Covid-19 pandemiyasining O'zbekiston iqtisodiyotiga ta'siri Mundarija: Kirish I bob. Covid-19 pandemiyasi umumiy ta’siri haqida va xususiyatlari



Yüklə 176,88 Kb.
səhifə1/11
tarix09.10.2023
ölçüsü176,88 Kb.
#126455
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Covid-19 pandemiyasining O\'zbekiston iqtisodiyotiga ta\'siri 9012121323


Covid-19 pandemiyasining O'zbekiston iqtisodiyotiga ta'siri
Mundarija:
Kirish………………………………………………………………………………3
I bob. Covid-19 pandemiyasi umumiy ta’siri haqida va xususiyatlari……….12
1.1. Covid-19 pandemiyasi umumiy ta’siri haqida………………………………...7
1.2. Covid-19 pandemiyasining O'zbekiston iqtisodiyotiga ta'siri haqida ……….12
II.bob. Covid-19 pandemiyasining O'zbekiston iqtisodiyoti ta’sirning asosiy ko’rinishlari va ularga qarshi chora tadbirlar………………………………...32
2.1. Covid-19 pandemiyasining O'zbekiston iqtisodiyotiga salbiy ta’siriga qarshi chora tadbirlar……………………………………………………………………..25
2.2. Covid-19 pandemiyasining O'zbekiston iqtisodiyoti ta’sirning asosiy ko’rinishlari……………………………………………………………………….32
Xulosa…………………………………………………………………………….34
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati………………………………………….....35

Kirish
Mavzuning dolzarbligi. Global inqirozning respublikamiz ijtimoiy – iqtisodiy rivojlanishiga salbiy ta’sirlarini yumshatish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Koronavirus pandemiyasi va global inqiroz xolatlarining iqtisodiyot tarmoqlariga salbiy ta’sirini yumshatish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora - tadbirlar to‘g‘risida” va “Kornovirus pandemiyasi davrida aholi, iqtisodiyot tarmoqlari va tadbirkorlik sub’yektlarini qo‘llab – quvvatlashga doir qo‘shimcha chora - tadbirlar to‘g‘risida” gi farmonlari qabul qilindi va amaliyotda joriy etilmoqda.
Farmonda ko‘rsatib o‘tilgandek jahon miqyosida koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashishda respublikamizda insonlarning harakatlanishiga cheklovlar kiritish va korxonalar faoliyatini to‘xtatish orqali misli ko‘rilmagan choralar ko‘rilmoqda. Global iqtisodiyot tizimining bir qismi bo‘lgan O‘zbekiston iqtisodiyotiga ham mazkur omillar ta’sir qilmoqda, bu esa o‘z navbatida ushbu holatning salbiy ta’sirlarini yumshatish bo‘yicha samarali oldini oluvchi choralar ko‘rishni talab qiladi.
Bunda turizm, transport, farmatsevtika va to‘qimachilik sanoati kabi respublika iqtisodiyotining jadal rivojlanayotgan tarmoqlarini qo‘llab -quvvatlash va ularning barqarorligini ta’minlashga alohida e’tibor qaratish zarur.
Globallashuv va integratsiyadan, ikki va undan ko‘p tomonlama iqtisodiy aloqalardan inqirozgacha ko‘p naf ko‘rgan mamlakatlar koronavirus pandemiyasidan juda ko‘p zarar ko‘rmoqda. Ular koronavirusga chalinganlarning soni jihatidan dunyoda peshqadam bo‘lmoqda1

Yüklə 176,88 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə