Cho’yanlar klassifikasi Reja


Cho’yanning kimyoviy tarkibi va ishlatilish sohalari



Yüklə 110,93 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/11
tarix23.12.2023
ölçüsü110,93 Kb.
#156927
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Mavzu Cho’yanlarning umumiy turlari. Reja-fayllar.org

Cho’yanning kimyoviy tarkibi va ishlatilish sohalari
Ma'lumki, domna pechining asosiy mahsuloti cho‘yandir. Lekin 
cho‘yan olishda u bilan birga shlak, domna gazi va koloshnik changi ham 
ajraladi, shu boisdan ular ham domna pechining mahsulotlari hisoblanadi. 
Cho‘yanlarni kimyoviy tarkibi va ishlatilish sohalariga ko‘ra quyidagi 
turlarga 
ajratishmumkin:
Qayta ishlanadigan cho‘yanlar
. Bu cho‘yanlarda uglerodning hammasi 
yoki ko‘proq qismi temir bilan kimyoviy birikma temir karbidi (Fe3C) 
holida qolgani grafit tarzida bo‘ladi, shuning uchun ham bu cho‘yanlar juda 
qattiq va mo‘rtdir. Sanoatda bu cho‘yanlardan po‘lat olinganligi sababli 
ular qayta ishlanadigan cho‘yanlar deyiladi. Bu cho‘yanlarning siniq 
yuzalari oq tusda bo‘lganligidan oq cho‘yanlar deb ham ataladi. Domna 
pechlarida ishlab chiqariladigan cho‘yanlarning 70 - 80% ni qayta 
ishlanadigan 
cho‘yanlar 
tashkil 
qiladi.
Cho’yanlarning turlari va kimyoviy tarkibi
1-jadval
Quyma cho‘yanlar
. Bu cho‘yanlarda uglerodning ko‘p qismi erkin 
holda, ya'ni grafit tarzida bo‘ladi. Bu cho‘yanlarni siniq yuzalari kulrang 
tusda bo‘lganligi uchun kulrang cho‘yanlar deb ham ataladi. Ularning 
oquvchanligining yuqoriligi qotganda hajmining kam kirishishi, 
suyuqlanish temperaturasining nisbatan pastligi, oson kesib ishlanishi 
boshqa cho‘yanlarga nisbatan afzalligidir. Shuning uchun ham bu 
cho‘yanlardan turli murakkab shaklli quymalar olishda keng foydalaniladi. 
Ular ko‘pincha, quymakorlik cho‘yanlari deb ham ataladi. Domna 
pechlarida olinayotgan cho‘yanlarning 10 - 12% ni cho‘yanlar tashkil 
qiladi. Quymakorlik cho‘yanlarining GOST 4832 - 80 ga ko‘ra LK1 - LK7 
markali bo‘ladi. Ular tarkibidagi oltingugurt miqdoriga ko‘ra besh 
kategoriyaga, fosfor miqdoriga ko‘ra A, B, V, G va D sinflarga va 
marganes miqdoriga ko‘ra uch guruhga ajratiladi.

Yüklə 110,93 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə