Covid-19 pandemiyasining O'zbekiston iqtisodiyotiga ta'siri Mundarija: Kirish I bob. Covid-19 pandemiyasi umumiy ta’siri haqida va xususiyatlari


Covid-19 pandemiyasining O'zbekiston iqtisodiyoti ta’sirning asosiy ko’rinishlari



Yüklə 176,88 Kb.
səhifə10/11
tarix09.10.2023
ölçüsü176,88 Kb.
#126455
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Covid-19 pandemiyasining O\'zbekiston iqtisodiyotiga ta\'siri 9012121323

2.2. Covid-19 pandemiyasining O'zbekiston iqtisodiyoti ta’sirning asosiy ko’rinishlari
O‘zbekistonda mazkur vaziyat yuzasidan bo‘lgan qisqa muddatli muhim choralarni ko‘rish ehtiyojini tug‘dirmoqda.
Buning uchun:
birinchidan, fiskal va pul-kredit siyosatni qo‘shimcha qo‘llab-quvvatlash va mamlakatdagi tarkibiy islohotlarni kuchaytirish lozim.
Mazkur choralar iqtisodiy o‘sishni barqarorligiga, iste’molchilar va investorlarning ishonchini oshirishga va noaniqlikni kamaytirishga yordam beradi;
ikkinchidan, korxona va tashkilotlarning moliyaviy ahvolini mustahkamlashga qaratilgan choralar, jumladan soliq stavkalarini ma’lum muddatga kamaytirish, “soliq ta’tillari”, “soliq kreditlari”ni taqdim qilish va uzoq muddatda qaytarish imkoniyatini yaratish, QQSni tezkor qaytarish mexanizmlarini joriy etish choralarini ko‘rish maqsadga muvofiq. Naqd pul oqimi bilan bog‘liq muammolarga duch kelayotgan korxonalarga, ayniqsa, kichik va o‘rta korxonalarga yordam berishga banklar tomonidan imkon berilishi lozim. Zarar ko‘rishi ehtimoli bo‘lgan hududlar va tarmoqlar uchun energiya manbalari narxini pasaytirish choralari ko‘rilishi lozim.
Rossiya rublining kuchsizlanishi – so‘mning almashuv kursini kuchaytirishi, bu esa, Rossiya bozorida O‘zbekiston eksport mahsulotlarining qimmatroq bo‘lishiga va mahalliy eksportyorlarning daromadlari kamayishiga, o‘z navbatida, bu ham O‘zbekistondagi valyuta hajmini kamayishiga ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
Shuningdek, Rossiya iqtisodiyotining sustlashishi oqibatida, O‘zbekistonlik migrantlarning mamlakatimizga keltirayotgan 3,4 mlrd. dollarlik (YaIMga nisbatan 5,9 foiz) foydasining qisqarishiga olib kelishi ham mumkin.
Aholi umumiy daromadlari tarkibida transfertlardan keladigan daromadlar 25,3%ni tashkil etishini hisobga olganda, mazkur vaziyat O‘zbekistonda aholining yashash darajasiga ham ma’lum darajada ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
Buning uchun, iqtisodiy faollikni rag‘batlantirish va bandlikni qo‘llab quvvatlash choralarini ko‘rish maqsadga muvofiq. Jumladan, kichik tadbirkorlikni moliyalashtirishni kengaytirish, berilayotgan kreditlar imtiyozli davrini uzaytirish lozim.
Barcha ruxsat beruvchi va byurokratik tartib-tamoyillarga ma’lum muddat maratoriy e’lon qilish, tadbirkorlik faoliyatidagi vujudga kelayotgan to‘siq va muammolarni tezkorlik bilan hal etish, bandlikni ta’minlash bo‘yicha keskin choralar ko‘rish, qisqa muddatli ish o‘rinlari tashkil etilishini rag‘batlantirish lozim.
Bugungi kunda aynan bu holatni oldini olish uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 29 yanvardagi “Uy-joy sharoitlarni yaxshilashga ehtiyojmand mehnat migrantlariga ko‘p kvartirali uylardan xonadonlar ajratish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi №39 sonli qaroriga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xorijda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari va ularning oila a’zolarini himoya qilish kafolatlarini yanada kuchaytirish choralari to‘g‘risida” 2019 yil 20 avgustdagi PF-5785-son Farmoniga muvofiq, shuningdek, xorijda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari va ularning oila a’zolarining uy-joy sharoitini yaxshilash uchun qulay sharoitlar yaratish maqsadida ehtiyojmand mehnat migrantlariga 2020 yilda uy-joylar qurilishi bo‘yicha davlat dasturlarining ijrosi doirasida ko‘p kvartirali uylardan 3 462 ta xonadon ajratilishi;
2021 yil va keyingi yillarda uy-joylar qurish parametrlarini shakllantirishda ularga uy-joy sharoitlarini yaxshilashga ehtiyojmand mehnat migrantlari uchun ko‘p kvartirali uylardan xonadonlar kiritilishi belgilanganligi;
Uy-joy sharoitlarini yaxshilashga ehtiyojmand mehnat migrantlari uchun ipoteka kreditlarini ajratish bo‘yicha:
a) 2020 yil dasturlari ijrosi doirasida:
- ipoteka kreditlari bo‘yicha imtiyozli davr 1 yil etib belgilanadi;
- ipoteka kreditidan foydalanishning birinchi 5 yili davomida har yili foiz stavkasini qat’iy belgilangan 7 foizdan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasi darajasigacha bir me’yorda oshib boradigan stavkada va keyingi davrda Markaziy bankning qayta moliyalashtirish stavkasida belgilandi;
- ipoteka kreditlari foizlarini annuitet to‘lovlari formulasi bo‘yicha hisoblash tartibi tatbiq etiladi (oylik to‘lov asosiy qarz qoldig‘iga hisoblangan foizlar bo‘yicha to‘liq to‘lovni hamda kreditning bir qismini o‘z ichiga oladi, bu shunday hisoblashni nazarda tutadiki, har oylik barcha to‘lovlar kredit to‘lashning butun davrida bir xil bo‘ladi);
Mazkur ko‘riladigan choralar, tashqi global iqtisodiy oqibatlarni O‘zbekistonga ta’sirini kamaytirish, iqtisodiy vaziyatni muvozanatlashtirish uchun xizmat qiladi.
Shu o‘rinda ta’kidlash lozimki, ko‘pgina davlatlarning markaziy banklari asosiy foiz stavkalarini tushirishi moliyaviy sektorda emas, balki iqtisodiyotning real sektorida investitsion jozibadorlikni oshirishga qaratilgan. Agar 2008 yildagi tajribadan kelib chiqsak, o‘sha paytdagi ushbu vaziyat kapital oqimning rivojlangan davlatlardan rivojlanayotgan davlatlarga (Xitoyga) qarab harakatlanganligi kuzatilgan. Shu sababdan, O‘zbekistonning ayni paytdagi vaziyatdan foydalanib qolish imkoniyati mavjudligini inobatga olib, qulay investitsion muhitni yaratishga katta e’tibor qaratish, investitsion jozibadorlikni oshirish muhim ahamiyat kasb etadi.
Barcha yirik soliq to‘lovchilar Moliya vazirligi, DSQ, Iqtisodiyot va sanoat vazirligiga soliqlar bo‘yicha 2020 yilgi yangi prognozlarni jo‘natishi va buni ta'minlash uchun davlatdan qanday yordam kerakligini ko‘rsatishi maqsadga muvofiq bo‘lardi.
O‘z navbatida, qisqa muddat ichida ichki va tashqi tovar bozorlarida paydo bo‘lgan bo‘shliqlarni aniqlash va ularni mahalliy tovar ishlab chiqaruvchilar egallashini ta'minlash zarur. Mutasaddi tashkilotlar esa barcha xo‘jalik sub'yektlari uchun adolatli raqobatni shakllantirishga va ularga zarur yordamni berishga kuch sarflashi maqsadga muvofiqdir.
Bundan tashqari, koronavirus tarqalishidan oldin qabul qilingan (ayniqsa, Xitoy va koronavirus tarqalgan boshqa mamlakatlardan keltiriladigan materiallarga bog‘liq bo‘lgan) juda katta loyihalarni amalga oshirish bilan bog‘liq bo‘lgan budjet xarajatlarini qayta ko‘rib chiqish tavsiya qilinadi. Ularning ba'zilarini konservatsiya qilish yoki o‘zgartirishga to‘g‘ri keladi.
Shuningdek, 2020-2025 yillar davomida xususiylashtirish rejalashtirilgan davlat ulushiga ega korxonlar ro‘yxatini qayta ko‘rib chiqish kerak. Dunyo iqtisodiyotidagi murakkablashib borayotgan vaziyat sharoitida mamlakat aholisi (milliy xavfsizlikni, farovonlik darajasini oshirishni, tibbiy xizmatlar sifatini yaxshilashni, ta'lim va boshqa ijtimoiy ahamiyatga ega xizmatlarni ta'minlaydigan) ijtimoiy rentadan mahrum bo‘lmasligi lozim.
Shu tufayli, «Davlatning iqtisodiyotdagi ulushini qisqartirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar haqida»gi prezident qarori loyihasini muhokama qilish va taklif berish muddatini 12 martdan 1 iyulga ko‘chirish maqsadga muvofiqdir. Shu sanaga qadar koronavirusga qarshi ko‘rilgan choralar va ularning natijalari bo‘yicha vaziyat oydinlashadi.
Koronavirus va boshqa xavfli infeksiyalar, kasalliklar tarqalishining oldini olishga qaratilgan samarali chora-tadbirlarni o‘z vaqtida ishlab chiqish va amalga oshirish zarur.
Shuningdek, mavjud resurslar va imkoniyatdan kelib chiqib, do‘stona Xitoyning iqtisodiyoti va aholisini (ayniqsa koronavirusdan zarar ko‘rganlarni) qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan chora-tadbirlar majmuasini ishlab chiqish ham maqsadga muvofiq.
Bu va boshqa chora-tadbirlarni amalga oshirish koronavirusning tarqalishi bilan bog‘liq xatarlarni sezilarli darajada pasaytirish, iqtisodiy o‘sishning yuqori suratlarini ta'minlash va shuning asosida budjet tushumlarini oshirish imkonini beradi.
Davlatning iqtisodiyotni boshqarishdagi samaradorligini oshirish va integratsiya jarayonlariga oqilona yondashish bilan bu natijalarga erishish mumkin.
Savdo nuqtalarida mahsulotlarning yetishmasligi pandemiyaning ilk bosqichlarida jiddiy muammo bo‘ldi. Aprel oyida 16 foizdan ortiq fuqarolar mahalliy darajadagi shunday muammolar to‘g‘risida xabar berdilar. Ayniqsa non va un mahsulotlarini yetkazib berishda taqchillik ko‘proq kuzatildi. Vaziyat may oyida sezilarli ravishda yaxshilandi va taqchillik haqidagi xabarlar soni taxminan 6 foizgacha qisqardi.
Kasallik tarqalishni boshlaganida xalqaro mehnat migratsiyasi ham keskin to‘xtab qoldi, bu aholi farovonligiga salbiy ta’sir ko‘rsatdi, chunki pul o‘tkazmalarining tezda qisqarib borishi kambag‘allik darajasi ortishining eng muhim omillaridan biri hisoblanadi. Biron-bir miqdorda pul o‘tkazmalarini oluvchi uy xo‘jaliklarining ulushi aprel oyida o‘tgan yildagi xuddi shu davrga nisbatan 54 foizga qisqardi, may oyida esa bir oz tiklandi.
Ko‘pgina mavsumiy mehnat muhojirlari ishlarini yo‘qotdilar va uylariga qaytib keldilar. Aprel oyida oila a’zolari hozirgi kunda xorijda ishlayotgan uy xo‘jaliklari ulushi 13 foizgacha tushib ketdi (2019 yilda ushbu ko‘rsatkich taxminan 17 foiz bo‘lgan). Aprel oyida hanuzgacha xorijda qolayotganlar orasidagi faol bandlik 88 foizdan taxminan 73 foizga tushgan. Kelajakda mehnat migratsiyasi to‘g‘risida o‘ylayotgan odamlar soni o‘tgan yildagiga nisbatan 95 foizdan ortiq darajada qisqardi.
Respondentlarning maktablar yopilishidan keyin Xalq ta’limi vazirligi tomonidan boshlangan o‘quv dasturlarining teletrnaslyatsiya orqali davom ettirilishiga nisbatan javobi ham yetarli darajada ijobiy bo‘ldi. L2CU respondentlarining 69 foizi ko‘rilgan choralar bilan qoniqqanligini aytishgan. So‘rovnomada qatnashgan 70 foizdan ko‘proq ota-onalarning aytishicha, ular mazkur tele-darslar darajasidan qoniqishgan va ularning fikriga ko‘ra, so‘nggi darslar puxta o‘ylangan.
Bundan tashqari, O‘zbekiston iqtisodiyoti, ehtimol, 2020 yilda qisqarmaydigan Yevropa va Markaziy Osiyodagi yagona mamlakat bo‘lib qoladi. Kutilayotgan iqtisodiy o‘sish esa 2020 yilda 1,5 foizni va 2021 yilda 6,6 foizni tashkil qiladi.
L2CU tadqiqotining deyarli barcha respondentlari milliy iqtisodiyot o‘sishining istiqbollari borligiga ishonch bildirishgan va mamlakat siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy rivojlanishning to‘g‘ri yo‘nalishida deya fikr bildirishgan.
Endi qaysi yo‘nalishda harakatlanish kerak?
Koronavirus pandemiyasining birinchi to‘lqini davom etayotgan vaqtda o‘sib borayotgan kambag‘allik darajalari bilan kurashyotgan siyosatchilar murakkab vazifa bilan to‘qnash kelmoqdalar. Karantin cheklovlari amalda bo‘lgan va kasallik yuqishi xatari yuqori bo‘lgan sharoitlarda bandlikni ta’minlash orqali daromadlarni ko‘tarish bo‘yicha an’anaviy dasturlar foyda bermayapti. Karantin davrida kambag‘allik bilan samarali kurash turlari asosan pul o‘tkazmalari, sug‘urta dasturlari, soliq va yig‘imlarni kamaytirish, hamda tabiiy ko‘rinishdagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri yordam berish bilan cheklanib qolmoqda.
Bu kabi choralar, ularning cheklanganligiga qaramay, odamlarning iqtisodiy holatlari tez sur’at bilan yomonlashuvining oldini olish uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega. Manzilli pul o‘tkazmalari ham hukumat tomonidan kiritilgan karantin choralariga rioya etish darajasini yaxshilashi sababli qo‘shimcha afzallikka ega. Pul o‘tkazmalari iqtisodiy chorasizlik sababli odamlarning xavfsiz ishni bajarishga majbur bo‘lmasliklarini kafolatlaganda, davlat tomonidan kiritilgan qoidalarga ko‘proq ishtiyoq bilan amal qilinadi.
Karantin choralarining yumshatilishi bilan iqtisodiy tiklanishni tezlashtirish uchun qo‘shimcha vositalar paydo bo‘lmoqda. Misol uchun, ko‘pgina mamlakatlar bandlikni rag‘batlantirish maqsadida kam maoshli ishchilarni yollashga ketuvchi sarf-harajatlarning bir qismini qoplash uchun byudjet mablag‘laridan foydalangan holda eng ko‘p zarar ko‘rgan sohalarga mehnat haqi uchun subsidiyalar ajratishmoqda.
Ko‘pgina mamlakatlar, shuningdek, uzoq muddatli iqtisodiy o‘sishga ko‘mak beruvchi tezkor “yutug‘i kafolatlangan” investitsiyalarga xarajatlarni oshirmoqdalar. Baxtimizga, kelgusi yillarda O‘zbekistonda ko‘plab bunday loyihalar amalga oshirilishi rejalashtirilgan, va ularning amalga oshirilishini istiqbolda tezlashtirish mumkin. Boshlanayotgan iqtisodiy tiklanish — bu toza energiya manbalariga, yuqori talab mavjud hududlarda arzon uylarning qurilishiga, suvdan foydalanish tizimlari va kanalizatsiyaning samaradorligini oshirishga, shahar va qishloqlardagi infratuzilmalarni mustahkamlashga, hamda asosiy davlat va munitsipial xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirishga investitsiyalar kiritish uchun juda qulay vaqtdir.
Nihoyat, O‘zbekiston koronavirusning ikkinchi to‘lqiniga tayyor bo‘lishi kerak. Uy xo‘jaliklari inqirozdan o‘tib olish uchun foydalangan shaxsiy jamg‘armalari va boshqa manbalari so‘nggi oylarda keskin qisqardi. COVID-19 kasalligining yangi to‘lqini sodir bo‘lgan taqdirda ko‘plab fuqarolar davomiy inqirozning ijtimoiy-iqtisodiy ta’siriga dosh berishlari qiyinroq bo‘ladi. Manzilli moliyaviy yordam va ishsizlik nafaqalarini to‘lash dasturlarini kengaytirish uchun o‘z vaqtida ishlab chiqilgan davlat siyosati O‘zbekistonning kelajakdagi ijtimoiy va iqtisodiy sinovlarga tayyorgarligini ta’minlashga ko‘mak beradi.

Xulosa
Aholi daromadlaridagi yo‘qotishlarni qoplash uchun ba’zi mamlakatlar pul tarqatmoqda. Ammo O‘zbekiston Respublikasi hukumati muqobil qaror qilib “Saxovat va ko‘mak” umumxalq harakati orqali korxona va jamoat tashkilotlari kam ta’minlangan oilalarga xayriya tadbirlarini o‘tkazmoqda. Korxonalarning "Saxovat va ko‘mak" umumxalq harakatida qatnashishi davlat tomonidan inqiroz yo‘qotishlarini tadbirkorlar zimmasiga tashlagani emas, balki bu harakat ayni yalpi talab tushib borayotgandagi holatni o‘nglashga qaratilgan harakatdir. Chunki yalpi taklif pasaygan davrda yalpi taklifni aholiga pul tarqatish orqali oshirish inflyasiyani oshiradi va aholi undan naf ko‘rmasligi mumkin.
Korxonalarning umumxalq xarakatida qatnashishi ularga naf keltiradi:
birinchidan,korxona tovar yoki xizmatlarini (oldindan to‘plangan zaxiralarini talab tushib ketgan davrda sotish uchun reklama xarajatlarini qilishi kerak bo‘lardi;
ikkinchidan,korxonaning “Saxovat va ko‘mak” umumxalq xarakatidagi ishtiroki xaridorlar, uning aholi o‘rtasidagi obro‘si va imidjini oshiradi;
uchinchidan,umumxalq harakatida qatnashish korxonalar o‘rtasidagi oldingi shakllangan zanjirband iqtisodiy aloqalarni jonlantiradi. Biznes yuritish faollashadi va to‘rtinchidan marketiing xarajatlari tejaladi, chunki ular kelgusida jozibador (consumer loyalty) iste’molchilar guruhini shakllantiradi.
Kornovio’zbek pandemiyasi tugagandan so‘ng iqtisodiy tiklanish va rivojlanish
Inqiroz davom etayotgan davrida milliy iqtisodiyotning birinchi galdagi vazifalari bozor ishonchini tiklash, nobozor sektorini, birinchi navbatda renta munosabatlari ta’sir hududini qisqartirish va raqobatchilikni rivojlantirishdan iborat. Milliy iqtisodiyotni energiya-xom ashyo yo‘lidan innovatsion yo‘nalishga o‘tkazish samaradorligi aholining turli ijtimoiy guruhlari, hokimiyat va biznes o‘rtasidagi aloqalarning ishonch darajasi bilan belgilanadi.
Shuningdek, korxonalarning raqobatbardoshligi va ularning iqtisodiy holatiga koronavirus pandemiyasining ta’sirini yumshatish maqsadida ishlab chiqarish xarajatlarini pasaytirish, mahsulot tannarxini arzonlashtirish, transaksion sarflarni tejash chora - tadbirlari tavsiya etilgan.
Moliyaviy nochor korxonalarga imtiyozli kredit berish, bankdan olgan kreditlarini so‘ndirishga imtiyoz yaratish, mahsulotlarning energiya va boshqa xom ashyo sig‘imini pasaytirishni rag‘batlantirish, mahalliy ishlab chiqaruvchilarini lokalizatsiya dasturlariga kiritish, ularning mahsulotiga bo‘lgan ichki talabni oshirish tadbirlari belgilangan. Ishlab chiqarishni yangi mahsulotlar va faoliyatlar bilan kengaytirish hisobiga diversifikatsiyalashni amalga oshirish, mahsulotlar va xizmatlar assortimenti va sifatini oshirish, ulardagi qo‘shimcha qiymat sig‘imini oshirish, sotish kanallari va bozorlarini kengaytirish, bandlikni, o‘z – o‘zining bandligini ta’minlash chora –tadbirlari keng joriy etilmoqda.
Bu holatlar kelgusida mamlakatimiz tez fursatda inqiroz ta’siridan chiqgan inqirozgacha bo‘lgan holatni tiklab barqaror rivojlanish trayektoriyasiga o‘tishiga xizmat qiladi. Shu xususida yana bir olimlar o‘rtasidagi inqirozdan keyingi rivojlanish ssenariyalari munozarali bo‘lib turibdi.


Yüklə 176,88 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə