Buxoro davlat universiteti



Yüklə 90,74 Kb.
səhifə9/13
tarix22.12.2022
ölçüsü90,74 Kb.
#97571
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
«turizm va mehmonxona xo‘jaligi» kafedrasi «Turizm va mehmondorc

Ular orasida quyidagilarni ko`rsatish mumkin:
-demografik omillar - aholining soni va yoshi, jins va yosh jihatdan tuzilishi, oilaning kattaligi va tarkibi, urbanizasiya darajasi, xaridorning madaniy saviyasi;
-ijtimoiy-iqtisodiy omillar - ish bilan ta‘minlanganlik, mehnat haqining kattaligi, nafaqa ta‘minoti, daromad jihatidan aholining bo`linishi;
-mamlakatning geografik va iqlimiy xususiyatlari;
-xaridorlarning milliy tarkibi;
-davlatning iqtisodiy va siyosiy barqarorligi;
-tashrif davomida xavfsizlik;
-boshqa tasodifiy omillar (ob-havo, mojarolar va hokazo).
Turistik bozorda taklif deganda ma‘lum vaqt davomida ma‘lum narx bo`yicha xaridorlar uchun taklif etiladigan va sotuvga mo`ljallangan yo`nalishlar (tashrif mintaqalari) va turistlar hajmi tushuniladi.

    1. Turistik mahsulotlarni sotish qoidalari

Turist xarid qilgan xizmatlar to`g`ri sidagi qo`shimcha xizmatlarni o`z ichiga oluvchi ma‘lumot varaqasida sotuvchi xaridor sayohat haqida bilishi lozim bo`lgan barcha ma‘lumotlarni ko`rsatishi kerak, aks holda sayohat safari paytida qiyinchiliklar paydo bo`lishi yoki turist salomatligi, hayoti va mulki uchun katta havf-hatar tug‗ilishi, yoki sayohat umuman bekor bo`lishi mumkin. Ushbu ma‘lumotlarga quyidagilar kiradi:

  • sayohatchi rioya qilishi kerak bo`lgan tashuvchi kompaniya qoidalari haqida ma‘lumot;

  • tashrif mamlakat(lar)ida xorijiy fuqarolarning vaqtinchalik bo`lishi to`g`risidagi, shuningdek, turistik rasmiyatchiliklardan o`tish tartibi haqida ma‘lumot;

  • safar chog`ida sanitar-epidemiologik ahvol to`g`risida ma‘lumot;

  • xaridor sotib olgan xizmat xususiyati tufayli paydo bo`luvchi xavf- hatar omillari, safarni muvaffaqiyatli o`tkazish uchun maxsus tayyorgarlik ko`rish to`g`risida ma‘lumot;

  • safar chog`ida tashrif mamlakat(lar)ida aholining madaniy- etnografik xususiyatlari va an‘analari haqida ma‘lumot; favqulodda holatlarda davlat organlari, konsulxona muassasalari va boshqalar bilan aloqa bog`lash to`g`risida ma‘lumotlar.

Turistik xizmatning xususiyatidan kelib chiqqan holda sotuvchining qaroriga muvofiq qo`shimcha ma‘lumot berilishi mumkin. 1993-yilda Yevropa Ittifoqida Yevropa iqtisodiy hamjamiyatining 1990-yil 13-iyunda qabul qilgan turizm sohasida iste‘molchilarning haq-huquqlarini himoya qilish bo`yicha yo`riqnomasi kuchga kirdi.
Yo`riqnomada mijoz (turist, turmahsulot xaridori) va turagentligi tomonidan imzo chiqiladigan shartnoma namunasini taklif qiladi. Shartnoma umumiy va maxsus shartlardan, shuningdek, sotuvchi firmaning katalogi yoki sayohatning nashr etilgan dasturidan iborat. Umumiy shartlarga safarni tashkil qiluvchi turoperatorning nomi, manzilgohi, telefon raqami va litsenziya raqami, shuningdek, turistik paketni tuzishda foydalanilgan milliy qonunlar va xalqaro konvensiyalarning nomi kiradi. Shuningdek, turpaketning mazmuni beriladi. Maxsus shartlarga turpaketning narxi va uni qayta ko`rib chiqish shartlari, sug`urta shartlari, xarajatlarni to`lash va ziyonlarni qoplash shartlari kiradi.
Buyurtma berish paytida mijoz narxining 25 %i miqdorida garov to`lanadi, qolgan pul tashkilotchining qaroriga muvofiq safar boshlanishidan bir necha kun avval to`lanadi. Buyutma paytida mijoz qo`shimcha shartlar va talablar quyishi mumkin. Maxsus shartlarda tashkilotchi tomonidan katalogda berilgan ma‘lumotga kiritilgan barcha o`zgarishlar ko`rsatilishi lozim. Biror sabab tufayli xaridor sotib olgan turpaket xizmatlaridan foydalana olmasa, (agar bu sayohatni amalga
oshirish uchun zarur barcha talablarga javob bersa). U shartnomani uchinchi shaxsga sotishi mumkin.
Shartnomada shuningdek jarima haqi to`lamasdan sayohatdan voz kechish shartlari ko`rsatiladi. Bunday shartlarga turpaketning 10%dan ko`proq oshishi, shuningdek tashkilotchi tomonidan sayohatga xaridor qabul qilmaydigan sezilarli o`zgarishlar kiritilishi. Bunday hollarda xaridor alternativ sayohat huquqiga ega, bularga o`xshash xizmatlarni o`z ichiga oluvchi turistlar kiradi. Bunday xizmatlar bo`lmagan holda yuqoriroq sifatli (narxdagi farqni to`lamagan holda) yoki pastroq sifatli (narxdagi farqni qoplash bilan) turpaket taklif qilinadi. Turist (xaridor) sayohat uchun yyetarli turistlar yig`ilmagani uchun sayohat bekor qilinishi tufayli shartnoma bajarilmagan taqdirda pullarini qaytarib olish huquqiga ega bo`lmaydi.
Bunda turistga sayohat bekor qilinganligi to`g`risida jo`nashdan 20 kun oldin e‘lon qilinishi kerak. Sayohat boshlangandan keyin unga o`zgarishlar kiritilishi alohida muhokama etilishi lozim. Shartnomada ko`rsatilgan shartlarning to`liq bajarilmaganligi tufayli xaridorga yetkazilgan ziyon uchun javobgarlik safar tashkilotchisiga yuklatiladi. Turagentlik - sotuvchi xaridor oldida o`z dallollik vazifalaridan kelib chiquvchi majburiyatlari bo`yicha javobgar bo`ladi.
Majburiyatlar xaridorning, shartnomaga aloqasi bo`lmagan uchinchi shaxs aybi bilan yoki fors-major vaziyati tufayli bajarilmagan holda shartnomaga o`zgarishlar kiritish uchun turpaketning tashkilotchisi va sotuvchisi javobgar bo`lmaydi. Bundan tashqari, xaridor jo`natish punktiga qaytib kelganidan so`ng 10 kun davomida yozma ravishda (buyurtma xati) sayohat tashkilotchisi va sotuvchisiga shikoyat qilish huquqiga ega.
Yevropaning bir qator mamlakatlari hukumatlari shartnoma namunasini joriy qilish tog`risida qaror qabul qildi. Masalan, Italiya Prezidentining turizm to`g`risidagi farmonining 6 bandida turpaketni sotish bo`yicha shartnoma yozma ravishda, aniq va tushunarli qilib tuzilishi kerakligi aytilgan. Farmonning 7-bandida shartnomaning tarkibiy qismlari ko`rib chiqilgan, ularga quyidagilar kiradi:

  • tashrif manzili, safar muddati, sayohatning boshlanish va tugash sanalari, sayohatning alohida qismlari muddati va boshlanish va tugash sanalari;

  • shartnomaga imzo chekuvchi tashkilotchi yoki sotuvchining nomi, manzilgohi, telefon raqami va litsenziya raqami;

  • turpaketning narxi, uni hisoblash usuli, jo`natish va qabul qilish aeroportlarining soliq va to`lovlari, shuningdek, turist hisobidan qoplanadigan boshqa to`lovlar;

  • band qilish paytida garov tariqasida berilishi kerak bo`lgan haqning miqdori (sayohat narxining 25 %idan oshmasligi kerak) va qolgan qismini to`lash;

  • sug`urta kafolatchisi va turist bilan tuzilgan sug‗urta polislari to`g`risida ma‘lumot;

  • hakamlar kafolatchisining aralashuvi shartlari va usullari;

  • transport turlari, ularning xususiyatlari, jo`nash va qaytib kelish sanalari, vaqti va joyi, band qilingan joyning turi;

  • mehmonxonada joylashtirilgan taqdirda - joylashuvi, darajasi, nogironlarni qabul qilish bo`yicha ehtimolli sharoitlar, boshqa asosiy xususiyatlar, mahalliy qonunlarga muvofiqligi, ovqatlantirish shartlari;

  • sayr, sayohat yo`nalishi va paketga kiritilgan boshqa xizmatlar, tarjimon-yo`lboshlovchilarning yoki guruhni kuzatuvchilarning mavjudligi;

  • yetarli qatnashchilar bo`lmaganligi tufayli safarni bekor qilish to`g`risida turistga ma‘lum qilish muddatlari;

  • band qilish paytida tashkilotchi yoki sotuvchi bilan turist o`rtasida sayohat bo`yicha tuzilgan qo`shimcha shartnomalar;

  • turist tomonidan shartnoma uchinchi shaxsga berilgan taqdirda bo`lishi mumkin xarajatlar;

  • shartnomaning shartlari to`liq bajarilmagan hollarda turist shikoyat qilishi mumkin;

  • turist shartnomaga o`zgarish kiritilgan taqdirda o`z qarorini ma‘lum qilishi mumkin bo`lgan muddat.




    1. Yüklə 90,74 Kb.

      Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə