Buxoro davlat universiteti xorijiy tillar fakulteti ingliz tilshunosligi kafedrasi



Yüklə 44,63 Kb.
səhifə1/8
tarix29.05.2023
ölçüsü44,63 Kb.
#113916
  1   2   3   4   5   6   7   8
gggggg


OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY TA'LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI
XORIJIY TILLAR FAKULTETI
INGLIZ TILSHUNOSLIGI KAFEDRASI

11-25CHI-20 guruh talabasi


Xudayberdiyeva Gulchehraning
"Internatsional soʻzlar va etimologik dubletlar" mavzusidagi

KURS ISHI

5111400 - Xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili)

Ilmiy rahbar: Saidova. Z

Buxoro -2023
MUNDARIJA:
1. SOʻZ – TILNING ENG MUHIM BIRLIGI SIFATIDA.....................................3
2. INTERNATSIONAL SOʻZLAR VA ULARNING QOʻLLANILISHI......................................................................................................6
3. INGLIZ TILI SOʻZLARINING ETIMOLOGIK JIHATLARI.............................9
4. ETIMOLOGIYA VA UNING TURLARI..........................................................12
5. ETIMOLOGIK DUBLETLAR VA ULARNING OʻZIGA XOS XUSUSIYATLARI.................................................................................................15
6. INTERNATSIONAL SOʻZLAR VA ETIMOLOGIK DUBLETLARNING AMALIYOTDA QOʻLLANILISHI........................................................................19
XULOSA.................................................................................................................22
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ROʻYXATI.............................................24

1. SOʻZ – TILNING ENG MUHIM BIRLIGI SIFATIDA
Til – kishilarga fikrlashuv, fikrlash quroli boʻlib xizmat qiladigan noyob ijtimoiy hodisa. Har bir til uning sohibi boʻlmish jamoaning bebaho mulki boʻlib, oʻzi mansub jamoaning nomi bilan ataladi: oʻzbek jamoasiga xizmat qiluvchi tilga oʻzbek tili deyiladi. Oʻzbeklar oʻz tilidan koʻp asrlar davomida foydalanib keladi. Dastlab ogʻzaki muloqotni ta'minlagan oʻzbek tili keyinchalik yozma shaklda ham namoyon boʻlgan. Yozma nutqda til hodisalaridan foydalanishning ma'lum me'yorlarini ishlab chiqish zaruriyati paydo boʻlgan. Til hodisalaridan ma'lum me'yor asosida foydalanish adabiy oʻzbek tilining shakllanishiga olib kelgan.
Soʻzlashuv asosida shakllanib, soʻzlashuv tili bilan yonma-yon yashab kelayotgan adabiy oʻzbek tili koʻp asrlik tarixga ega boʻlib, taraqqiyot bosqichlari nuqtayi nazaridan oʻtmish adabiy oʻzbek tili va hozirgi adabiy oʻzbek tili deb ajratiladi. Adabiy oʻzbek tili oʻz tarixiy taraqqiyotining har bir bosqichida ma'lum belgi-xususiyatlari bilan farqlanadi.
Ushbu oʻquv predmetida oʻzbek tili bus-butun holda emas, balki uning hozirgi adabiy oʻzbek tili deb ataladigan holati bayon qilinadi.
,,Hozirgi adabiy oʻzbek tili'' predmetining asosiy vazifasi – talabalarni shu tilning qurilishiga mansub hodisalar bilan ilmiy asosda tanishtirish, yuqori malakali filolog boʻlishi uchun poydevor hosil qilish.
Yosh avlodga ta’lim - tarbiya berishning eng muhim vazifalaridan biri ularda ilmiy dunyoqarashni shakllantirishdir. Bu vazifani xal qilishda maqsadga muvofiq ishlashning yetakchi sharti oʻquvchini shaxs sifatida kamol toptirishdan iborat. Har bir oʻquv predmeti oʻz mazmuniga muvofiq ravishda oʻquvchilarda ilmiy dunyoqarash elementlarini shakllantirishga ma’lum xissa koʻshadi.Til bilan tafakkur izviy bogʻliq boʻlib, tafakkur soʻz orqali yuzaga chiqadi. Tafakkur tashqi dunyoning tushunchadagi ifodasi hisoblanadi.Soʻz tushunchaning shartli nomini oʻzida aks ettiradi. Oʻquvchilar materiallarni oʻrganish jarayonida tilimizning yangi soʻzlar bilan boyib borishi haqidagi muhim manbalar bilan, soʻz yasalishi bilan tanishib boradilar. Oʻqituvchi nazariy bilim berishda ham,berilgan bilimlarni amaliyotga tatbiq etishda ham bolalarning hayotiy tajribasiga,nutqqa oid praktikasiga tayanadi.Tilning lugʻat tarkibi qanchalik boy boʻlsa 1ham,grammatikasiz oʻlik hisoblanadi. Tilning lugʻat tarkibi oʻz - oʻzicha kommunikativ funksiya bajarmaydi. Aloqa maqsadida xizmat qilish uchun lugʻat tarkibidagi soʻzlar bir-biri bilan grammatik jihatdan oʻzaro bogʻlanib, gap hosil boʻladi. Mana shu tuzilgan gap orqali fikr ifodalanadi. Tilning har bir tomonining hususiyati undagi til birliklarining oʻziga xosligida namoyon boʻladi. Soʻz tilning ma’no bildiradigan asosiy birligidir. Soʻz va soʻz birikmasi aniq predmetlarni, mavhum tushunchalarni, emotsiyani bildiradi. Soʻz uchun muqarrar morfemik tarkibi harakterli boʻlib bunga soʻzning leksik ma’nosi va qaktor grammatik belgilari bogʻliq boʻladi. Yangi soʻz qaysi usul bilan yasalmasin, u doim grammatik shakllanadi va oʻzining leksik ma’nosi boʻladi. Soʻzning leksik ma’nosini aniqlash uni morfemalarga ajratish til haqidagi fanda oʻzining nazariy asosiga ega.
Oʻquvchilar soʻzning morfemik tarkibini va soʻz yasalishini oʻrganishlariga qarab, soʻzni morfemalarga ajratishdan ongli foydalana boshlaydilar. Oʻqituvchining asosiy diqqat e’tibori oʻquvchilarning soʻzni talaffuz qilishiga, leksik ma’nosi, morfologik tarkibi, grammatik belgilari, yasalishi va nutqda ishlatilishi va yozilishini tushunishlariga qaratmogi kerak. Oʻqituvchi soʻzning nom boʻlib xizmat qilishini, morfologik tarkibi, leksik ma’nosining bir-biriga ta’sirini ham oʻquvchilarga tushuntirib borishi lozim. Oʻqituvchining vazifasi oʻquvchilar soʻzning soʻzning leksik ma’nosiga tushunibgina qolmay, kontekstda soʻzlardan ongli foydalana olish malakalarini shakllantirish, oʻquvchilarning aqliy qobiliyatini oʻsishida, hususan til birligi sifatida soʻzni ongli bilib olish uchun zarur boʻlgan maxsus aqliy qoʻnikmalarni shakllantirishdan, ta’lim jarayonida bilimni oʻzlashtirish bilan oʻquvchilarda aqliy faoliyatni oʻstiradigan abstraklashtirish, analiz, taqqoslash qoʻnikmalarini shakllantiradigan sharoit yaratishdan iborat. Soʻz ma’nosida muayyan umumlashtirish natijasida mustahkamlanar va bu umumlashtirish prossesi tilning butun hayoti va taraqqiyoti davomida toʻxtamas ekan, bir soʻzda bir qancha yoʻnalishdagi umumlashtirish parallel amalga oshishi mumkin emas. Shuning uchun soʻzda birdan ortiq ma’no ham yuzaga kelmaydi. Soʻz tilning eng ma’noli birligi boʻlib gap tuzishda nutqda erkin tiklanish hususiyatiga ega. Soʻz tilning eng muhim birligi,chunki soʻzda til strukturasining barcha asosiy elementlari birlashadi.Ingliz tilida ham sodda, tub, yasama va koʻshma soʻzlar mavjud boʻlib, inliz tili lugʻat tarkibini boyitishga xizmat koʻrsatadi. Tilimizga oʻzlashgan inglizcha soʻzlarni ijtimoiy – siyosiy, iqtisodiy, madaniy - ma’rifiy va sport sohasi mavzuviy guruhlariga ajratib oʻrganish mumkin. Sport sohasi mavzuviy guruhiga oid inglizcha oʻzlashmalar mustaqillikdan soʻng shu qadar koʻp oʻzlashdiki, ularni madaniy - ma’rifiy soha soʻzlaridan ajratib, sistemali tarzda oʻrganish qulay va oʻrinlidir. Hozirgi paytda bu soʻzlarning koʻpchiligi zamonaviy qatlam soʻzlari sifatida ogʻzaki va yozma nutqda faol ishlatilmoqda. Tilimizga oʻzlashgan inglizcha soʻzlarni ijtimoiy - siyosiy, iqtisodiy, madaniy - ma’rifiy va sport sohasi mavzuviy guruhlariga ajratib oʻrganish mumkin. Sport sohasi mavzuviy guruhiga oid inglizcha oʻzlashmalar mustaqillikdan soʻng shu qadar koʻp oʻzlashdiki, ularni madaniy - ma’rifiy soha soʻzlaridan ajratib, sistemali tarzda oʻrganish qulay va oʻrinlidir.
Til tarkibidagi leksik ma’nolar doimo oʻzaro ma’lum munosabatda boʻladi. Ayrim soʻzlar anglatgan ma’nolariga koʻra bir - biriga yaqin, boshqalari esa, birbirini inkor qiladi, qarama - qarshi ma’no anglatadi.Bu nuqtai nazardan sinonim va antonim soʻzlar farqlanadi.Soʻzlar shakl nuqtai nazardan ham ma’lum munosabatda boʻladi. Ba’zan tillarda shakli bir - biriga oʻxshash, ya’ni shakldosh soʻzlar uchraydi. Tilshunoslikda bunday soʻzlarni ikki turga ajratib oʻrganish qabul qilingan: omonimlar va polisemantik soʻzlar.


Yüklə 44,63 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə