilan ishlashning ikki varianti mavjud:
a) buyurtmali turlar sotilishi;
b) inklyuziv turlar sotilishi.
Buyurtmali tur. Buyurtmali turlarni sotishda dasturni shakllantirish va xizmatlar tarkibini yaxlitlash turist xohishiga binoan, uning bevosita ishtirokida amalga oshiriladi. Turistga taklif etilayotgan dam olish maskanida turli xil tur xizmatlarning har biri bo‘yicha turli xizmat ko‘rsatish variantlari taklif etiladi:

  • joylashtirish-joylashgan joyi va turi, darajasi bo‘yicha turli xil mehmonxonalar.

  • ovqatlanish-turli variantlar (to‘liq yoki to‘liq yarim pansion, yoki umuman ovqatlanishsiz) shved stoli yoki «alya kort» va x.k.

  • ekskursiyalar, harid-ko‘ngilochar xizmatlar.

  • transport xizmatlari – aviauchish variantlari, temiryo‘l tashuvlar, avtomobil arendasi va h.k. variantlari.

  • sport va davolanish kurort xizmatlari.

  • viza xizmatlari, shuningdek sug‘urta xizmatlari.

Yuqorida aytilganidek,bunday turlarni tuzishda turistning o‘zi bevosita ishtirok etadi.
Turist tomonidan talangan xizmatlar tur dasturiga shakllantirladi. Narx hisoblanadi, uni turist turpaketga ega bo‘lgach to‘laydi. Odatda bunday buyurtmalar agentliklarda shakllantiriladi va so‘ng joriy uchun turopera-torga yo‘naltiriladi. Buyurtmalarning tez va sifatli ta’minlash uchun bugungi kunda xalqaro turizmda turagentliklar va operatorlik kompaniyalari tomonidan zamonaviy kompyuter texnologiyalaridan foydalanmoqda. Xalqaro turizmda paketni yaxlitlash muammolari, narxni hisoblash va turni sotishni operativ hal qilish uchun kompyuter va telefaks aloqasidan keng foydalaniladi.
Inklyuziv tur (IT) Bu oldindan rejalashtirilgan va dam olishning yoki turizmning ma’lum turi, hamda turistlarning ma’lum ijtimoiy guruhiga va uning yoniga yo‘naltirilgan qat’iy xizmatlar to‘plamidir. Eng ko‘p tarqqalgan inklyuziv turlar deb marshrutli turlarni aytish mumkin. Ya’ni bunda turistlar guruhi avtobusda bir nechta shaharlar va mamlakatlar bo‘ylab sayohat qiladi. Ushbu turning o‘ziga xos xususiyatlari (sayohat grafigi va muddatlari bilan qat’iy bog‘langan, barcha uchun yagona dastur) uning buyurtmali bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaydi. Kruiz turlar, hobbi turlar ham inklyuziv turlardir. Inklyuziv turlarni sotishda xizmatlar tarkibi o‘zgarmaydi.
Turist bunday turni to‘lig‘icha sotib olishi yoki undan butunlay voz kechishi mumkin. Inklyuziv turlar barqaror talabga ega taniqli turizm va dam olish maskanlaridagi marshrutlarda tashkillashtiriladi va taklif etiladi. Inklyuziv turlar narxining katta qismini joylashtirish ovqatlanish to‘lovlari tashkil etadi. Xalqaro (avia) havo transportlari assotsiatsiyasi talabiga binoan, inklyuziv turlar o‘z ichiga 3 tadan kam bo‘lmagan xizmatlar: aviauchish, joylashtirish butun marshrut bo‘ylab sayohat va yuqoridagi 2 tasi bilan bog‘liq bo‘lmagan biror xizmat (ekskursiya, avtomobil ijarasi va h.k.).
Bunday turlarga bo‘lgan talabning tebranishiga qaramasdan, ularni rivojlantirishning ma’lum afzalliklari mavjud:

  • umuman olganda kompleks sayohat alohida sotib olinadigan xizmatlar to‘plamidan arzondir;

  • narxlari oldindan ma’lum bo‘lganligi uchun turagentlarning turistlarga qanday marshrutni tanlash borasida maslahat berishlari oson kechadi. Bunda dasturlar ham oldindan belgilangan bo‘ladi;

  • o‘z mahsulotining jozibadorligini ko‘rsatish uchun ko‘proq imkoniyat bo‘ladi.

Inklyuziv turlarning kamchiliklari:

  • bunday turda mijozni qiziqtirmagan xizmatlarning mavjud bo‘lish ehtimoli bor;

  • dasturning haddan tashqari to‘yinganligi;

  • bunday tur reklamasi iste’molchilarning faqatgina bir qisminigina jalb qilishi mumkin.

Buyurtmali turlarda turoperator doimiy ravishda mehmonxonalardagi tasdiqlanmagan o‘rinlarga kvotalarni ushlab turish lozim. Sotishda turli talabnomalar bo‘lishi mumkin. Turoperator turli mehmonxonalarda joylashtirilgan turistlar bilan ishlashiga to‘g‘ri keladi. Turistlarni bir mehmonxonada joylashtirib xizmat ko‘rsatish ancha oson kechadi.
Yuqorida aytib o‘tilganidek turistning shaxsiy xususiyatlaridan kelib chiqqan holda barcha turistlik sayohatlar individual yoki guruhli tarzda amalga oshiriladi,
Turto‘plam(turpaket) – iste’molchilarga guruhli yoki individual variantlar bo‘yicha taqdim etiladigan xizmatlar to‘plamiga kiradi.
Turpaketni tashkillashtirishga ta’sir etuvchi omillar:

  • berilgan sayohatga talab mavjudligi;

  • xizmatlar, infratuzilma, moddiy bazaning mavjudligi;

  • avikompaniyalar va boshqa transport kompaniyalari bilan munosabati;

  • jo‘natuvchi va qabul qiluvchi mamlakatlar o‘rtasidagi munosabatlar;

  • hamkor turistlik tashkilotlar bilan munosabat;

  • belgilangan mamlakatda turizmning rivojlanish darajasi;

  • belgilangan mamlakatning siyosiy barqarorligi.

Shuni ta’kidlash lozimki, siyosiy barqarorlik omili turoperator tomonidan o‘zining strategiyasini ishlab chiqishda muhim hisoblanadi. Bizga Gresiyadagi kurd voqealari, Misrdagi terroristik portlashlar bilan bog‘liq talabning keskin pasayish hollari ma’lum. Ushbu yo‘nalishlarga ixtisoslashgan turoperatorlar katta yo‘qotishlarni boshdan kechirdilar. Ammo shuni ham ta’kidlash lozimki, ushbu hududlarda vaziyat barqaror bo‘lishi bilan turistlar oqimi yana qaytadi. Berlindagi xalqaro turizm birjasida qayd etilganidek turist xavf-xatarni yengibo‘tishga moyil. U siyosiy barqarorlik ro‘y bergan mamlakatlarda vaziyat yaxshilanishi bilan o‘sha yerga yana oshiqadi, ayniqsa, issiq iqlimli hududlar va arzon narxlar bo‘lsa.

Yüklə 90,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə