Buxoro davlat universiteti


Mundarija Kirish. Turizm xizmatlari va maxsulotlari……………………….…..….… 4



Yüklə 90,74 Kb.
səhifə2/13
tarix22.12.2022
ölçüsü90,74 Kb.
#97571
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
«turizm va mehmonxona xo‘jaligi» kafedrasi «Turizm va mehmondorc

Mundarija


Kirish. Turizm xizmatlari va maxsulotlari……………………….…..….… 4


I Bob. Xizmatlar marketingining o`ziga xos jiharlari
1.1.Turistik xizmatlar xususiyatlari….. …………………………………. 6
1.2. Xizmatlar ko’rsatish darajalari va paketi ………………………...12
1.3. Turizmda xizmatlar bozorini segmentlash.………………………...18


II Bob. Turizm xizmatlari bozorining rivojlanish tadqiqotlari
2.1. Turistik xizmatlar bozori menejment.......................................….. …30
2.2.Turistik xizmatlar markentingiga globallashuv jarayonining ta’siri………………………………………………………………………….36
2.3.Xalqaro bozorda milliy turizm mahsuloti va brendini reklama qilish …………………………………………………………………………………41


Xulosa……………..…...…………………………………………………. 47


Glossariy…………………………………………………………………….48


Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati…. ………..............................…..… 51


Ilovalar…….……………...………..…………..……………...…………..…53

Kirish. Turizm xizmatlari va maxsulotlari
Mahsulot kapital va ishchi kuchi bozorlari bilan bir qatorda ular bilan birgalikda harakat qiluvchi keng xizmat ko‘rsatish bozori ham mavjuddir. Xizmat ko‘rsatish sohasi iqtisodiyotning kelajagi bor va tez rivojlanuvchi sohasi hisoblanadi. Sanoati rivojlangan mamlakatlarda xizmat ko‘rsatish salmog‘i yalpi ichki mahsulotning 70% dan ortiqroq qismini tashkil etadi. SHu bilan birgalikda xizmat ko‘rsatish sohasi bilan band bo‘lganlar ko‘payib boradi. Xizmat ko‘rsatish sohasining tez rivojlanishi va uning iqtisodiyotdagi ahamiyati kattaligiga qaramay hozirgacha
“xizmat ko‘rsatish” tushunchasiga umumiy ta’rif berilmagan. F. Kotler ta’rifiga ko‘ra
“Xizmat ko‘rsatish – harakatlar, manfaatlar yoki qanoatlantirishlar sifatidagi sotish obyekti”. Bu ta’rifdan kelib chiqadiki, xizmat ko‘rsatish saqlab qo‘yila olmaydigan va xaridorga moddiy shaklga ega bo‘lmagan mavhum narsa taklif qilinadi.
Xizmat ko‘rsatish bozorida turli xil xizmatlar muomalada bo‘ladi. SHu sababli xizmat ko‘rsatish bozori tor yo‘nalishdagi tarkibiy bozorlarga bo‘linadi. Xizmat ko‘rsatishga odatda quyidagilar kiritiladi: transport, aloqa, savdo, moddiy-texnik ta’minot, maishiy-kommunal xizmatlar, bank-moliya, fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat va san’at, jismoniy tarbiya, sport, turizm va boshqalar. Xizmat ko‘rsatishda turli xildagi mehnat faoliyatlarining umumiy tomoni – moddiy shaklga ega bo‘lmaydigan iste’mol qiymati yaratiladi. SHuning uchun xizmat ko‘rsatish bozori boshqa bozorlardan tubdan farq qiladi. Bu farqning ikkita asosiy sababi mavjud.
Birinchidan, xizmat uning amalga oshgunicha mavjud bo‘lmaydi, ya’ni mahsulot xizmat ko‘rsatish jarayonida vujudga keladi. Bu holat ikki turli xizmat ko‘rsatuvchini, ikkita raqobatchi firmani, ularning xizmatlarini hattoki mahsulotlari bir xil bo‘lib ko‘ringan holda ham taqqoslash imkoniyatini bermaydi. Xizmat ko‘rsatish sifati amalga oshirilgandan so‘ng taqqoslash mumkin. Moddiy tovarlarni esa sotib olgunga qadar taqqoslash imkoniyatiga egamiz. Xizmat ko‘rsatish kutilgan va amalga oshgandan keyingi holatini taqqoslash imkoniyatiga egamiz, xolos.
Ikkinchidan, xizmat ko‘rsatish sohasi maxsus bilim va malaka talab etadiki, xaridor uni nafaqat baholashi, hattoki tushunishi ham qiyin. Xizmat ko‘rsatish jarayonidagi mavhumlik xaridorni noqulay ahvolga tushirib qo‘yishi bilan birga ranjitishi, jahlini chiqarishi, ishonchsizlikni vujudga keltirishi mumkin. SHuning uchun bu sohada xaridor har doim ma’lum bir xizmat ko‘rsatuvchi bilan birga ishlashga intiladi. Bu holat xizmat ko‘rsatuvchi uchun ko‘proq foydali bo‘lib, bu shu kabi aloqalarning takrorlanishi omilini vujudga keltiradi.

















    1. Yüklə 90,74 Kb.

      Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə