Buxoro davlat universiteti


Turistik xizmatlar xususiyatlari



Yüklə 90,74 Kb.
səhifə3/13
tarix22.12.2022
ölçüsü90,74 Kb.
#97571
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
«turizm va mehmonxona xo‘jaligi» kafedrasi «Turizm va mehmondorc

1.1.Turistik xizmatlar xususiyatlari


Biror mehmonxona yoki restoran xo`jaligi faqat ovqatlaniladigan yoki tunaydigan joy emasdir. U yer ayni vaqtda, ijtimoiy va insoniy muloqatlarning mavjud bo`lgan yeridir. Turizmda xizmatlar biror bir mahsulotni tashkil qiladi. Shu sababli mahsulot xaridorga ko`ra har xil bo`ladi. Turistlarning o`z uyini tark qilganidan boshlab orqaga qaytgunlariga qadar foydalangan barcha xizmatlari va to`plagan tajribalari turistik mahsulot hisoblanadi. Ishlab chiqaruvchilar tomonidan mehmonxonaning xonalari, restoranlarning ovqatlari biror turistik mahsulotdir. Faqat turistlarg ko`ra bular aralash turistik mahsulotning bir parchalari hisoblanadi. Turist ta‘tilga chiqar ekan turli xil aralash bir mahsulot, y‘ani xizmat paketi sotib oladi.
Turistik mahsulot - turistning sayohati davomida foydalangan tunash, ovqatlanish, tomosha qilish va boshqa bir qancha xizmatlarning yig`indisidir. Turizmda mahsulot 2 shaklda o`rtaga chiqadi.

  1. Biror davlatda mavjud bo`lgan barcha tabiiy, tarixiy-madaniy va turistik resurslarni tashkil qilgan turizm mahsuloti.

  2. Iste‘molchilarning joy o`zgartirishlariga va sayohat qilishlariga imkon beruvchi barcha xizmatlar, ya‘ni bir pekij - tur hosil qilgan turistik xizmatlarning yig`indisi.

Turizm marketingining birinchi bosqichini turistik mahsulot tashkil qiladi. Biror turistik korxonaning ishlab chiqargan mahsulot va xizmatlari, boshqa sanoat korxonalarining ishlab chiqaradigan mahsulotlaridan farqlidir. Turizm marketingi turli xil vositalar yordamida yuzaga keltirilgan bir mahsulot asosiga tayanadi. Bu mahsulotning ro`yobga chiqarilishi uchun, axborot va xabarlashish vositalarini ham qo`shish kerakdir. Turist uchun eng ahamiyatlisi, eng yaxshisini yoki O`ziga yoqqanini tanlashdir. Turizm korxonasida yoki marketingida maqsad ham iste‘molchiga eng yaxshi shaklda xizmat taqdim qilish, ishlab chiqaruvchilarga optimal bir foyda yaratish orasida muvaffaqiyatli bir munosabat yaratishdir. Turistik mahsulotning xususiyatlari quyidagilardan iborat.

  1. Turistik mahsulotning ishlab chiqarilgan joyida tugatilishi qiyindir. Iste‘molchi turist, turistik mahsulot va xizmatlarning ishlab chiqariladigan joyiga borishga majburdir.

  2. Turistik mahsulot bir qancha xizmatlar (tunash, ovqatlanish, tomosha va h.k.) yig`indisidan hosil bo`ladi.

  3. Turistik xizmat va mahsulotning o‗z vaqtida sotilishi shartdir.

  4. Turistik mahsulotlarda subyektiv baholanish juda yuqoridir.

  5. Turistik mahsulotlarda tortuvchanlik, foydalilik va qulay yaratilish xususiyatlarining bo`lishi kerakdir.

  6. Turistik mahsulotlarda mehnat zich ishlab chiqarish shaklida bo`lib avtomatlashtirish juda kamdir.

  7. Turistik mahsulotlarda standartlashtirish juda kamdir. Xususan xizmat yoki servislarning bir tartibda va bir qolibda bo`lishi mumkin emas.

Biror turistik mahsulot yoki xizmat, jonli bir mavjudod kabi yaratiladi, yashaydi va yo`q bo`ladi. O`rtadan yo`q bo`lishning turli xil sabablari mavjudr: texnologik rivojlanishlar, raqobat, marketing strategiyasi, talabga mos bo`lmagan juda yuqori narx va qiymat yo`qotish. Biorr mahsulot yoki xizmat bozorga chiqarilgandan keyin 4 ta bosqichni kechiradi.

    1. Bozorga kirish bosqichi.

    2. Rivojlanish bosqichi.

    3. Saqlanish bosqichi.

    4. Tushish bosqichi.

Bu bosqichlarning muddati mahsulot yoki xizmat turlariga ko`ra va korxonaning tashkiliy tuzilishiga ko`ra har xil bo`ladi. Mehmonxona xojaligida o`rtacha umr 10 yil. Restoran yoki bar uchun bir necha yil, diskotekalar uchun esa vaqtinchalik omillardan ta‘sirlangani uchun juda kam muddatdir.
Bozorga kirish bosqichi: Yangi taqdim qilingan mahsulot yoki xizmat bozorga kiritiladi. Bu yerda eng ahamiyatlisi, mahsulotning bozorga mosligi, raqobat vositasi orqali talabni yaratish, xalq bilan munosabatlar va sotishni tashkil qilish harakatlaridir. Iste‘moldagi mahsulot yoki xizmat bozorda o`zining ishonchini kutadi. Shunday qilib, turli xil imkoniyatlarni o`rganish, kapital qarorlarini berishni bilish kerakdir.

  1. Rivojlanish bosqichi: Bu bosqichda sotishlar kutilmagan darajada ko`payadi. Yana bu davrda raqobat hodisasi o`zini ko`rsatadi yoki taqlidchilar o`xshash mahsulotlarni bozorga kiritadilar. Agar mahsulot bozorda saqlanib tura olsa juda tez rivojlanish bo`ladi, tannarx va sotish mahsulotlarda yuqori bo`lib, bozor to`lqinlaridan ta‘sirlanadi. Yangi xaridor guruhlari belgilanadi. Turistik muassasalarga to`g`ridan – to`g`ri bog`liq bo`lgan turoperatorlar yangi agentliklar bilan hamkorlikda seminar va banketlar tashkil etiladigan bosqichdir.

  2. Saqlanish bosqichi: Turistik mahsulot va xizmatlarni sotish tezligi sekinlashgan bosqichdir. Yangi iste‘molchi topish asosiy

hisoblanmaydi. Ular uchun eng ahamiyatlisi bozordan yetarli bir ulush olishdir. Qo`lga kiritgani bozor bolimini imkon qadar muhofaza qilish uchun harakat qiladilar. Bu bosqichda turizm muassasalari, har bir mahsulotning yaxshi sotilgani va muddatli bo`lishini tushinadilar. Mahsulotlar o`zini oqlamagan taqdirda bozordan chekilish tahlikasi bilan yuzlashadi. Sotish narxi asosan 3 ta omil sababli pasayishni ko`rsatadi;

  1. ishlab chiqarish yoki boshqarish texnikalarining foydanalishih va sotish hajmining ortishi oqibatida biror xona yoki ovqatning qiymat tannarxlaridagi kamayish;

  2. o`xshash xizmatlar uchun bozorda narx yaratishni tashkil qilgan raqiblarning paydo bo`lishi;

v) muassasaning o`rnashgan yeriga, nomiga ahamiyat bergan xaridorlar mexanizmining kengayishi.16
Saqlanish bosqichi, mehmonxona sektori uchun yetarlicha uzoq muddatli bo`la oladi, faqat texnologik rivojlanishlar ta‘sirchan rol o`ynay oladi. Xaridorlar ko`pincha shinam, komfortli va texnologik yangiliklari bo`lgan turistik muassasalarni va mahsulotlarni ma`qul ko`radilar.

  1. Tushish davri: Sotishlarning kuzatilgan darajada tushishga boshlagan davrdir, yangi xizmat va mahsulotlarning bozorga kirgani va raqobatning bo`lgani bosqichidir. Xaridorlar mavjud mahsulotni tark qilishni boshlaydi.

Tushish bosqichini tijoriy foyda olishning kamaygani bir bosqich deyish noto`g`ridir. Chunki korxona, ma‘lum bir muddat yana oldingi xaridorlarini muhofaza qilib bir yo`sinda davom eta oladi. Bozorga ilk kirish va yoyilish bosqichida yomon bir boshlang`ich, mahsulotning kelajagini tahlikaga qo`yadi.
Turistik mahsulotning sotilishida rol o`ynagan eng ahamiyatli omillardan biri mahsulotning narxidir. Turizm marketingida narx asosiy omil bo`lib eng ta‘sir qiluvchi va strategik o`zgaruvchidir. Narx omili xususan o`rta tabaqa turistlar tomonidan kuzatilgan hodisadir. Xaridorlarning ko`pchiligi quyidagi sabablar tufayli narx o`zgarishlariga qarshi juda ta`sirchan bo`ladilar.

  1. Turli masofalar orasida yoki bir xil masofalardagi turli xizmatlar o`rtasida paydo bo`lgan raqobat yuzasidan.

  2. kam daromadli xalq mexanizmlarining turistik iste‘molchiga yetishadigan harakatlaridan narx farqlari ko`paymoqdadir.

Turizm sektorida ko`rilgan turli xizmat va mahsulotlar natijasida narx omili sotib olish omillaridan keyin ikkinchi o`ringa tushishni boshlagan. Chunki turistlarning kutishlari va zavq olish hislari oldindadir. Biror mehmonxonaning narxini bilmasdan turib, turist xonani majburan sotib olish majburiyatiga ega emasdir. Boshqa arzon mehmonxonaning mijozi ayni vaqtda ma‘lumot olishni ham xohlaydi. Yetarli ma‘lumotni olgandan keyin narx-sifat farqliligini qiladi. Turistik mahsulotni sotish narxining belgilanishi kelgusidagi sotish va foyda olish tartibining tavsiya qilinishiga imkon beradi. Faqat turistik mahsulotning aralash xususiyatda bo`lganligi uchun narxning belgilanishi juda ko`p omillarga bog`liqdir. Turistik mahsulotning narxini belgilash tartibini quyidagicha izohlaymiz:

    • turistik korxonalarda mahsulotlarga narx belgilashdan avval mavjud bozorning tuzilishi va raqobat shartlarining oldindan belgilanishi kerakdir;

    • turistik mahsulotlar geografik joylashishiga qarab bir-biridan farq qiladi;

    • turizm sohasida bozorning tuzilmasi raqobatbardosh va monopolistik bozorlardan tashkil topadi;

    • turistik korxonalarda narxlar doimo bir xil bo`lmaydi. Talab ko`p bo`lgan davrlarda narxlar yuqori bo`ladi, talab kam bo`lganda narxlar past bo`ladi.

Turizm sohasida narx belgilashga quyidagi omillar ta‘sir qiladi

  1. Tannarxlar. Ishlab chiqarish tannarxi sotish narxini belgilashda asosiy rol o`ynaydi. Tannarxlar 2 shaklda hisoblanadi: barqaror va O`zgaruvchan. Barqaror tannarxning to`g`ri bir shaklda hisoblanishi oson bo`lganligi uchun turistik korxonalardagi o`zgaruvchan tannarxlar ahamiyatli o`rin tutadi va hisoblanishi ham qiyindir.

  2. Korxonaning o`rni va joylashgan yeri. Turistik mahsulot joylashgan yerning bozorgacha bo`lgan masofasi, tabiiy va ijtimoiy muhiti, tarixiy va madaniy yaqinligi korxonaning narxlariga ta‘sir qilmoqda. Samarqand, Buxoro va Xivadagi mehmonxonalar bilan Toshkentdagi mehmonxonalar orasida farqli narxlar qo`llaniladi.

  3. Bozordagi raqiblarning narxlari. Bir turistik mahsulotning narxi, bozordagi mavjud bo`lgan o`xshash mahsulot va xizmatlarning narxlariga mos bo`lishi kerakdir. Ishlab chiqarilgan tovar va xizmatlarning xususiyatiga va farqlariga ko`ra korxonalar bozor narxidan past yoki yuqori narxni tavsiya qiladilar. Yangi bir mahsulotning bozorga ilk kirishida asosan boshqa mahsulotlarga qaraganda past narx qo`yadilar. Bozor narxidan yuqori narx belgilagan korxonalar, mahsulotlarning o`xshash mahsulotlardan farqli sifati va xususiyatlarga ega bo`lishini yaratishga majburdir.

  4. Iste‘molchining xususiyatlari - talabning xususiyatlari. Iste‘molchilar turizm xizmatlaridan faqat o`z budjetlariga mos bo`lgan miqdorda foydalanadilar. Agar narx yuqori bo`lsa u mahsulotlarga bo`lgan talab kamayadi, shu sababli talab belgilangan tartibga kelguncha narxlarni tanishtirish kerak. Turizm talabi milliy va xalqaro darajada bo`lmoqda. Ba‘zan korxonalar narxlarni xalqaro talablariga moslab tashkil qilmoqda.

  5. Ishlab chiqarish hajmi. Narx, ishlab chiqarish tannarxlariga, korxonalarning hajmiga, o`lchovlariga bog`liq bo`lib, turli shakllarda tavsiya qilinadi. Korxonaning to`liqlik nisbatlariga ko`ra tannarxlarni kamaytirish maqsadida, ma‘lum bir miqdorda narxlarni tushirish hollari bo`lmoqda. Xususan katta hajmdagi tunash korxonalarida, jami tannarxlarning ostida narx tavsiyasi qilinib korxonaning barqaror chiqimlari ko`riladi.

  6. Huquqiy tartiblar. Marketing boshqaruvchilari narx tavsiyasini o`rganar ekanlar, narxning davlat boshqaruv organlarining mavjud qonun va qoidalariga mosligini diqqatga olishlari kerak. Mamlakat iqtisodini va iste‘molchilarni yaratish maqsadida davlat boshqaruv organlari kerakbo`lgan taqdirda narxlarga aralashmoqda. Narxlarga aralashishda asosan davlat narxlarning turizm sektori tomonidan qo`yilishini ta‘minlamoqda.

Rivojlangan davlatlarda mehmonxonalar va turistik mahsulotlarning narxini har bir korxonaning o`zi belgilaydi. Agar o`zi belgilamasa, eng kamida boshqaruv va nazorat ostida tutmoqdalar. Shunday qilib rasmiy turizm tashkilotlari turistik mahsulot tannarxini eng past darajada tutib, keng miqdorda turizm talabini yaratish va turistik guruhlarni o`z mintaqasiga jalb qilishni istamoqtalar. Ba‘zan davlat ijobiy tomondan narxlarga aralasha oladi. Ya‘ni davlat boshqaruvchi bo`lib, turizm bozoriga kirib sarmoya ajratadi va narxlarning boshqa korxonalar darajasida tartibli tutilishini tashkil qiladi. Boshqa tomondan davlat marketing jarayonida tannarxlarni pasaytiruvchi tashqi raqobat potensialini orttiruvchi qoidani qo`llab-quvvatlab narxlarni boshqa davlatlar bilan raqobat qila olishni yaratadi.


Yüklə 90,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə