D. A. Nabiyeva, H. R. Zokirova O‘zbek tili fonetikasi



Yüklə 1,31 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə64/88
tarix01.06.2023
ölçüsü1,31 Mb.
#114925
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   88
2.10. ozbek tili fonetikasi

Qizim, 
durustroq kiyinib oling, mehmonlar masxara qilib yurishmasin, tag‘in (A.Qodiriy)
jumlasida
 
bir qarashda maslaxat, nasixat ma’nosi anglashilayotganga o‘xshaydi. 
Lekin bu ko‘rinish, xolos. Aslida esa o‘zbeklarga xos bo‘lgan qaynona-kelin 
munosabatlarining bor bo‘yi bilan yuzaga chiqishining guvohi bo‘lamiz. Bunday 
munosabatlarning yuzaga chiqishida jumla tarkibidagi leksik-semantik va sintaktik 
vositalar bilan bir qatorda intonatsiyaning o‘rni muhimdir. 
B.O‘rinboev o‘zbek tilining so‘zlashuv nutqini tahlil etar ekan 
kommunikatsiya jarayonida intonatsiyaning ahamiyatiga e’tibor qaratadi va uning 
quyidagi turlarini ajratadi: 
1. Grammatik yoki sintaktik-sintagmatik intonatsiya. Bu, odatda, sintaktik 
bo‘linishning, mazmunning boshqaligini ko‘rsatishga xizmat qiladi. Bu xil 
intonatsiya gaplarni sintaktik bo‘laklarga ajratishda va so‘z tarkibida aniq ko‘rinadi. 
Masalan: 
Katta mevali daraxt 
(mevasi katta). 
Katta mevali daraxt 
(daraxt katta). 
Yigit 
qiz izladi 
(yigit—ega, qiz—to‘ldiruvchi). 
Qiz yigit izladi 
(qiz—ega, yigit— 
to‘ldiruvchi). 
2. Mantiqiy yoki mantiqiy-ekspressiv intonatsiya. Bu intonatsiya grammatik-
fikriy munosabatni belgilashda muhim rol o‘ynaydi. Bunda mantiqiy urg‘u muhim rol 
o‘ynaydi. Masalan: 
U keldi, men ketdim(sanash: U keldi va men ketdim). U keldi 
— 
men ketdim 
(sabab: 
U kelgani uchun men ketdim. U keldi-men ketdim 
(Ikki ishning 
bo‘lishida oradagi vaqtning qisqaligi: 
U kelishi bilanoq men ketdim).
3. Emotsional-ekspressiv intonatsiya. Intonatsiya ekspressivlikka boy, 
mantiqiy kuchga egaligi bilan ajralib turadi. Bunda so‘zlovchi avvalo nutqning badiiy 
go‘zalligiga, qolaversa fikrning o‘ta ta’sirchanligiga erishadi
1

A.Ahmedov ham o‘zbek tilida gapning kommunikativ turlarini tadqiq etish 
jarayonida gap mazmuniga intonatsiyaning ta’sir etishiga e’tibor qaratadi. Uning 
ta’kidlashicha, ba’zan tasdiq shakldagi gap inkor mazmuni uchun va, aksincha, inkor 
shakldagi gap tasdiq mazmuni uchun qo‘llanishi mumkin. Shunda ham bari bir, 
tildagi muayyan usul va vositalardan foydalaniladi. Masalan, tasdiq formadagi 

bajarib bo‘pti
gapi maxsus intonatsiya yordamida 
U bajara olmaydi
degan inkor 
mazmunini, xuddi shuningdek, inkor shakldagi 
U bermaydi-ya 
gapi 
U beradi
degan 
tasdiq mazmunini anglatadi. Shuningdek, 
Men ovozim boricha chaqirdim, qani endi u 
javob bersa
gapining 
u javob bermadi
degan inkor mazmunini anglatishi ham 
1
Ўринбоев Б. Ўзбек сўзлашув нутқи. 


81 
intonatsiya va sintaktik strukturadan bilinib turadi. Biroq bunda asosiy rolni 
intonatsiya o‘ynaydi. Sintaktik struktura esa yordamchi vazifani bajaradi (sintaktik 
struktura yuqoridagi gapning intonatsiya yordamida inkor mazmunini anglatishga 
zamin yaratgan)
1

Bularning barchasi nutq jarayonida jumla qurilishida intonatsiyaning roli va 
mavqei alohida e’tiborga loyiq ekanligidan, u tilning boshqa birliklari singari 
murakkab butunlik sanalib, til sitemasida o‘ziga xos mavqega egaligidan dalolat 
beradi. Shu bilan birgalikda, ohangning bunday murakkab strukturaga egaligi, 
tabiiyki, ta’lim jarayonida bir qator qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi. Xususan, 
yuqorida ko‘rib o‘tilganidek, tartib o‘zgarmagan holda tema-rematik munosabatning 
o‘zgarishi, so‘zlovchining kommunikativ niyati kabilar intonatsiya yordamida amalga 
oshirilishi mumkin. 
Demak, intonatsiya gap strukturasining zaruriy komponentlaridan biri bo‘lib, u 
gap tarkibiy qismlarini, N.I.Jinkin ta’biri bilan aytganda, sementlovchi vositadir
2

Intonatsiya 
o‘z 
funksiyasini 
kommunikatsiya 
jarayonida 
bajaradi 
va 
kommunikantlarning xohishiga qarab gapning shakliy tuzilishiga ta’sir etmagan 
holda, uning mazmuniy strukturasiga rang-barang ma’no ottenkalarini yuklashi 
mumkin. Bundan tashqari, intonatsiya murakkab butunlik bo‘lib, uni tashkil etuvchi 
komponentlarning o‘zaro nisbatlanishi turli tillarda turlichadir. Shuning uchun har bir 
til doirasida uning intonatsion xususiyatlarini o‘rganish shu tilning kommuniktiv 
imkoniyatlarini va shu til egalarining mental xususiyatlarini yoritib berishga yo‘l 
ochadi. 

Yüklə 1,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   88




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə