D. Q. Asqarova Bolalarni saxnalashtirish va ijodiy faoliyatga o’rgatish.



Yüklə 5,15 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə32/42
tarix29.11.2023
ölçüsü5,15 Mb.
#140015
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   42
D.Q.Asqarova METODIK QO`LLANMA Bolalarni sahnalashtirish va ijodiy faoliyatga o`rgatish

Soya teatri. 
Soya teatri — qo'g'irchoq teatrining o'ziga hos turlaridan hisoblanadi. Unda 
qo'g'irchoqlar emas, balki shakilardan iborat o'yinchoqlar o'ynaydi. Tomosha 
qiluvchilar sahna ro'parasida o'tirib, ekranda yorug'lik orqali harakatlanayotgan 
soyalar: odamlar, hayvonlar va qushlar soyasini ko'rishi mumkin. Soya teatri uchun 
odam va hayvon soyalarini bolalarning o'zlari chizib, qirqa oladilar. Bolalarga 
shakllar boshlari, dumlarini qimirlatadigan qilishni o'rgatish kerak, buning uchun 
tarbiyachi yordamida detallarni simlar bilan biriktirib, spiral holatda aylantirib 
qo'yiladi. Harakatlanuvchi qismlar qattiq simdan tayyorlanadi. Bunday o'yinchoqlarni 
shablon yordamida yoki o'zlari o'ylab, soya chizadilar. Bolalar detallarni qirqib 
olganlaridan so'ng figuraga ko'zini qilish kerakligi taklif etiladi. Tarbiyachi ko'z 
o'rnini o'tkir asbob bilan teshib beradi, bolalar qalam yoki mo'yqalam tayoqchasi 
bilan teshikchani kengaytiradi va yaltiroq qog'oz bilan ko'zini yelimlaydi. Bolalar 
yelimga qora bo'yoq aralashtirib ko'zini chizib qo'yishlari mumkin. 
Teatrni ko'rsatishlari uchun tarbiyachi ekranni yupqa matodan yoki kalka 
qog'ozidan 2x1,5 metrli ramkaga biriktirib tayyorlaydi. 


70 
So'ngra har bir guruh yoshiga mos ravishda ertakn 
kartonga tushirib, juda ehtiyotkorlik bilan qirqila 
bo'yaladi va qirqiladi. So'ngra yorug'lik tushirilib, sa 
qilinadi. 
Buning uchun 100 voltli lampa kerak. Chiroq quti ichiga joylashtiriladi, ichi qora 
rangga bo'yaladi. Tarang qilib sirilgan matoga qog'ozdan dekoratsiya jihozini 
applikatsiya qilib qo'yish mumkin. Bolalar o'zlari tayyorlagan figuralarni ekranda 
ko'rib, shodliklari beqiyos bo'ladiki, ularning kichik shakllari mo'jiza kabi 
ko'rinadi. Soya teatrini bolalarga kattalar qo'yib beradilar. Avvalo karton yoki 
faner orqali ekran yasalib, ekran yupqa oq doka surp bilan tortib mahkamlanadi. 
i tanlab, uning qahramonlarini 
di. Keyin u qora guash bilan 
hnalashtirilgan ertak namoyish 


71 

Yüklə 5,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   42




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə