Cho’yanlar klassifikasi Reja



Yüklə 110,93 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/11
tarix23.12.2023
ölçüsü110,93 Kb.
#156927
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Mavzu Cho’yanlarning umumiy turlari. Reja-fayllar.org

Maydalash va saralash
. Yirik rudalarni begona jinslardan saralash uchun 
ularni karyerlarni o‘zidayoq turli konstruksiyali (jag‘li, konusli) maydalash 
mashinalarida maydalab, mexanik g‘alvirlarda elanib, 30 - 80 mm li 
bo‘laklarga 
saralanadi.
Yuvish.
Rudalarni suv bilan yuvib qum va gillardan tozalanadi. Buning 
uchun maydalangan rudalar tebranuvchi elakli qurilmalarga yuklanib
tagidan suv haydaladi, shunda begona suv bilan yuqoriga ko‘tarilib, 
tashqariga chiqib ketadi, boyigan rudalar esa qurilma tagiga yig‘iladi. 
Keyin 

yerdan 
olinadi.
Magnit separatorli mashinada boyitish
. Bunda maydalangan magnit 
temirtosh magnit separatorning uzluksiz harakatlanuvchi lentasiga yuklab 
turiladi. Ruda elektromagnitning ta'sir zonasiga kirganda, uning temir 
(Fe3O4) oksidli qismi elektromagnitga tortilib, bekorchi jinslardan 
tozalanadi. Boyigan temir ruda elektromagnitning ta'sir zonasidan 
chiqqach 
tashqaridagi 
maxsus 
yashikka 
ortila 
boradi.
Mayda rudalarni yiriklashtirish
. Rudalarni qazib olishda, elashda 
ko‘plab chang holdagi chiqindilar yig‘iladi. Bulardan ma'lum o‘lchamli 
(10 - 40 mm) boyitmalar olish uchun maxsus tarkibdagi maydalangan 
shixta (40 - 50% temir ruda, 15 - 20% ohaktosh, 20 - 30% boyitma, 4 - 6% 
koks, 6 - 9% suv) aralashmasi mashina qoliplariga kiritilib, 1300 - 1500ºC 
haroratda qizdirilib pishiriladi. Pishirish davomida rudadagi zararli begona 
jinslarning bir qismi (S, As) karbonatlar parchalanishi natijasida ajralib, 
qisman suyuq faza xosil bo‘ladi. Bu suyuq faza yordamida zarrachalar 
o‘zaro bog‘lanib, flyusli g‘ovak boyitma (aglomerat) olinadi. (Ba'zi 
hollarda mayda rudalarga bog‘lovchi material sifatida gil, smola qo‘shilib, 
ularni pressformada presslab briketlar ham olinadi.) Keyingi yillarda 
mayda temir rudalarga va boyitmalarga ma'lum miqdorda oxaktosh va 
koks maydalari, bir oz bentonit gil qo‘shib suv bilan qorishtirilgan massa 
sayoz idish (granulyator) da yoki aylanuvchi barabanlarda ishlov berib
diametri 25 - 30 mm li g‘ovak sharsimon bo‘lak (okatish) lar olinadi. Ularni 


pechda 1300 - 1400ºC haroratda qizdirib, pishirilgandan so‘ng saralanadi. 
Okatishlar aglomeratlardan puhtaroq bo‘ladi. Okatishlardan foydalanish 
koksni 
tejash 
imkonini 
beradi.

Yüklə 110,93 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə