D. Q. Asqarova Bolalarni saxnalashtirish va ijodiy faoliyatga o’rgatish.


QOG`OZ VA TURLI MATERIALLARDAN ARCHA BEZAKLARINI YASASH



Yüklə 5,15 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/42
tarix29.11.2023
ölçüsü5,15 Mb.
#140015
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   42
D.Q.Asqarova METODIK QO`LLANMA Bolalarni sahnalashtirish va ijodiy faoliyatga o`rgatish

QOG`OZ VA TURLI MATERIALLARDAN ARCHA BEZAKLARINI YASASH. 
 
Talabalar Yangi yil bayrami haqidagi ko'pgina ertaklar, multfilmlar, she'rlar, 
hikoyalarni yaxshi bilishadi. 
Bu bayramda archani chiroyli bezash va Qorbobo, Qorqiz mehmon bo'lib kelishi 
bolalarni quvontiradi. Archani chiroyli bezatishda bolalarning o'zlari archa bezaklari 
va o'yinchoqlarini yasay bilishlari kerak. Qog'ozdan qor parchalari, birlyandalar, 
osma o'yinchoqlar, yelimsiz archa o`yinchoqlari, chiroqlar yasaladi. Bu 
o'yinchoqlarni yasash uchun quyidagi: rangli qog'oz, yelim qaychi, har xil pechenye
konfetlarning zar qog'ozlari, turli xil gul qog`ozJar, kalka ishlatiladi. Qor parchalarni 
yasash uchun zar yoki oq qog`ozdan kvadrat hosil qilib olamiz va uni 6—8 qirrali 
qilib buklab chiqamiz. 
Hosil bo'lgan uchburchak shaklga naqsh 
elementini chizib, qirqib chiqiladi. So'ngra 
qog'ozni ochib, tekis holatga keltiriladi. 
Qor 
parchasi 
tayyor bo'ldi. Zanjirlarni tayyorlash 
uchun 5-6 xil rangli qog'ozdan ingichka 
tasmalar qirqiladi, Qalinligi 2 sm, uzunligi 
esa 8 sm qilib olinadi va ular ketma-ket bir- 
birining orasidan o'tkazib yelimlanadi. 
Zanjirning ikkinchi ko'rinishi yelimsiz 
bajariladi. 
Bunda 
qog'oz 
hajmi kattaroq 
olinadi 
va 
undan har xil 
shakllar qirqiladi. Bir-biriga kiygizib chiqiladi. Osma 
o'yinchoqlar yasash uchun har xil chiroyli o'yinchoqlar 
tanlanadi va ularning shakli qog'ozga tushiriladi. 
Shakllar qirqib olinadi va yelimlashdan oldin ular 
orasidan ip yoki sim o'tkaziladi, shu tariqa chiroq va 
birlyandalar yasaladi. 
Maktabgacha ta'lim muassasalarida archa o'yinchoqlari va bezaklarini 
tayyorlashda rangli qog'oz, zar qog'ozlar, tashlandiq xomashyo ya'ni tuxum 
po'choqlaridan foydalanish mumkin. Quyida rangli qog'ozdan archa bezaklari, qor 
parchalarini yasash usullari va namunalar berilgan. 


46 

Yüklə 5,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   42




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə