Covid-19 pandemiyasining O'zbekiston iqtisodiyotiga ta'siri Mundarija: Kirish I bob. Covid-19 pandemiyasi umumiy ta’siri haqida va xususiyatlari


Covid-19 pandemiyasining O'zbekiston iqtisodiyotiga ta'siri haqida



Yüklə 176,88 Kb.
səhifə3/11
tarix09.10.2023
ölçüsü176,88 Kb.
#126455
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Covid-19 pandemiyasining O\'zbekiston iqtisodiyotiga ta\'siri 9012121323

1.2. Covid-19 pandemiyasining O'zbekiston iqtisodiyotiga ta'siri haqida
Tadqiqotlar natijasi shundan dalolat beradiki koronavirus pandemiyasi boshlangunga qadar jahon iqtisodiyoti va milliy iqtisodiyotlarda ijobiy siljishlar, barqaror rivojlanish alomatlari kuzatilgan. Oxirgi yillarda jahon iqtisodiyotida iqtisodiy o‘sishning sur’ati o‘rtacha 3 foiz atrofida bo‘lsa, uning yuqori sur’atlari:
Xitoy;
Tojikiston;
Armaniston;
O‘zbekistonda.
past sur’atlari:
AQSh;
Buyuk Britaniya;
Rossiya Federatsiyasida kuzatilgan.
Jahon iqtisodiyotining yalpi daromadi 2019 yilda 84,5 trillion AQSh dollarni, shu jumladan:
AQSh 20,6 trillion dollar (ulushi 24,4 foiz);
Xitoy Xalq Respublikasi 13,1 trillion dollar (ulushi 15,6%);
Germaniya 3,9 trillion dollar (4,6%);
Buyuk Britaniya 2,8 trillion dollar (3,3%);
Rossiya va Janubiy Koreya 1,5 trillion dollari (1,9%)ni tashkil etilishini 1-rasmda ko‘rishimiz mumkin.
Iqtisodiy o‘sish sur’atlari dinamikasi

1-Rasm. Jahon iqtisodiyoti va O‘zbekiston bilan hamkor mamlakatlardagi iqtisodiy o‘sish sur’atlari dinamikasi3
Xalqaro valyuta jamg‘armasining (XVJ) joriy yil birinchi yarmida koronavirus pandemiyasi kengayishining to‘xtatilishi va ikkinchi yarim yildan boshlab iqtisodiy faollikning bosqichma-bosqich tiklanishi bo‘yicha taxminlariga asoslangan bazaviy prognozlariga ko‘ra, 2020 yilda jahon iqtisodiyoti 3 foizga qisqarishi kutilmoqda.
Bu sharoitda, iqtisodiy pasayish rivojlangan davlatlarda 6,1 foizni (shu jumladan, AQSh – 5,9 foiz, Yevrozona mamlakatlari – 7,5 foiz) va rivojlanayotgan mamlakatlarda – 1 foizni, shuningdek, Rossiyada – 5,5 foizni va Qozog‘istonda – 2,5 foizni tashkil etishi, O‘zbekistonda esa 1,8 foizlik iqtisodiy o‘sish prognoz qilinmoqda.
Jahon iqtisodiyotida kuzatilayotgan inqirozli holatning o‘ziga xos xususiyatlari shundan iborat:
birinchidan, yuzaga kelgan murakkab iqtisodiy vaziyat bank va moliya sektoridagi qandaydir inqirozli holat natijasi emas hamda fiskal yoki monetar siyosat orqali uning to‘liq yechimini ta’minlash imkoniyati cheklangan. Mavjud vaziyat, eng birinchi navbatda “insoniy” yoki “inson sog‘ligi inqirozi” bilan bog‘liqdir;

Yüklə 176,88 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə