Cho’yanlar klassifikasi Reja


Bolg’alanuvchi cho’yanlar



Yüklə 110,93 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/11
tarix23.12.2023
ölçüsü110,93 Kb.
#156927
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Mavzu Cho’yanlarning umumiy turlari. Reja-fayllar.org

Bolg’alanuvchi cho’yanlar.
Oq cho'yanni yumshatish natijasida 
sementitni parchalash mumkin. Oq cho'yanning o'rtacha kimyoviy tarkibi 
quyidagichadir: 6 = 2,4—2,*8%; Si = 0,8— 1,4%; Mn = 0,3—0,4%; Si= 
0,8— 1,4%; Mn = 0,3—0,4%; S 
Yumshatish jarayonida cho'yan quymasini oksidlanishdan saqlash 
uchun qumga, shamot yoki metall kukuniga ko'mila- di. Yu qori 
temperaturada sementitning diffuzion parchalanishi natijasida hosil 
bo'layotgan grafit pag'a-pag'a shaklda, (
6-v rasm),
ya'ni kulrang 
cho'yandagi grafitga Qaraganda yig'ilgan bo’ladi. Bunday cho'yan shartli 
ravishda bolg'alanuvchan cho'yan deb ataladi,chunki u kulrang cho'yanga 
qaraganda ancha plastik bo'ladi. Grafitlanish jarayoni oq cho'yanni 950—
970°C gacha 20—25; soat davomida sekin qizdirish bilan olib boriladi. 
So'ngra shu temperaturada 10—15 soat ushlab turiladi. Yumshatishning 
birinchi bosqichida asosan evtektikadagi birlamchi va qisman ikkilamchi 
sementitning parchalanishidan grafit hosil bo'ladi. Ana shu bosqichning 
oxiriga kelib cho'yan strukturasi austenit-grafitdan iborat bo'ladi. Yuqorida 
keltirilgan tarkibli, oq cho'yandan nisbatan katta plastiklikka (6^ 12%) ega 
bo'lgan ferrit asosli bolg'alanuvchan cho'yan olinadi. Buning uchun 


kotyshmani grafitga parchalanishining ikkinchi davriga oid temperatura 
atrofida uzoq vaqt ushlab turish yoki 760°C dan 720°C gacha juda sekinlik 
bilan sovitis 
Grafit shaklining cho’yan mikrostrukturasi
Shunday qilinganda perlit tarkibidagi ikkilamchi sementit ham grafitga 
parchalanadi, natijada hosil bo'lgan struktura F + G dan iborat bo’ladi. 
Qotishma tarkibida grafitning miqdori ko'p bo'lganligi uchun ferrit asosli 
bolg'alanuvchan cho'yanning yemirilish yuzasi qoramtir rangda bo'ladi. 
Yumshatish jarayonini tezlashtirish maqsadida qotishmaga ba'zida vismut 
yoki aluminiy qo'shib, quyish oldidan temperatura oshiriladi. 
Bolg'alanuvchan cho'yan ruscha atamasi (kovkiy chugun)ning bosh 
harflari (KCH), cho'zilishdagi mustahkamlik chegarasi (kg/mm2) hamda 
plastiklik (% ) qiymatini qo'yib tamg'alanadi (1215—79 GOST). Ferrit 
asosidagi QCH 37—12 va KCH 35— 10 cho'yanlar yuqori dinamik va 
statik kuchlar ta'sirida muvaffaqiyatli ishlay oladi. Undan tezliklar 
qutisining g’ilofi, gubchaklar kabi mashina qismlari tayyorlanadi. 
G’iloflar, gayka, gaz ovozini pasaytiruvchi vositalar, mufta kabi qismlar 
ko'pincha KCH 30—6 va KCH cho'yanlardan tayyorlanadi. Ferritli 
bolg'alanuvchan cho'yanlarning qattiqligi 160—165 NV atrofida bo'ladi. 
Oq cho'yanni yumshatish jarayonining grafitga parchalanish ikkinchi 
bosqichida uni tez sovitish bilan perlit asosidagi kulrang cho'yan olinadi. 
Bunda oksidlovchi muhit sifatida 259 metall kuyindisi yoki maydalangan 
ruda qo'llaniladi. Bunda qotishma 1000°S da 51—58 soat ushlab turiladi. 
Grafitga parchalanish davrida zagotovkaning yuza qismidan taxminan 2 
mm qalinlikdagi qatlam tarkibidagi uglerod yonib ketadi. Cho'yan havoda 
sovutiladi. Natijada ichki kuchlanishlar kamayadi. Hosil bo'lgan grafitning 
shakli yigilgan, ya'ni pag'a-pag'a bo'lganligi uchun ham perlitli 
bolg'alanuvchan cho'yan yuqori mustahkamlik va plastiklikka ega. 
Masalan, KCH 50—6 va KCH 55—4 cho'yanlar yuqori mustahkamlik va 
plastiklikka hamda ishqalanishga barqaror xususiyatlarga ega. Perlit 
asosidagi cho'yanlarning qattiqligi 240—270 NV atrofida bo'ladi. Bunday 
cho'yanlar avtomobilsozlikda, qishloq xo'jaligi mashinalarining qismlari
to'qimachilik sanoati uskunalari, ishqalanish, zarb hamda o'zgaruvchan 
kuch ta'sirida ishlaydigan vositalarni tayyorlashda ishlatiladi.



Yüklə 110,93 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə