D. Q. Asqarova Bolalarni saxnalashtirish va ijodiy faoliyatga o’rgatish.



Yüklə 5,15 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə34/42
tarix29.11.2023
ölçüsü5,15 Mb.
#140015
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   42
D.Q.Asqarova METODIK QO`LLANMA Bolalarni sahnalashtirish va ijodiy faoliyatga o`rgatish

Karton teatrining jihozlari. 
Karton teatrida kartondan yasalgan yassi va 
hajmli qo'g'irchoq figuralar ishtirok etadi. Bir 
tomonlama shakllar ip, sim va shu kabilar 
yordamida faqat bir tomonga harakat qiladi. 
Karton teatrida yuqoridan turib ip, sim bilan 
boshqariladigan shakllar ham qatnashadi, ular 
yengil harakat qiladilar, burila oladilar. Sahna uch bo'lak karton yoki fanerdan 
yasaladi. Sahnaning asosiy qismlari: orqa devor, pol va oldi peshtoqli devordir. 
Devorlarga ikki tomondan karton polosalar yopishtiriladi, bu polosalarga 
dekoratsiyalar osiladi. 
Dekoratsiyalarni ularning o'zlaridan kattaroq kartonga yopishtirish kerak, 
chunki ularda osgichlar qirqiladi. Pardaning rasmi ham o'zidan kattaroq kartonga 
yopishtiriladi, bu uni ko'tarish va tushirishga qulaydir. Ko'pgina spektakllar 
uchun harakatlanuvchi dekoratsiyalar kerak bo'ladi. Bunday dekoratsiya 
shakllarning tez harakat qilayotganligini bildirish uchun qo'llaniladi. Harakat- 
lanuvchi dekoratsiya 3-4 metrli qog'oz lentadan ishlanib, orqa devorga qilingan 
teshikdan o'tkaziladi va kerak vaqtda tortib, harakatga keltiriladi. Aytaylik, 
figura chap tomonga harakat qildirilmoqchi bo'lsa, dekoratsiya o'ng tomonga 
tortilib tez harakat qilinayotgandek tasavvur qilinadi. Sahna boshqacha qurilishi 
ham mumkin, bunday holda uning old qismi trilyajga o`hshaydi. 
Unda peshtoq-sahna oynasi qirqiladi. Bunday holda oyna orqasida undan 2-3 
sm oraliqda ingichka dumaloq cho'p o'rnatiladi. Cho'pni o'rnatishdan oldin unga 
10 tacha sim aylanalar kirgizilib, ularga suriladigan parda o'rnatiladi. Pardani 
burma qilish uchun kengroq bo'lishi kerak. Punktir bilan agarda ijrochilarning 
qo'lini yashirishning hojati bo'lmasa, olib tashlanishi oson 9-10 smli bo`lgan 
taxtacha ko'rsatilgan. Sahna bunday qurilganda dekoratsiyalar ko'p qavatli parda 
ko'rinishiga ega bo'ladi yoki karton doiraga 
joylashadi. 
Bu 
doira 
ingichka 
mixda 
aylanib, 
dekoratsiyani tezda almashtirish, ba'zi hollarda 
harakatlanuvchi dekoratsiyani ko'rsatish imkonini 
beradi. Dekoratsiyalarning tez almashishi uchun 
ularni 
kanselyariya 
nakolkasiga 
o'xshash 
vertushkaga o'rnatiladi. Bu doira taxtaga 


75 
o'rnatilgan bir bo'lak yo'g'on simdir. Doira yoki vertushka orqasiga doka yoki 
tyul tortilgan uch ost ramkadan iborat parda joylanadi. 
Doka ko'k yoki och ko'k rangga bo'yaladi. Bunday to'siqdan ijrochilar sahnani 
bemalol ko'rib tura oladilar va shakllarni ishonch bilan boshqara oladilar. Sahnani 
yoritish katta ahamiyatga egadir. Ularni shunday joylashtirish kerakki, ular 
sahnani yoritish nuri tomoshabinlarga tushmasin. 
Musiqa barcha teatr postanovkalarining asosiy elementlaridan biri hisoblanadi. 
Ma'lumki, spektakl musiqali kirishdan boshlanadi. Musiqali tanaffus vaqtida 
dekoratsiya almashadi. Tovush va yorug'lik effekti bilan birikkan musiqa 
«Fonus xayol» teatrida ham, stol teatrida ham mukammal badiiy tasvirni yaratish 
imkonini beradi. Bu teatrlarda ovozga taqlid qilish, xo'rozning qichqirishi, 
mushukning miyovlashi, ayiqning o'kirishi hamda shovqin effektlari — 
yog'ayotgan yomg'ir ovozi, parovozning pishillashi va shu kabilardan 
foydalaniladi. 

Yüklə 5,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   42




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə