Cho’yanlar klassifikasi Reja



Yüklə 110,93 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/11
tarix23.12.2023
ölçüsü110,93 Kb.
#156927
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Mavzu Cho’yanlarning umumiy turlari. Reja-fayllar.org

uymalakorlik cho’yanlari. 
Bunday cho‘yanlardan yasalgan 
namunani sindirganda ko‘ndalang kesimini ko‘rinishi xira oq rangda 
bo‘ladi. Shuning uchun oq cho‘yan deb ham aytiladi. Yuqorida qayd 
qilinganidek, barcha uglerod bog‘langan holatda-sementit ko‘rinishida 
bo‘ladi

(5-rasm).
Qayta 
ishlanuvchi 
oq 
cho‘yan 
mikrostrukturasi 
(x200).
a) – evtektikadan keyingi oq cho‘yan (S=5,5%); b) – evtektikagachadagi 
oq cho‘yan (S =2,5%). Rasmdagi qora ranglilari bu perlit; oq ranglilari 
lideburit.
Evtektikagacha bo‘lgan cho‘yanlar perlit va ledeburitdan iborat
evtektikadan keyingilari birlamchi sementit va ledeburitdan iborat; 
ledeburit o‘zi bu austenit va sementit zarrachalari mexanik aralashmasi. Bu 
cho‘yanlar yuqori qattiqlikka ega (NV=450-550) va juda mo‘rt. Shuning 
uchun mashina detallari bu cho‘yandan yasalmaydi. Bu cho‘yanlardan 


grafitlashtirilgan yumshatish yo‘li bilan bolg‘alanuvchi cho‘yan olinadi. 
Oqartirilgan cho‘yan - quymalarning ustki qatlami (t=12-30mm) oq 
cho‘yan strukturali; o‘zagi-o‘rtasi kulrang cho‘yan strukturasiga ega. 
Bunday cho‘yanlardan ustki qatlami ishqalanishga chidamli detallar 
yasaladi: list prokatlash stanoklari jo‘valari, g‘ildiraklar, tormoz 
kolodkalari, 
tegirmon 
sharchalari 
va 
boshqalar.
Kulrang cho‘yan. 
Bu cho‘yandan yasalgan namuna sindirilsa, sindirilgan 
joyi kulrang ko‘rinadi. Shuning uchun uni kulrang cho‘yan deb 
nomlashadi. Aslida, GOST bo‘yicha“ plastinkasimon grafitli quyma 
cho‘yan” deb nomlanadi.Quyma so‘zi uning quymakorlik texnologik 
xossalari yuqoriligidan kelib chiqqan (qolipga quyilish xossasi). Kulrang 
cho‘yan asos metall va plastinkasimon formali grafitdan iborat. Kulrang 
cho‘yan tarkibidagi uglerodning juda ko‘p qismi yoki hammasi grafit 
tarzida bo‘ladi. Uglerod cho‘yan sifatiga hal qiluvchi ta’sir ko‘rsatadi; 
grafit miqdorini o‘zgartirish va quymakorlik xususiyatlarini o‘zgartirish 
hisobiga bo‘ladi.Uglerod qancha ko‘p bo‘lsa, ajralib chiqqan grafit ham 
shuncha ko‘p bo‘ladi va mexanik xossalari shuncha past bo‘ladi. Shuning 
uchun uglerod miqdori evtektikagacha konsentratsiyasida bo‘ladi. Kulrang 
cho‘yan tarkibida asosiy elementlar Fe, C, Si va doimiy qo‘shimchalar Mn, 
P, S lar bo‘ladi: S=2,2-3,7%; Si=1-3%; Mn=0,2-1,1%; R=0,02-0,3%; 
S=0,02-0,15%. Oltingugurt zararli qo‘shimcha, mexanik va texnologik 
xossalarni pasaytirib, darz ketishga moyilligini oshiradi. Kulrang 
cho‘yandagi metall asosning tuzilishiga ko‘ra, u quyidagi turlarga 
bo‘linadi:

Yüklə 110,93 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə